Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
4.14K subscribers
10.4K photos
1.33K videos
93 files
3.89K links
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi. “Bizga jadid bobolarimiz kabi g’arb ilm-fani yutuqlari bilan birga milliy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan yetuk kadrlar suv bilan havodek zarur” Sh.Mirziyoyev
🗳️ Online qabulxona: @aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#Chorak_yakuni

Bugun Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova boshchiligida Agentlik tizimidagi maktablardagi 1-2-o'quv choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan yig'ilish bo'lib o‘tdi.

Yig'ilishda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar direktorlari ZOOM platformasi orqali ishtirok etishdi.

📍Unda choraklar davomida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi hamda yuzaga kelgan kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek, o'quvchilarning CHSB (Choraklik summativ baholash) natijalari har bir maktab kesimida ko'rib chiqildi. Ko'rsatkichlari past bo'lgan maktablarga Agentlik tomonidan amaliy yordam berilishiga kelishib olindi.

❗️Shu bilan birgalikda Agentlik tizimidagi o'quvchilarning xalqaro va mahalliy fan olimpiadalarida ishtirok etishi va yuqori natijalarni qayd etishi bo'yicha yo'nalishlar muhokama qilindi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube