Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
1.77K subscribers
9.72K photos
1.27K videos
92 files
3.71K links
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali

“Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g’ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak, uyg’otamiz”Qodiriy

@aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#Bahorning_birinchi_kuni
#Kõklam_ilhomlari

Hayot

Sensan naqadar goʻzal,
Boldan yaralgan onlar.
Totisang qand-u asal,
Har bir kuzatgan damlar.

Boqib koʻzing quvonar,
Olam shodliklaridan,
Toʻyib, toʻyib dil yayrar,
Baxtli hayot zavqidan.

Joʻshqin borliq taftiga,
Koʻz tegmasin hech qachon.
Inson yetsin ahdiga,
Murod ila baxtiga.

Dunyo

Dunyo bu- yorugʻ olam,
Insonga boʻlar malham.
Nafis, zarrin nurlari,
Yetaklar samoga ham.

Shaffof sarchashmalari,
Yashnatadi dunyoni.
Mehri doim siylaydi,
Farzandi-yu mehmonni.

Tashvishi doim shirin,
Yugurasiz, yelasiz.
Hayotdek asal, mayin,
Sezmayin unutasiz.

Dunyo ishlari qiziq,
Chegarasi yoʻq tuzuk.
Charchamaysiz, tolmatsiz,
Hech orqada qolmaysiz.

Qaytmoqda bahor

Kuzda ketgan turnalar,
Yurtga qaytdilar yana.
Gʻoz-u oʻrdak, maynalar,
Samo quchmoqda mana.

Charx urib parvozida,
Kuy taratar sozida.
Doʻstlar bilan shoʻx-shodon,
Davra tuzmoqda shu on.

Bahor iforli tafti,
Yayratmoqda dillarni.
Mayin shabboda ahdi,
Qutlamoqdir ellarni.

Lolazor

Qir adirda chamanzor,
Yashnagan gul, lolazor.
Qirmizi alvon gulga,
Talpinar dil intizor.

Koʻrib quvnaydi koʻzlar,
Taʼrifga loldir soʻzlar.
Toʻshalgan yashil gilam,
Bezanga gul-la shinam.

Kapalaklar yayragan,
Qushlarjon shoʻx sayragan.
Poylab uchar bedona,
Gulzorni qilmay begona.

Mislsiz chamanzorlar,
Tutashgan samolarga.
Ifor bilan lim toʻla,
Musaffo havolarga.

✍️ Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'quvchisi Guliraʼno Anvarova Azizjon qizi
#Kõklam_ilhomlari
#Zulfiya_107_yilligi

Sogʻinganda

Sogʻinganda izlab bir nishon,
Yoningizga olar edim yoʻl.
Koʻksingizga qoʻyib bir bor bosh,
Yuragingiz nolasin tinglab.
Koʻzlarimda tomchi-tomchi yosh,
Dardingizni tingladim bugun.
Bagʻru dil qon,qalbimdir vayron,
Togʻlar bardosh berolmas nechun?!

Sabrligim sizdir otajon...

Abdulla Qodiriy ijod maktabining 8-"A" sinf oʻquvchisi Abdugʻaniyeva Komila

(Zulfiya "Koʻrganmiding koʻzlarimda yosh" she'ridan ta'sirlanib)
#Kõklam_ilhomlari

Vatan mehri

"Oʻtmishingni oʻylab oʻgriydi dilim",
Tirnalar koʻnglimning har bir burchagi.
Tirnalgan joylardan tomchilaydi qon,
Oʻylasam yuragim ezilar har on.

Izgʻirin kechada yetim boʻtadey,
Jovdirab qaradi koʻzlaring shu zum.
Olib ketdi bagʻringdan minglab oʻgʻlingni,
Oʻshal jigarband-u jirgargoʻshangni.

Bu kunlaring oʻtdi shukrona boʻlsin,
Aslo qaytmasin bu qora oʻtmishing.
Koʻrmagin padarkush, nobakorlarni,
Otasin xor qilgan insofsizlarni.


Abdulla Qodiriy ijod maktabining 9-"A" sinf oʻquvchisi Abduhakimova Visola
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Zulfiya_107_yilligi
#Kõklam_ilhomlari
#Bahorning_birinchi_kuni
#Biz_haqimizda

Prezident ta'lim muassasalari agentligi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida bahorning ilk kunida Zulfiyaxonim tavalludining 107 yilligi yuqori saviyada tashkil etildi.

Zulfiyaxonim "Baxtim shul o'zbekning Zulfiyasiman!" deganida naqadar to'g'ri xulosa qilganini bugungi kun misolida ko'rishimiz mumkin.


Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
#Kõklam_ilhomlari

Seni sogʻindim bahor

Koʻzim ochirmasa dunyo tashvishi,
Qalbimni ogʻritsa gʻiybatchi kishi.
Endi qiziqtirmas uning har ishi,
Men seni juda ham sogʻindim, bahor.

Yuzlarimni silab essa bir shamol,
Meni oʻrab olar shirin oʻy-xayol.
Boshimda hilpirar bir shoyi roʻmol,
Men seni juda ham sogʻindim, bahor.

Kelishing eshitgach yorishdi bu dil,
Zavq-u shavqqa toʻlib yayraydi koʻngil.
Ey dardu alamlar, shu onda soʻngil,
Men seni juda ham sogʻindim, bahor.

