Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
1.78K subscribers
9.76K photos
1.28K videos
92 files
3.72K links
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali

“Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g’ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak, uyg’otamiz”Qodiriy

@aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#Bugun

🗓 Bugun – 9 fevral buyuk bobokalonimiz shoir, mutafakkir, davlat arbobi millatimizning ulug‘ siymosi, o‘zbek tilining asoschisi hazrat Mir-Alisher Navoiy tavallud topgan kun

🕌 Tarixchi Xondamirning qayd qilishicha, Alisher Navoiy o‘z mablag‘lari hisobidan Hirot va mamlakatning boshqa shaharlarida bir nechta madrasa, 40 ta rabot, 17 ta masjid, 10 ta xonaqoh, 9 ta ko‘prik, shuningdek, 9 ta hammom va yigirmaga yaqin hovuz qurgan va ta’mirlattirgan.


🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating ⬇️

Telegram Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiyga_ehtirom

📚Alisher Navoiy ikki tilda mukammal ijod qilgan. Turkiy tilda “Navoiy”, forsiy tilda esa “Foniy” taxalluslarini qoʻllagan.

📝Alisher Navoiy butun ijodi davomida turli janr va yoʻnalishlarda salmoqli ijod qilgan. Nasrda ham, nazmda ham yetuk asarlar yaratgan. Nasrda Navoiy asosan ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-taʼlimiy va ilmiy-falsafiy, iqtisodiy yoʻnalishlarda qalam tebratgan.

Ushbu videorolik 10-A sinf rahbari Nilufar Ibragimova va o' quvchilar bilan hamkorlikda tayyorlandi.

🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating ⬇️

Telegram Facebook
#ma'lumot

O‘zbekiston Respublikasi hududlaridan tashqari Alisher Navoiy haykallari dunyoning Moskva, Minsk, Vashington, Tokio, Boku, Dushanbe, Seul kabi shaharlarida oʻrnatilgan.

🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating ⬇️

Telegram Facebook
#durdona

Ochiq chehrali odam — ikkiyuzlamachilikdek nuqsondan yiroq bo‘ladi...
Ochiq yuzidan xaloyiqqa xursandlik; chuchuk so‘zidan el-yurtga xurramlik. Odamiylik bilan ko‘ngillarga sevimli; insoniylik bilan jonlarga yoqimli. Undan do‘st-dushman xotirjam. Bunday kishi umridan baraka topgay.

Alisher Navoiy

🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating ⬇️

Telegram Facebook
#ziyo

Alisher Navoiyning 10 hikmati

Kishining odobi uning boyligidan yaxshidir.

Oxirat savobi dunyo rohatidan yaxshidir.

Til zarbasi – tish og‘rig‘idan kuchliroq.

Ko‘p toatdan–oz ma’rifat yaxshi, aqlli dushman axmoq do‘stdan yaxshiroqdir.

Yomon do‘st – shaytondir.

Til sukuti–inson salomatligi.

Seni yomonlikka boshlagan kishi dushmaningdir.

Kimki ko‘ngilni qattiq so‘z bilan jarohatlar ekan, unga achchiq til zaharli nayzadek sanchiladi.

Muloyim so‘z — vahshiylarni ulfatga aylantiradi; sehrgar — ohang bilan afsun o‘qib, ilonni inidan chiqaradi.

Ko‘p, bemaza so‘zlaydigan ezma — kechalari tong otguncha tinmay huradigan itga o‘xshaydi.

Tili yomon odam — xalq ko‘nglini jarohatlaydi, o‘z boshiga ham ofat yetkazadi.

🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating ⬇️

Telegram Facebook
#dars_jarayoni

Bugun 10- B sinfida adabiyot darsi Alisher Navoiy ijodiga mansub g'azallar bilan boshlandi.

Dars davomida Yusuf Xos Hojibning "Qutadg'u bilig" asari turli metodikalar, jumladan "Rasmlar gapiradi", "Savol-javob", " To'g'risini top" usullaridan foydalanib o'rganildi.

