Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
1.77K subscribers
9.72K photos
1.27K videos
92 files
3.71K links
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali

“Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g’ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak, uyg’otamiz”Qodiriy

@aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#Kun_nafasi
#Uch_avlod_uchrashuvi

❇️ Joriy yilning 17-may kuni Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida Mudofaa vazirligi Toshkent harbiy okrugi 38 630 harbiy qism xizmatchilari ishtirokida "Uch avlod uchrashuvi" davra suhbati bo'lib o'tdi. Unda Mudofaa vazirligi Toshkent harbiy okrugi harbiy qism komandirining o'rinbosari Mayor Sharopov Erkin Esonovich muddatli harbiy xizmat, harbiy xizmatchilarning kun tartibi haqida ma'lumotlar berildi.

Tadbirda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'quvchilari Murodova Rayhona, Toshqorayev Aziz kabi yosh qalamkashlar o'z she'rlaridan o'qib berishdi. Harbiylar orasida ham ijodga qiziqadigan iqtidorli yoshlar bo'lib, ular ham turli mavzulardagi she'rlaridan o'qib berdilar.

Tadbir so'ngida faol qatnashgan o'quvchilarga kitoblar sovg'a qilindi. Yoshlar tarbiyasida vatanparvarlik, do'stlik kabi tuyg'ularni rivojlantirishda shu kabi tadbirlarning o'rni beqiyos.

Telegram| Facebook| Veb-sayt| You Tube
#Uch_avlod_uchrashuvi


Bugun 28-aprel kuni O'zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida “Uch avlod uchrashuvi” nomli davra suhbati tashkil etildi. Ushbu tadbirga Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari ham taklif etildi.

🔰Anjumanni 0'zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi  Sharqshunoslik instituti ilmiy ishlar bo'yicha direktori o'rinbosari  t.f.d. Surayyo Karimova kirish so‘zi bilan boshlab, ijod maktabi o‘quvchilarini “Uchrashuvimizning to‘rtinchi avlod vakillari” deb e’tirof etdi.
Yig‘ilishda ilm fanning turli sohalariga oid mavzularda so‘z yuritildi. Jumladan, O'zR FA SHI bo'lim boshlig'i t.f.n. Odil Qoriev “Manbashunosni tarbiyalash tajribalari” haqida, O'zR FA SHI yetakchi ilmiy xodimi t.f.d. Komiljon Rahimov “Islomshunoslik yo'nalishidagi  aktual masalalar” xususida so‘z yuritishdi. O'zR FA SHI doktoranti  Zilola Xalilova “Qonunchilikda yoshlar masalalarini” yangi tahrirdagi Konstitutsiya misolida tushuntirib berdi.
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi rahbari Hilola Nazirova o‘z nutqida “O'tgan kunlar” romanining birinchi  xattoti – Abdulla Nosirov” haqida ma’lumotlar berib o‘tish bilan birga institut kutubxonasiga Habibulla Qodiriyning “Diydor qiyomatga qolsa netayin” kitobini sovg‘a qildi.
♻️Anjuman yakunida ijod maktabining “Chig‘atoy gurungi” musiqa va drama to‘garagi o‘quvchilari tomonidan sahnalashtirilgan “Qasamyod” spektakli namoyish qilinib, “Go‘zal Turkiston” qo‘shig‘i ijro etildi.
Tadbir yakunida o‘quvchilar institut  binosi bo‘ylab ekskursiya uyushtirishdi.

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram Facebook