Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
2.35K subscribers
10.3K photos
1.32K videos
93 files
3.86K links
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi. “Bizga jadid bobolarimiz kabi g’arb ilm-fani yutuqlari bilan birga milliy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan yetuk kadrlar suv bilan havodek zarur” Sh.Mirziyoyev
🗳️ Online qabulxona: @aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#tavallud_kun

30-yillarda koʻzga koʻringan va el ogʻziga tushgan isteʼdodli shoir Usmon Nosir 1912 yil 13 noyabrda Namangan shahrida dunyoga keldi. Yoshligi Qoʻqondagi bolalar uyida oʻtgan Usmon oʻrta maktabni bitirgach, 1931 yildan boshlab Alisher Navoiy nomidagi Samarqand Pedagogika akademiyasining til va adabiyot fakultetida Amin Umariy, Adham Hamdamlar bilan birgalikda tahsil oldi.

Usmon Nosirning ilk sheʼrlari maktabda oʻqib yurgan vaqtlaridayoq matbuotda koʻrina boshlagan edi. Shoirning “Quyosh bilan suhbat”, “Safarbar satrlar” (1932), “Traktorobod” (1934), “Yurak” (1935), “Mehrim” (1936) kabi sheʼriy toʻplamlari, “Norboʻta” va “Naxshon” dostonlari birin-ketish nashr qilindi. Uning “Norboʻta” (1932) asarida Oʻzbekistondagi fuqarolar urushi mavzui, “Naxshon”da qardosh arman xalqi farzandlarining ozodlik uchun intilishlari kuylangan boʻlsa, antiq dunyodagi qullar kurashi “Nil va Rim” kabi poetik asarlarida oʻz aksini topdi.

Usmon Nosir sheʼriyati, avvalo, hayotiyligi, jozibadorligi va isyonkorligi, ayni chogʻda, sodda va ravonligi bilan kitobxon qalbidan chuqur oʻrin olgan. Shundan boʻlsa kerak, shoir sheʼrlari hamon davralarda tez-tez yod aytiladi:

 

Yurak, sensan mening sozim,

Tilimni nayga joʻr etding,

Koʻzimga oyni berkitding,

Yurak, sensan ishqibozim.

Senga tor keldi bu koʻkrak,

Sevinchim toshdi qirgʻoqdan,

Tilim charchar, ajab gohi

Seni tarjima qilmoqdan.

 

Usmon Nosirning tarjima sohasidagi xizmati ham bebahodir. Uning tarjimasida A. Pushkinning “Boqchasaroy fontani”, M. Lermontovning “Demon” (“Iblis”) dostonlari oʻzbek kitobxonlari qalbiga yetib borgan.

Joʻshqin isteʼdod egasi Usmon Nosirning asarlari hamisha kishini hayajonga soladi. Usmon Nosir qatagʻon davrining qurbonlaridan biri sifatida yosh umrini shoʻro lagerlarida azob-uqubatda oʻtkazib, 1944 yili vafot etdi.

Usmon Nosir 1937 yilning 18 iyulida hibsga olinganda hali 25 yoshga toʻlmagan edi. Fojiani qarangki, buyuk isteʼdodning ayni ijodiy kamolotga koʻtarilgan bir davrida uni mustabid tuzumning qatagʻon siyosati ayamadi. Shoir bir sheʼrida:

 

Ming yillardan keyin ham

Unutmas meni bogʻim.

Sheʼrlarim yangrab qolur…

Bir umrga oʻlmayman, –

 

degan edi.

Chindan ham, uning nomi oʻlmas va oʻchmasdir. Uning nomidagi mahalla, koʻcha, maktab, madaniy-maʼrifiy oʻchoqlar shundan dalolatdir.
#tavallud_sana

ASQAD MUXTOR 101 YOSHDA!!!

Asqad Muxtor 1920- yil 23- dekabrda Farg‘ona shahrida tug‘ilgan.

U BAHORDA KETDI…

U bahorda ketdi, seni yig‘latib,
Xush buyga to‘lganda bog‘lar, qo‘ralar.
Umid tomchilari achchiq va latif,
Boshda olcha guli tinmay bo‘ralar.

Uzoq ko‘z o‘ngingda turdi o‘sha dam,
Yoz o‘tdi shu damning -hislarin sinab.
Loqayd edi unga kunlar, oylar ham,
Kuz o‘tdi yonidan yotsirab.

Qish keldi, qor bosdi yarim olamni,
Qor ostida qoldi bog‘lar, qo‘ralar.
Yolg‘izlik tunlari sovuq, alamli,
Qor esa bo‘ralar, hamon bo‘ralar.

Shunda u ko‘rindi ketgan yo‘lida.
Mehr izlab qaydadir balki tilangan,
Tavbadir, umiddir balki dilida,
O‘zi boshdan-oyoq qorga belangan.

Yodga kelmay qiynar unutilgan qo‘shiq;
Ostanada turdi. Qor yuz-ko‘zida.
Qor erigach, ko‘rding: o‘rnida—bo‘shliq,
Jindak ko‘lmak qoldi oyoq izida.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
#bizning_ijod
#tavallud_kun

***

Azizam, bahorga aylangin!
Toʻldirgin dunyoni chechakka,
Ovunay...
Ovungin ishq bilan,
Dardlar in qurmasin yurakka.

Azizam, dengizga aylangin!
Bir sohil boʻlayin sen uchun,
Togʻlar, eh, balandda qoʻyaver,
Oldinda yoʻlimiz bor uzun.

Azizam, visolga aylangin!
Ertaklar aylansin ertakka,
Alvido demasin umidlar,
Keraksan bir mitti yurakka.

Azizam, borimga aylangin...

Jamshid Xudoyberdiyev
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'quvchisi
#kun_nafasi
#tavallud_kun

****
Qorong'ilik qo'yni yoqimli, ishon,
Ko'zingni yum va sen tinglay boshlaysan.
Zulmat aro xayol o'qlarga nishon,
Ko'ngling kezib goho ko'zing yoshlaysan.

Esla, qay bir damlar o'tdi boshingdan,
Nimalarga aziz umring sarf etding?
Ishon, endi hech naf yo'qdir yoshingdan,
Shu damgacha o'zi nimani kutding?!

G'aflat botqog'iga chuqur botmasdan,
Uyg'on, kelajaging porloq yo'lin qur.
Vijdoningni yolg'onlarga sotmasdan,
Shafqatsiz hayotda mardonavor tur!

Mehnat qil, ikkinchi nafasing olib,
Mukofot mehnatga yarasha bo'lar.
Daraxtga mehrni bersang sen tolib,
Ortidan, albatta, mevasi kelar.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 10-"A" sinf o'quvchisi Azizbek Toshqorayev

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
Ne baloga etding mubtalo
<unknown>
#Zulfiyaxonim
#tavallud

Zulfiyaxonim Isroilova
🎙 Muslimaxon Agzamxo'jayeva
Daraxt
<unknown>
#Zulfiyaxonim
#tavallud

Zulfiyaxonim Isroilova
🎙 Muslimaxon Agzamxo'jayeva
Do'stlarim
<unknown>
#Zulfiyaxonim
#tavallud

Zulfiyaxonim Isroilova
🎙 Muslimaxon Agzamxo'jayeva
Orzuga ayb yo'q✍️
<unknown>
#Zulfiyaxonim
#tavallud

Zulfiyaxonim Isroilova
🎙 Muslimaxon Agzamxo'jayeva
Qayga ketding, yuragim
<unknown>
#Zulfiyaxonim
#tavallud

Zulfiyaxonim Isroilova
🎙 Muslimaxon Agzamxo'jayeva
Men o'tgan umrga
<unknown>
#Zulfiyaxonim
#tavallud

Zulfiyaxonim Isroilova
🎙 Muslimaxon Agzamxo'jayeva