Yusuf Xos Hojib hayot yo'li va ijodi o'quvchilarda katta qiziqish uyg'otdi.

Adabiyot fani o'qituvchisi - Abdullayeva Zilola

🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating ⬇️

Telegram Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiyga_ehtirom

🇺🇿 Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'quvchilarining Navoiy bobomizga ko'rsatgan ehtiromi "Yoshlar" telekanali "Yangi O'zbekiston yoshlari" ko'rsatuvida namoyish etildi.

🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating ⬇️

Telegram Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiyga_ehtirom

🇺🇿 Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'quvchilarining Navoiy bobomizga ko'rsatgan ehtiromi "Yoshlar" telekanali "Yangi O'zbekiston yoshlari" ko'rsatuvida namoyish etildi.

🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating ⬇️

Telegram Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiyga_ehtirom

🇺🇿 Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'quvchisi Shokirova Irodaxonning Navoiy bobomizga ko'rsatgan ehtiromi "Yoshlar" telekanali "Yangi O'zbekiston yoshlari" ko'rsatuvida namoyish etildi.

🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating ⬇️

Telegram Facebook
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasiga borib qardosh turk xalqiga hamdardlik bildirdi

O‘zbek va turk xalqlari azaldan doimo inoq, og‘ir kunlarda bir-biriga suyanch bo‘lib kelgan. Bugungi kunga kelib ikki davlatning o‘zaro do‘stlik aloqalari yanada rivojlanib bormoqda.

Xabaringiz bor, joriy yilning 6-fevral kuni Turkiyaning ayrim hududlarida sodir bo‘lgan kuchli zilzila oqibatida yerlik aholi katta jabr ko‘rdi. Davlatimiz rahbari fojea ro‘y bergan kuni qardosh Turkiya xalqiga va Prezident Rejep Tayyip Erdog‘anga hamdardlik bildirdi.

Prezidentimiz topshirig‘iga muvofiq, mamlakatimizdagi tegishli tashkilotlar vakillaridan iborat maxsus qutqaruvchilar zilzila oqibatlarini bartaraf etishda yordam berish uchun Turkiya davlatiga yuborildi. Ayni damda fojea hududiga yurtimizdan turli gumanitar yordamlar doimiy ravishda yuborilmoqda.

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasiga bordi hamda o‘z hamdarligini bildirdi. Tabiiy ofat natijasida halok bo‘lgan insonlar xotirasini yod etib, jarohatlangan insonlarning tezda sog‘ayib ketishini tiladi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiyni_har_kuni_bilmak_lozim

Taqvo ahlig‘a bilinsa edi charx avzo’i,
Aylagaylar edi bu dayrda xammorlig‘ ish.
Olam ahli bilingizkim, ish emas dushmanlig‘,
Yor o‘lung bir-biringizgaki, erur yorlig‘ ish.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'quvchilari ijrosida

🗣Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati


🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating ⬇️

Telegram Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#El_bilsa_Navoiyni

Hazrat Alisher Navoiyga bag‘ishlab...

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'quvchilari ijrosida

🗣Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating ⬇️

Telegram Facebook
#bilasizmi
💠 Bugun 10-fevral — haftaning juma kuni. Ushbu sanadagi muhim voqealar bilan tanishing:

🟥Umumxalq hashari yo‘li bilan Farhod GES qurilishi boshlangan kun (1943)

🟥Dang‘ara va Sirdaryo tumanlari tashkil etilgan kun (1939)

🟥Tom va Jerri multfilmi tug‘ilgan kun (1940)

🟥
Devonu Lug’atut Turk Mahmud Qoshg‘ariy tomonidan tamomlandi (1074)

🟢Navoiyshunos va matnshunos olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Shamsiyev Porso tavallud topgan (1897)

🟢O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Husniddin Sharipov tavallud topgan (1933)

🟢Makka shahridagi Masjidul-Haromning imom xatibi, dunyodagi eng mashhur qorilardan biri Shayx Abdurahmon As-Sudays tavallud topgan (1960)

🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating ⬇️

Telegram Facebook