Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
2.34K subscribers
10.2K photos
1.31K videos
93 files
3.83K links
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi. “Bizga jadid bobolarimiz kabi g’arb ilm-fani yutuqlari bilan birga milliy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan yetuk kadrlar suv bilan havodek zarur” Sh.Mirziyoyev
🗳️ Online qabulxona: @aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#bizning_ijod

***

Men kechdim, sen ketding qoraydi kunlar,
Bag'rimdan uzildi yaproq, azizam.
O'pkamga to'ladi qaro tutunlar,
Yoshlanib qorayar qarog', azizam.

Sokin tun, nursiz oy, sovuq harorat,
Sarson o'ylarimga hamrox, azizam.
Qadringni kech bildim, juda kech bildim,
Ko'zlarim ochiq, qalb gumroh, azizam.

Yo'l yurib boraman yo'llarim unmas,
Torayib bormoqda so'qmoq, azizam.
Endi befoydadir ko'z yosh to'kkanim,
Befoyda o'zimni so'kmoq, azizam.

Asli bu dunyoga kelganim savol,
Hayot yo'llarim ham jumboq,
azizam.
Baxtimni topdim, lek topmadim iqbol,
Afsusim kimgadir saboq, azizam.

Men seni sevaman avvalgidan ham,
Otashinroq hamda ko'proq, azizam.
Lek ruxim osmonga qo'l cho'zib borar,
Tanamni tortqilar tuproq, azizam.

Yer osmon talashar ruh va tanamni,
Sevgim sen-la qolar biroq, azizam.
Men seni sog'inib ko'zlarim yumdim,
Sog'inmasdan o'lmoq gunoh, azizam.

Men ketdim, sen kelding qabrim boshiga,
Qabrimdan taraldi bir oh, azizam.
Onamga to'zim-u senga tilayman
Yaratgan egamdan panoh, azizam.

✍️Jamshid Xudoyberdiyev
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 10- sinf o'quvchisi
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
#bizning_ijod
#tavallud_kun

***

Azizam, bahorga aylangin!
Toʻldirgin dunyoni chechakka,
Ovunay...
Ovungin ishq bilan,
Dardlar in qurmasin yurakka.

Azizam, dengizga aylangin!
Bir sohil boʻlayin sen uchun,
Togʻlar, eh, balandda qoʻyaver,
Oldinda yoʻlimiz bor uzun.

Azizam, visolga aylangin!
Ertaklar aylansin ertakka,
Alvido demasin umidlar,
Keraksan bir mitti yurakka.

Azizam, borimga aylangin...

Jamshid Xudoyberdiyev
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'quvchisi
#Bizning_ijod

***

Dunyo, yuragimdan sug‘urdim baxtni
Yuzimdamas, endi ko‘nglimda g'ussa
Netayin, mazlumning ming tomchi yoshi
Zolimning so‘ziga arang teng kelsa!

Dunyo, qichqiriqlar sukunatga xos,
Zulmat yorug‘likdir, yorug'lik zulmat,
Kecha bola edi betizgin, bebosh,
Bugun ona bo‘lib qoldi tabiat.

Dunyo, jimjitlikning ovozi baland,
Ammo bu shovqinning aybdori senmi,
Bir ko'ngilga taskin berib va faqat
Uning maloliga aylangan menmi?

Dunyo, kulgilarni tinglaylik, kelgin,
Yolg‘on haqiqatdir, haqiqat yolg‘on,
Oddiy shovqinga-ku chidasa bo‘lar,
Dunyo, sukunatning shovqini yomon...

Dunyo, kulgilarni tinglaylik, kelgin!

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'quvchisi Murodova Rayhona

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
#Bizning_ijod

QIZG‘ALDOQ

Beg‘ubor musaffo osmon ostida
Quyoshga bosh urib titrar qizg‘aldoq.
Bulutlarga yondosh tog‘lar qo‘ynida
Majruh yuragimni o‘rtar qizg‘aldoq.

Yomg‘irlar silasa nozik yaprog‘ing
O‘rtamas bag‘ringni behuda firoq.
Bunchalar mustahkam sendagi umid,
Naqadar buyukdir sabring qizg‘aldoq.

Ochilib bahorda baxtni to‘shaysan,
Dudog‘ing o‘ynaydi mayin shamollar,
Bardoshing metindur osmondur qadding,
Sening kuylaringga mastdur xayollar.

Hilpirab to‘lg‘anib unaverar u,
Unga yer parvona yuragi oppoq.
Faqat olislarda o‘ynaydi ohu,
Ohularga sirdosh, yondosh qizg‘aldoq.

Beg‘ubor musaffo osmon ostida,
Quyoshga bosh urib titrar qizg‘aldoq.
Bulutlarga yondosh tog‘lar qo‘ynida,
Majruh yuragimni o‘rtar qizg‘aldoq...

Abdulla Qodiriy nomidagi
ijod maktabining 9- "A" sinf o'quvchisi Saidboyeva Malika

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi