Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
4.14K subscribers
10.4K photos
1.32K videos
93 files
3.89K links
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi. “Bizga jadid bobolarimiz kabi g’arb ilm-fani yutuqlari bilan birga milliy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan yetuk kadrlar suv bilan havodek zarur” Sh.Mirziyoyev
🗳️ Online qabulxona: @aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#Chorak_yakuni

Bugun Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova boshchiligida Agentlik tizimidagi maktablardagi 1-2-o'quv choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan yig'ilish bo'lib o‘tdi.

Yig'ilishda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar direktorlari ZOOM platformasi orqali ishtirok etishdi.

📍Unda choraklar davomida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi hamda yuzaga kelgan kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek, o'quvchilarning CHSB (Choraklik summativ baholash) natijalari har bir maktab kesimida ko'rib chiqildi. Ko'rsatkichlari past bo'lgan maktablarga Agentlik tomonidan amaliy yordam berilishiga kelishib olindi.

❗️Shu bilan birgalikda Agentlik tizimidagi o'quvchilarning xalqaro va mahalliy fan olimpiadalarida ishtirok etishi va yuqori natijalarni qayd etishi bo'yicha yo'nalishlar muhokama qilindi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qish_zavqi
#Kayfiyat
#Birinchi_qor

Qor!

Qalblarga poklik, oqlik, quvonch, samimiyat, bag‘rikenglik, mehr ulashding!

🌨🌨🌨🌨🌨🌨
Bugun Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari zamin uzra yog‘ilgan qor zavqidan o‘zgacha quvonch tuydilar. Darslardan so‘ng bir guruh o‘quvchilar va ulardan zavqlangan o‘qituvchilar qishning shukuhini his qilishdi. Samimiy qor o‘yini bolalar va kattalarga bir olam shodlik ulashdi.
❄️❄️❄️❄️☃️☃️☃️❄️❄️❄️❄️
Xush kelding, Kumush Qish!

ABDULLA_QODIRIY_IM
🔰AGENTLIK TIZIMIDAGI TA’LIM MUASSASALARI O‘QUVCHILARI NAVBATDAGI XALQARO OLIMPIADADA G‘OLIB BO‘LISHDI

❇️4-5-dekabr kunlari Qozog‘iston Respublikasi Olmaota shahrida bo‘lib o‘tgan “VKOSHP” xalqaro olimpiadasida

Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabidan – Dilshodbek Xo‘jayev
Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabdan – Asilbek Sunnatov jamoa bo‘lib ishtirok etishdi.

🔆Ushbu jamoa bronza medal va 3 darajali diplomni qo‘lga kiritishdi.

📌Eslatib o‘tamiz, final bosqichi 5 soat davom etdi va jamoalar 15 ta masalani ishlashdi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#bizning shunday o'quvchilarimiz bor
#olimpiada_2022

💫Joriy yilning 6-dekabr kuni Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 10-"B" sinf o‘quvchisi Rajabova Muxlisa Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasi tomonidan Asosiy olimpiadaning III - Toshkent shahar bosqichida ona tili va adabiyot fanidan 1-o'rinni egallagani uchun I darajali DIPLOM hamda 1 800 000 so'm pul mukofoti bilan taqdirlandi.

t.iss.one/qodiriy_abdulla
Diqqat, tanlov❗️

🌈 5-dekabrdan 12-dekabrga qadar Respublika "Kamalak” bolalar tashkiloti, Xalq ta'limi vazirligi, "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston xalq yozuvchisi, bolalarning sevimli adibi Xudoyberdi To‘xtaboyev xotirasiga bag'ishlangan
III Respublika insholar tanloviga start beradi.

☝️Tanlov ikki yosh toifasi doirasida (online) o‘tkaziladi:
• 10-14 yosh;
• 15-18 yosh.

Tanlov g‘oliblari quyidagi sovg‘alar bilan taqdirlanadilar:
🥇diplom va zamonaviy noutbuk;
🥈diplom, aqlli soat (smart watch) hamda telefon quvvatlagich (power bank 10 000 mAh);
🥉diplom, zamonaviy termos hamda xotira kartasi (fleshka).

