Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
9.29K subscribers
14K photos
1.52K videos
95 files
4.55K links
Download Telegram
#Imtihon_2022

❗️AGENTLIK TIZIMIDAGI IJOD MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

Ijod maktablari 3-bosqich imtihonlari ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorlarga PIIMA nomidan sms-xabarnoma yuborilmoqda.

❗️Sms-xabarnoma 24 soat ichida jo’natiladi.

🔹Hurmatli ota-onalar va o‘quvchilar, maʼlumotdan oʻz vaqtida boxabar boʻlish uchun telefoningizga sms-xabarnoma kelganmi yoki yoʻqligini, shuningdek ariza.piima.uz sayti orqali "Shaxsiy kabinet" ni tekshirib turishni unutmang.

🔰Ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytiga kirib, “Shaxsiy kabinet”ga o’z ID raqamini kiritishi kerak.

📌Yuklab olingan ruxsatnomani chop etib olish shart.

Ijod maktabiga kirish imtihonining 3-bosqichi 2-iyulda bo‘lib o‘tadi.

🏃🏻Imtihonga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan bir soat oldin kelishingiz shart!

👉Imtihonlar bo'lib o'tadigan manzillar bilan saytimizda batafsil tanishing.

#Ijod_maktablari #Imtihon
#Ijod_maktablari
#Imtihon_2022

📣📣Hurmatli ota-onalar va o‘quvchilar!

Ijod maktablari imtihonlarining uchinchi - chet tili, ona tili va adabiyot, IQ ni aniqlash bo‘yicha test bosqichi 2-iyul kuni bo’lib o’tishini ma’lum qilamiz.

❗️Test jarayonlari 2-iyul kuni soat 9:00 da boshlanadi.

Imtihonlar 1 smenada bo'lib o'tadi.

❗️Eslatib o‘tamiz, imtihonga belgilangan vaqtdan 1 soat oldin kelish talab etiladi.

🖥 Imtihon joyi va boshqa zaruriy ma’lumotlarni “Shaxsiy kabinet” orqali olishni unutmang.

Talabgorlar ruxsatnoma va tug'ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi bilan kelishlari kerak.

✔️Imtihon kuni karantin qoidalariga amal qilish talab etiladi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Imtihon_2022

“SKANERLASH MASHINALARIMIZNING ANIQLIGI SAMALYOTDA ISHLATILADIGAN USKUNALARDAN HAM YUQORIROQDIR”

Gwen Caudwell,
Cambridge Assessment International Education tashkilotining Test ishlab chiqish va qabul jarayonlarini muvofiqlashtirish departamenti boshlig'i, O’zbekistondagi Prezident maktablari imtihonlari raisi

-Prezident maktablari test imtihonlarida javoblar qalamda belgilanishining 2 sababi bor:

Birinchidan, bu talabgorlar uchun qo'shimcha imkoniyat hisoblanadi. Agar talabgorning fikri o‘zgarsa, u javobni o’zgartirishi mumkin.

Ikkinchidan, talabgor javoblarni ruchkada belgilasa, bizning qurilmalarimiz javobni tekshirishda muammolarga duch keladi.

❗️ Skanerlash mashinalarimizning aniqligi samolyotda ishlatiladigan uskunalardan ham yuqoriroqdir. Shuning uchun, biz tekshiruv natijalarining aniqligiga shubha qilmasak ham bo‘ladi.
_____
📆Eslatib o’tamiz, Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi bugun 18:00 da bo’lib o’tadi.
#Prezident_maktablari
#Imtihon_2022

📣📣Оta-onalar va o‘quvchilar diqqatiga!

Prezident maktablari imtihonlarining 2- bosqichi ochiq havoda o‘tkazilayotgani va yog‘ingarchilik ehtimoli borligi sababli
imtihon vaqti 1 soat oldinga surildi

❗️Test jarayonlari 2-avgust kuni soat 17:00 da boshlanishini ma’lum qilamiz.

❗️Eslatib o‘tamiz, imtihonga belgilangan vaqtdan 1 soat oldin kelish talab etiladi.

Yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube