Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
1.78K subscribers
9.83K photos
1.29K videos
92 files
3.75K links
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali

“Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g’ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak, uyg’otamiz”Qodiriy

@aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, "Yoshlik" jurnali bosh muharriri, taniqli nosir Nurulla Chori ishtirokida ijod maktablari o'quvchilari uchun "Mustaqillik davri o'zbek adabiyoti nasri" mavzusida mahorat darsi.
Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёевнинг таклифига биноан Туркманистон Президенти Сердар Бердимуҳамедов 14 июль куни давлат ташрифи билан мамлакатимизга келди.
Тошкент халқаро аэропортида самимий кутиб олишдан сўнг биродар мамлакат делегацияси “Янги Ўзбекистон” боғига ташриф буюриб, у ерда Туркманистон Президенти Мустақиллик монументи пойига гул қўйди.
Сердар Бердимуҳамедов мажмуа меъморий ечимлари ҳамда композициясининг мазмун-моҳияти ва хусусиятлари билан батафсил танишди.

По приглашению Президента Узбекистана Шавката Мирзиёева в нашу страну с государственным визитом прибыл Президент Туркменистана Сердар Бердымухамедов.
После теплой встречи в международном аэропорту Ташкента кортеж с делегацией братской страны направился в парк «Янги Узбекистон», где Президент Туркменистана возложил цветы к монументу Независимости.
Сердар Бердымухамедов был подробно ознакомлен с концепцией архитектурных решений и особенностями скульптурной композиции комплекса.

#Mirziyoyev #tashrif #Turkmaniston #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Mutaxassis_javob_beradi

"IMTIHONLAR JAVOBI QACHON CHIQADI?"

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod va yangi tashkil etilgan maktablarga kirish imtihonlari javobi qachon e'lon qilinadi?

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Imtihon_natijalari
#Prezident_maktablari

📣📣Prezident maktablarining 1-bosqich imtihon natijalari e’lon qilindi!

❗️Joriy yilning 1-iyul kuni o‘tkazilgan 1-bosqich imtihon natijalari e’lon qilindi.

👇Imtihon natijalarini quyidagicha aniqlashingiz mumkin:

1️⃣ Portal.piima.uz saytining "Qabul 2022" bo'limi "Natijalar" oynasidan "Prezident maktabi natijalari" bo`limida ID raqamingizni orqali - https://portal.piima.uz/page/prezident-maktablari-natijalari

2️⃣Cambridge Assessment International Education tashkilotining rasmiy veb-sahifasi orqali: https://www.admissionstesting.org/campaigns/pre-selection-results-rqvqka5xqk/

✔️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Prezident_maktablari

PREZIDENT MAKTABLARIGA 1-BOSQICH KIRISH IMTIHONLARI NATIJALARINI ANIQLASH BO'YICHA YO'RIQNOMA

Saralash imtihon natijalarini qidirish tartibi
:

1️⃣Talabgor topshirgan hududi bo‘yicha belgilangan *.pdf faylni oching.
2️⃣ Nomzodning natijasini bilish uchun qidirish tugmasini bosib (Ctrl+F), sizga taqdim etilgan maxsus ID raqamini tering va Enter tugmasini bosing.
3️⃣ Saralash bosqich imtihonlariga o‘tgan nomzodlar – jadvalning yuqori qismida ko‘k rangda belgilangan bo‘ladi.
4️⃣ Saralash bosqich imtihonlariga o‘ta olmagan nomzodlar esa – oq rang bilan belgilangan bo‘ladi.

Shuningdek, imtihon natijalarini quyidagi havola orqali ham bilib olishingiz mumkin: https://www.admissionstesting.org/campaigns/pre-selection-results-rqvqka5xqk/

👉 Batafsil ma'lumotni saytimizda o'qishingiz mumkin.
#таваллуд

Оташин шоир, уста таржимон, минбари ўзи билан юргувчи чин миллатпарвар
Карим БАҲРИЕВ 60 ёшга тўлди!

Севимли шоиримизга, ҳақталаб оғамизга узоқ умр, хайрли иқбол тилаймиз!

*
Замҳарир қиш тиш қайраган чоғ
Бир кишига кўпайди дунё.
Йўқ, ўрнидан қўзғолмади тоғ,
Ўзанидан чиқмади дарё.
Отам хурсанд, уялар онам,
Мен йиғлардим, ҳамма куларди.
Тоғ ўрнидан қўзғолмаса ҳам
Бир силкиниб қўйса бўларди.

@Shodmonqul_SALOM
Audio
16 июль Ўзбекистон Республикаси санъат арбоби, ёзувчи, шоир, драматург Омон Мухтор таваллуд топган кун. Шу муносабат билан “Ўзбекистон 24” радиоканалининг “Бугун” дастурида эшиттириш эфирга узатилди. Респондент – филология фанлари доктори, профессор Қозоқбой Йўлдошев.

Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси Ахборот хизмати
#Сўровнома
#Survey

Xabaringiz bor, Agentlik tomonidan nomzodlarga maktablarning bir nechtasiga hujjat topshirish imkoniyati yaratilgan.

❗️Ushbu so‘rovnoma nomzodlar ushbu imkoniyatdan qay darajada foydalanganini aniqlash maqsadida o‘tkazilmoqda.

