Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
1.78K subscribers
9.74K photos
1.28K videos
92 files
3.72K links
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali

“Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g’ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak, uyg’otamiz”Qodiriy

@aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#taqdimot

9 fevral kuni Turon axborot-kutubxona markazida Muzaffar Mirzoning "Sham va shamshir (Navoiy va Boyqaro)" nomli kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Dastlab maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda so‘zga chiqqanlar kitob mutolaasi hamda uning inson kamolotidagi muhim o‘rni haqida batafsil to‘xtalib o‘tishdi. Shundan so‘ng, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Muzaffar Mirzo o‘z kitobining yozilish tarixi va unda Navoiy hayoti to‘g‘risida bir-biridan qiziqarli maʼlumotlar keltirilgani haqida so‘zlab berdi.
Bu kitob yoshlarimiz tafakkuriga Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat, milliy qadriyatlarimizga hurmat tushunchasini jo aylab, Vatan tuprog‘i naqadar aziz ekanligini eslatadigan kitob bo‘ldi.
Taqdimotda harbiy xizmatchilar bilan bir qatorda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'quvchilari ham ishtirok etishdi va Navoiy g'azallaridan yod olishdi.

🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating ⬇️

Telegram Facebook
#Alisher_Navoiy_tavalludining_582_yilligi

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida g‘azal mulkining sultoni, mutafakkir, ulug' shoir, davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligiga bag‘ishlab “Mangulik timsoli - Navoiy so‘zi” mavzusida adabiy-badiiy tadbir o'tkazildi.

⚡️Tadbir uch bosqichda, ya’ni Navoiy siymosiga chizgilar yozma insho tarzida, ikkinchi bosqichda har bir sinfning shoir hayoti va ijodini ifoda etuvchi suratlar va ko‘rgazmali chiqishlari hamda badiiy kecha tarzida tashkil etildi.

📍Mazkur ehtirom kechasida ustozlar va o‘quvchilar birgalikda turli she’r va g‘azallar, sahna ko‘rinishlari namoyish etishdi.

📌Tadbir yakunida so‘zga chiqqan maktab rahbari Hilola Nazirova Alisher Navoiy ijodi haqiqiy o‘lmas merosligini ta’kidlab o‘tish barobarida, har bir sinfning tayyorlagan ko‘rgazmalariga baho berdi. Natijalarga ko‘ra, eng yaxshi ko‘rgazmani 10-“B” sinfi tayyorlagani ma’lum bo‘lib, ularga birinchi o‘rin nasib etdi.



Telegram Facebook
Mangulik timsoli - Navoiy so‘zi” mavzusida adabiy-badiiy tadbirdan lavhalar

🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating ⬇️

Telegram Facebook
Mangulik timsoli - Navoiy so‘zi” mavzusida adabiy-badiiy tadbirdan lavhalar

🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating ⬇️

Telegram Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Ijod_maktablari

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi "Yangi O'zbekiston yoshlari" ko'rsatuvida.

❗️Unda maktabda yaratilgan shart-sharoitlar, iqtidorli o'quvchilar va ularning kelajak rejalari haqida so'z boradi.

✔️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Olimalar_kuni

🗓 Bugun 11-fevral - “Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni”.

📌 Shu munosabat bilan TDSHUda "Barqaror taraqqiyotda ayollar: ilm-fan va sifatli ta'lim" mavzuida Xalqaro konferensiya bo'lib o'tdi.

📍Anjumanda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi direktori Hilola Nazirova ham ishtirok etib,
"IJOD MAKTABLARIDA O'QUVCHI QIZLARNING ILMIY FAOLIYATGA BO'LGAN MUNOSABATI" mavzuida o'tkazgan tadqiqot so'rovnomasi tahlili bo'yicha ma'ruza qildi.

🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating ⬇️

Telegram Facebook
#anjuman

"Barqaror taraqqiyotda ayollar: ilm-fan va sifatli ta'lim" mavzuida Xalqaro konferensiyadan lavhalar

🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating ⬇️

Telegram Facebook