Undan tashqari tanlovda g'olib bo‘lgan ishtirokchilarning insholari "Gulxan" jurnalida chop etiladi.

Tanlov yo’riqnomasi bilan ushbu havola orqali tanishib insholaringizni 👉 @insholarbot'iga yuboring!

Barchangizga omad yor bo‘lsin!

🌈 Bizning sahifamiz:
📱
Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube
Yo'riqnoma - insholar tanlovi 2022.pdf
564.3 KB
Xudoyberdi To‘xtaboyev xotirasiga bag'ishlangan III Respublika insholar tanlovining yo‘riqnomasi bilan tanishing.

🌈 Bizning sahifamiz:
📱
Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Konstitutsiya_30_yilligi

💫Konstitutsiya – tinchlik omili, adolat ustuni

KONSTITUTSIYA (lot. constitutio—tuzilish, tuzuk) — davlatning asosiy qonuni. U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, shuningdek, sud tizimini belgilab beradi. Konstitutsiya barcha joriy qonunlarning asosi hisoblanadi.

📑Xalqaro konstitutsiyaviy tajribalarni oʻrganish, milliy davlatchilik anʼanalardan kelib chiqish natijasida yaratilgan Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (1992-yil, 8-dekabrda qabul qilingan) jahon andozalariga mos boʻlib, xalqaro talablarga javob beradi.

❗️Bu yil Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganligiga 30 yil toʻladi.

📃Hurriyat atalmish neʼmatning huquqiy asosini har bir davlatning asosiy qonuni hisoblangan Konstitutsiya belgilab beradi.

t.iss.one/qodiriy_abdulla
#faxrimiz

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining Sa‘dullayeva Zaxro, Umaraliyev Abdulbori, Abdullayeva Sevinch kabi iqtidorli o‘quvchilardan iborat jamoasi "Bilim doirasida" ko‘rsatuvida Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi jamoasi bilan bellashdi va o‘zlarining chuqur bilimlari, aql-idroklarini namoyish etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.
📣#Diqqat_tanlov

“TONG NAFASI ILHOMLARI” an’anaviy respublika tanlovi

✍️ Tanlov O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 86 yilligi munosabati bilan Prezident ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari o‘rtasida quyidagi yo’nalishlarda o’tkaziladi:

Nazm – Erkin Vohidovga bag’ishlov she’r
Nasr – Erkin Vohidovga bag’ishlangan hikoya yoki esse
Badiiy tarjima – Erkin Vohidov she’rining xorijiy tillarga o'girmasi
Badiiy-publitsistika – Erkin Vohidov hayoti va ijodiga oid ilmiy yoki ijodiy maqola
Drama – Erkin Vohidov asarlari asosida sahna asari (videotasvirga olgan holda)
Qo’shiq – Erkin Vohidov she’riga bastalangan qo'shiq ( formati mp3 , mp4)
Videorolik – Erkin Vohidov she’rini ifodali o’qish va ijodiy yondashgan rolik.

📆 Ijodiy ishlar 20-dekabrga qadar t.iss.one/MahmudxonKuchkarov telegram manzilida qabul qilinadi.

📄 Qo’shimcha ma’lumotlar bilan tanlov nizomi orqali tanishishingiz mumkin.
#konstitutsiya_30_yillik
#tadbir
#konstitutsiya_bosh_qomusimiz

Bugun Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligiga bag‘ishlab "Konstitutsiya-bosh qomusimiz" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida o'quvchilar bosh qomusimizda keltirib o'tilgan moddalar haqida atroflicha ma'lumotlarga ega bo'ldilar.

t.iss.one/qodiriy_abdulla
#konstitutsiya_30_yillik
#viktorina
#konstitutsiya bilimdoni

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ'ibotchisi M.Xo'jaqulova tomonidan "Konstitutsiya bilimdonlari" viktorinasi o'tkazildi.

Viktorina davomida o'quvchilarga har xil shartlardan iborat topshiriqlar berildi.

Tanlov jonli va bahs-munozaraga boy tarzda o'tdi. G'olib o'quvchilar taqdirlandilar.

t. me/qodiriy_abdulla