🔸So'rovnomaga javob berish 5 soniya vaqtingizni oladi, xolos.

✔️ Sizning javobingiz biz uchun muhim!

👉 https://forms.gle/ZvuTqxEbtt9DRDPX7
________
✔️P.S. Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul jarayonlari davom etmoqda. Hujjatlar ariza.piima.uz sayti orqali onlayn topshiriladi.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yoz_ilhomlari#
🎨🎨🎨#Tasviriy va raqamli san'at" to'garagi faoliyati🌈🌈🌈
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf o‘quvchisi Muslimaxon Agzamxo'jayeva tomonidan tayyorlangan videorolikni e'tiboringizga havola etamiz.
#Сўраган_эдингиз
#Prezident_maktablari

Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 1-bosqich imtihonlarida qo'lga kiritilgan ballar talabgorning 2-bosqichdagi yakuniy natijalariga qo'shib, hisoblanadimi?

Talabgorning birinchi bosqich imtihonlarida egallagan ballari uning ikkinchi bosqich imtihonlarida inobatga olinmaydi.

Prezident maktablariga 2-bosqich imtihonlari qaysi fanlardan bo'lib o'tadi?

Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 2-bosqichi tanqidiy fikrlash, muommoni hal qilish va ingliz tilidan bo'lib o'tadi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Audio
📌17-iyul O'zbekiston xalq yozuvchisi Ne'mat Aminov tavallud topgan kun.

🎤 Respondent - Uning shogirdi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Ashurali Jo‘rayev

📻 "O'zbekiston-24" radiokanali Fm 87.9да har kuni soat 08:35, 20:35 da "Bugun" dasturi.

📆Muallif- Durdona Ma'diyeva .
@DurdonaDilshod
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Таҳлилнома | Президент мактаблари: ўзига хос тажриба жаҳон даражасида тан олинмоқда
#17july #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv
#Сўровнома_натижаси
#Survey_result

✔️Agentlik tomonidan talabgor-o’quvchilarga maktablarning bir nechtasiga hujjat topshirish imkoniyati yaratilgan bo’lib, nomzodlar ushbu imkoniyatdan qay darajada foydalanganini aniqlash maqsadida so’rovnoma otkazildi.

❗️Unda 6333 kishi ishtirok etdi. Ishtirokchilarning javoblari esa quyidagicha:

🔹Prezident maktabi va yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktabga topshirdim - 34,9 %
🔹 Prezident maktabi va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga hujjat topshirdim - 11,2%
🔹 Abu Ali ibn Sino va Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirdim- 4,9 %
🔹 Ijod maktabi va tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirdim - 2,9%
🔹 Faqat Prezident maktabiga hujjat topshirdim - 5,5%
🔹 Faqat yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirdim - 38%
🔹 Faqat ijod maktabiga hujjat topshirdim - 2,6%
​​⚡️#янги_китоб

Инсон ўзинг...

Донишманд зотларда башоратгўйлик фазилати, яқин ё олис келажакни таҳлил қилиш қобилияти бўлишига иқрор бўлиб боряпман. Ахир, «Собиту сайёрда инсон ўзинг...» дея қасида битилган пайтда одамзотнинг бу қадар тубанлашиб кетиши оддий банданинг хаёлига ҳам келмаган бўлса, не ажаб?

Ҳақрост, давримизнинг аллома шоири Эркин Воҳидов катта зеҳн ва фаҳм соҳиби бўлгани аниқ. Абадият шоирининг улкан башарий мероси ҳам буни тасдиқлайди.

Иброҳим Ғафуров масъул муҳаррирлиги ва Хуршид Воҳидов раҳбарлигида босмадан чиқиб, сиёҳи қуриб улгурмаган бу муаззам тўпламдан жой олган ҳар бир мақола, ҳар бир хотира, ҳар бир изҳор ушбу хулосамизни яна бир бор асослаш учун далил вазифасини ўтайди.
Нигора Умарова, Рустам Мирвоҳид ва Баҳодир Обид тузган, тартиб берган бу китоб инсониятнинг барҳаёт сиймоси Эркин Воҳидов ҳақидаги тасаввурларимиз, айрим ўринда хотираларимизни янада бойитади, камини тўлдиради.

Хайриддин Султон, Абдулла Орипов, Ўткир Ҳошимов, Иброҳим Ғафуров, Шерали Жўраев, Анвар Обиджон, Аҳмаджон Мелибоев, Омонулла Мадаев, Маҳмуд Тоир, Маҳмуджон Тожибоев, Эшқобил Шукур, Гулчеҳра Умарованинг мақола ва хотиралари, айниқса, таассуротли.

Бу китоб ардоқли шоиримиз ҳаёти, ижоди ва фаолиятини ёш авлодга том маънода катта ўрнак сифатида намойиш этиш учун беназир қўлланма бўлиб хизмат қилиши тайин.

Янги ва яхши китоб, ёниқ ва ёруғ хотиралар жо бўлган тўплам барчамизга бирдай қутлуғ бўлсин!

Шоир азиз ёди билан ҳам бани башарни инсон бўлмоққа, собиту сайёрада инсон бўлиб қолмоққа даъват этаётгандек, гўё...

Отабек Исроилов

@mashal_gzt

https://t.iss.one/joinchat/Tyrq4tUQpesrTBVw