Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
2.35K subscribers
10.3K photos
1.32K videos
93 files
3.86K links
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi. “Bizga jadid bobolarimiz kabi g’arb ilm-fani yutuqlari bilan birga milliy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan yetuk kadrlar suv bilan havodek zarur” Sh.Mirziyoyev
🗳️ Online qabulxona: @aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#tanlov
#beruniy_avlodimiz
#Beruniy_1050_yilligiga


ILM-LA YASHAGAN BERUNIY BOBOM

Beruniy bobodan qolgan meroslar,
Ilm osmonida charog‘on bo‘ldi.
"Hindiston" asari tillarga tushib
Sharqshunos olimlar bog‘boni bo‘ldi.

Beruniy dermush: mening istagim,
Nafaqat istagim, balki vujudim.
Ilm tarqatishga ko‘p moyil bo‘ldi,
Dilimda ilmdan faraxlik to‘ldi.

Yana der: insonning qadr-qiymati,
Odamlar oldida topgan hurmati.
Mohirlik, sadoqat va qunt bilan
Rozi bo‘lib bajargan dildan xizmati.

Saboq olmish Nasr ibn Mansurdan,
Tabib ustoz Abu Sahl Jurjondan.
Ta'lim bermish yana Evklid merosdan,
O‘rgatarlar hayot yo‘lini zimdan.

Bashorat aylagan Amerikani
Kashf etgan Yer shari globusini.
Falakka termilib, marjondek turgan,
Sanoq yulduzlardan jadvallar tuzgan.

Yunon falsafadan saboqlar olib,
Hind moziysidan mutolaa qilib.
Qiyoslab hayratlar ichra ko‘p toldi,
Elda xudbinlarga nafrat yo‘qoldi

✏️Abdulla Qodiriy nomidagi
ijod maktabining 9-B sinf o‘quvchisi
Ibragimova Shirina

ABDULLA_QODIRIY_IM