Daraxtlar burkanar gul-u chechakka,
Bahorim, oʻxshaysan sen kelinchakka.
Goh mehrim ulugʻdir shu boychechakka,
Men seni juda ham sogʻindim, bahor.

Koʻnglim ochib kuylay qaldirgʻoch misol,
Ey bahor, yaqindir bizning shu visol.
Aytgil, qalbimdasan begʻubor inson,
Men seni juda ham sogʻindim, bahor.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf oʻquvchisi Abdugʻaniyeva Komila
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
#Kun_nafasi
#Kõklam_ilhomlari

❇️Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi pedagog-xodimlari O'zbekiston Davlat drama teatrida bo'lib qaytdilar.

2022-yilning 12-mart kuni klassik san'at namoyondasi Shekspirning mashhur tragediyalaridan biri "Rameo va Juletta" sahnalashtirildi va tomoshabinlarga taqdim etildi.

Sahna asari tomoshabinlarda kuchli taassurot qoldirdi. Asrlar davomida o'z ahamiyatini yo'qotmagan asarlarni tomosha qilish har bir san'at ixlosmandi uchun manfaatlidir
.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi axborot xizmati
#Kõklam_ilhomlari
#Yangi_nafas

Teskari she’r

Kirib keldi kuzga hayotim,
Duv to‘kildi barglardan daraxt.
Yuraklandi chalajon titroq,
Olib ketdi shamollarni baxt.

Jismlandi bechora olov,
Yonib ketdi muzlayotgan kul.
Kul o‘rnini qopladi xazon,
U aylandi yurakka butkul.

Dard ichiga to‘lib ketdi qalb,
Chidolmayin ruhlandi siniq.
"Ishq" so‘zini bosib qoldi chang,
Yarqiradi xayolot tiniq.

Erta tongda botmoqda quyosh...

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'quvchisi Abdulakimova Gulsanam


Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
#Kõklam_ilhomlari

Bulutlar koʻz yoshi

Uyga men zoʻrgʻa keldim,
Usti boshim shalabbo.
Ammo, biroz dardimni
Aritti ezgu samo.

Bugun mening oʻrnimda
Yigʻlar osmon-u falak.
Qayrilgan qanotimga
Malham surtgin, ey malak.

Chakkamdan ham yuzimga
Yomgʻir tushsa tomchilab,
Hatto, quyosh bulutni
Irgʻitolmas qamchilab.

Falakda misli pari
Koʻz yosh toʻkadi tinmay.
U yoshin toʻkkan sari
Olam yashnatar bilmay.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf oʻquvchisi Abdugʻaniyeva Komila
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
#Kõklam_ilhomlari
#Ijodiy_uchrashuv
#Uyga_vazifa

📚📖Ijod bog'iga sayohat

Prezident ta'lim muassasalari agentligi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida 2022-yil 17-mart kuni O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, "Nastarin", "Atalgan kunlar, "Müjde", "Hêlva" kabi kitoblar muallifi Nargiza Asad bilan ijodiy uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda maktab direktori B.Bekov, o'qituvchilar hamda o'quvchilar qatnashdi
.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
#Kõklam_ilhomlari

Navroʻz

Tashrifingdan yayradi dillar,
Oʻngu-soʻlda ochildi gullar.
Taʼzimda majnuntol egdi bosh,
Xush kelibsan yurtimga Navroʻz!

Tongda esgan mayin shabboda,
Sochdi yurtga bahor atrini.
Quyosh nuri yengil havoda,
Kuyga soldi sheʼrning satrini.

Yashil koʻklam qutlab olamni,
Sepin yoydi shodlab dalamni.
Shoshqin soylar intizor kuylar,
Marhabo deb kelishing poylar.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'quvchisi Anvarova Gulira'no
#Kõklam_ilhomlari
#Õzga_olam

***

Miyamga chaqmoqdek uriladi o'y
Istagimni topdim,shunday emasmi?!
Halı bor deydi bu yurak hasadgo'y
Bu axir yolg'on-ku, yo to'g'ri sasmi?
Qachon?
Qachon ro'yobini ko'rsatar tushlar,
Ro'yolar tushlarga aylanar qachon?
Tinimsiz otilgan so'zlar dilkushlar
Xotiram kemirar bir yirtqichsimon.
Ha,seni izladim, illo bir seni
Topmadim,toptadim,yugurdim, chopdim
Dod dedim,tor kelib dunyoning eni
O'zimni topdim men,o'zimni topdim

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'quvchisi Abdulakimova Gulsanam
#Kõklam_ilhomlari

Zaynab ogʻusi

Oʻtib ketdi tarixlarda qoldi u yogʻdu,
Oʻtib ketdi Margʻilonning bir durdonasi.
Zaynab endi har kechada ichadi ogʻu,
Zaynabni ham qon yigʻlatgan Kumush nolasi.

Mana, yana xotirladim Otabekni ham,
Kumush - ketgan ishqi birla koʻzlarida yosh.
Yigʻlasa ham yoshin toʻkib Otabekka kam,
Endi yoʻqdir koʻnglin bergan oʻsha qalamqosh.

Nega ketdi, demang axir nega deb soʻrmang,
Demang Zaynab aybdor, Zaynabda gunoh.
Unga qorongʻu edi-ku taqdiri butun,
Taqdirlarni bitguvchisan, ey qodir Alloh.

Abdulla Qodiriy ijod maktabining 8-"A" sinf oʻquvchilsi Abdugʻaniyeva Komila

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi