#Zulfiya_107_yilligi
Zulfiyaxonimning "Yana bugun bahorga zorman" sheʼriga nazira
"Yana bugun bahorga zorman,
Oʻz bahorim kabi shoshqaloq.
Yana bugun bahorga zorman,
Kutaverib dil boʻldi qadoq."
Kel va bu oppoq muz tuproqni,
Aylantir yashil maysazorga.
Haydab yubor yovuz saboqni,
Joy qoldirma qalbda ozorga!
Sen yaqinsan, yaqin juda ham,
Buni sezib turibdi koʻnglim.
Orzularim koʻrgayman baham,
Tezroq kelgin, yayrasin dilim.
Hali ham kutaman yoʻldasan,
Sen bor ekansan, men ham borman.
Men oʻng tomon, sen-chi, soʻldasan,
Yana bugun men senga zorman!
✍ Madina AZIZOVA
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 8-"A" sing oʻquvchisi
Zulfiyaxonimning "Yana bugun bahorga zorman" sheʼriga nazira
"Yana bugun bahorga zorman,
Oʻz bahorim kabi shoshqaloq.
Yana bugun bahorga zorman,
Kutaverib dil boʻldi qadoq."
Kel va bu oppoq muz tuproqni,
Aylantir yashil maysazorga.
Haydab yubor yovuz saboqni,
Joy qoldirma qalbda ozorga!
Sen yaqinsan, yaqin juda ham,
Buni sezib turibdi koʻnglim.
Orzularim koʻrgayman baham,
Tezroq kelgin, yayrasin dilim.
Hali ham kutaman yoʻldasan,
Sen bor ekansan, men ham borman.
Men oʻng tomon, sen-chi, soʻldasan,
Yana bugun men senga zorman!
✍ Madina AZIZOVA
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 8-"A" sing oʻquvchisi
#Bahorning_birinchi_kuni
#Kõklam_ilhomlari
Hayot
Sensan naqadar goʻzal,
Boldan yaralgan onlar.
Totisang qand-u asal,
Har bir kuzatgan damlar.
Boqib koʻzing quvonar,
Olam shodliklaridan,
Toʻyib, toʻyib dil yayrar,
Baxtli hayot zavqidan.
Joʻshqin borliq taftiga,
Koʻz tegmasin hech qachon.
Inson yetsin ahdiga,
Murod ila baxtiga.
Dunyo
Dunyo bu- yorugʻ olam,
Insonga boʻlar malham.
Nafis, zarrin nurlari,
Yetaklar samoga ham.
Shaffof sarchashmalari,
Yashnatadi dunyoni.
Mehri doim siylaydi,
Farzandi-yu mehmonni.
Tashvishi doim shirin,
Yugurasiz, yelasiz.
Hayotdek asal, mayin,
Sezmayin unutasiz.
Dunyo ishlari qiziq,
Chegarasi yoʻq tuzuk.
Charchamaysiz, tolmatsiz,
Hech orqada qolmaysiz.
Qaytmoqda bahor
Kuzda ketgan turnalar,
Yurtga qaytdilar yana.
Gʻoz-u oʻrdak, maynalar,
Samo quchmoqda mana.
Charx urib parvozida,
Kuy taratar sozida.
Doʻstlar bilan shoʻx-shodon,
Davra tuzmoqda shu on.
Bahor iforli tafti,
Yayratmoqda dillarni.
Mayin shabboda ahdi,
Qutlamoqdir ellarni.
Lolazor
Qir adirda chamanzor,
Yashnagan gul, lolazor.
Qirmizi alvon gulga,
Talpinar dil intizor.
Koʻrib quvnaydi koʻzlar,
Taʼrifga loldir soʻzlar.
Toʻshalgan yashil gilam,
Bezanga gul-la shinam.
Kapalaklar yayragan,
Qushlarjon shoʻx sayragan.
Poylab uchar bedona,
Gulzorni qilmay begona.
Mislsiz chamanzorlar,
Tutashgan samolarga.
Ifor bilan lim toʻla,
Musaffo havolarga.
✍️ Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'quvchisi Guliraʼno Anvarova Azizjon qizi
#Kõklam_ilhomlari
Hayot
Sensan naqadar goʻzal,
Boldan yaralgan onlar.
Totisang qand-u asal,
Har bir kuzatgan damlar.
Boqib koʻzing quvonar,
Olam shodliklaridan,
Toʻyib, toʻyib dil yayrar,
Baxtli hayot zavqidan.
Joʻshqin borliq taftiga,
Koʻz tegmasin hech qachon.
Inson yetsin ahdiga,
Murod ila baxtiga.
Dunyo
Dunyo bu- yorugʻ olam,
Insonga boʻlar malham.
Nafis, zarrin nurlari,
Yetaklar samoga ham.
Shaffof sarchashmalari,
Yashnatadi dunyoni.
Mehri doim siylaydi,
Farzandi-yu mehmonni.
Tashvishi doim shirin,
Yugurasiz, yelasiz.
Hayotdek asal, mayin,
Sezmayin unutasiz.
Dunyo ishlari qiziq,
Chegarasi yoʻq tuzuk.
Charchamaysiz, tolmatsiz,
Hech orqada qolmaysiz.
Qaytmoqda bahor
Kuzda ketgan turnalar,
Yurtga qaytdilar yana.
Gʻoz-u oʻrdak, maynalar,
Samo quchmoqda mana.
Charx urib parvozida,
Kuy taratar sozida.
Doʻstlar bilan shoʻx-shodon,
Davra tuzmoqda shu on.
Bahor iforli tafti,
Yayratmoqda dillarni.
Mayin shabboda ahdi,
Qutlamoqdir ellarni.
Lolazor
Qir adirda chamanzor,
Yashnagan gul, lolazor.
Qirmizi alvon gulga,
Talpinar dil intizor.
Koʻrib quvnaydi koʻzlar,
Taʼrifga loldir soʻzlar.
Toʻshalgan yashil gilam,
Bezanga gul-la shinam.
Kapalaklar yayragan,
Qushlarjon shoʻx sayragan.
Poylab uchar bedona,
Gulzorni qilmay begona.
Mislsiz chamanzorlar,
Tutashgan samolarga.
Ifor bilan lim toʻla,
Musaffo havolarga.
✍️ Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'quvchisi Guliraʼno Anvarova Azizjon qizi
#Kõklam_ilhomlari
#Zulfiya_107_yilligi
Sogʻinganda
Sogʻinganda izlab bir nishon,
Yoningizga olar edim yoʻl.
Koʻksingizga qoʻyib bir bor bosh,
Yuragingiz nolasin tinglab.
Koʻzlarimda tomchi-tomchi yosh,
Dardingizni tingladim bugun.
Bagʻru dil qon,qalbimdir vayron,
Togʻlar bardosh berolmas nechun?!
Sabrligim sizdir otajon...
✍ Abdulla Qodiriy ijod maktabining 8-"A" sinf oʻquvchisi Abdugʻaniyeva Komila
(Zulfiya "Koʻrganmiding koʻzlarimda yosh" she'ridan ta'sirlanib)
#Zulfiya_107_yilligi
Sogʻinganda
Sogʻinganda izlab bir nishon,
Yoningizga olar edim yoʻl.
Koʻksingizga qoʻyib bir bor bosh,
Yuragingiz nolasin tinglab.
Koʻzlarimda tomchi-tomchi yosh,
Dardingizni tingladim bugun.
Bagʻru dil qon,qalbimdir vayron,
Togʻlar bardosh berolmas nechun?!
Sabrligim sizdir otajon...
✍ Abdulla Qodiriy ijod maktabining 8-"A" sinf oʻquvchisi Abdugʻaniyeva Komila
(Zulfiya "Koʻrganmiding koʻzlarimda yosh" she'ridan ta'sirlanib)
#Kõklam_ilhomlari
Vatan mehri
"Oʻtmishingni oʻylab oʻgriydi dilim",
Tirnalar koʻnglimning har bir burchagi.
Tirnalgan joylardan tomchilaydi qon,
Oʻylasam yuragim ezilar har on.
Izgʻirin kechada yetim boʻtadey,
Jovdirab qaradi koʻzlaring shu zum.
Olib ketdi bagʻringdan minglab oʻgʻlingni,
Oʻshal jigarband-u jirgargoʻshangni.
Bu kunlaring oʻtdi shukrona boʻlsin,
Aslo qaytmasin bu qora oʻtmishing.
Koʻrmagin padarkush, nobakorlarni,
Otasin xor qilgan insofsizlarni.
✍Abdulla Qodiriy ijod maktabining 9-"A" sinf oʻquvchisi Abduhakimova Visola
Vatan mehri
"Oʻtmishingni oʻylab oʻgriydi dilim",
Tirnalar koʻnglimning har bir burchagi.
Tirnalgan joylardan tomchilaydi qon,
Oʻylasam yuragim ezilar har on.
Izgʻirin kechada yetim boʻtadey,
Jovdirab qaradi koʻzlaring shu zum.
Olib ketdi bagʻringdan minglab oʻgʻlingni,
Oʻshal jigarband-u jirgargoʻshangni.
Bu kunlaring oʻtdi shukrona boʻlsin,
Aslo qaytmasin bu qora oʻtmishing.
Koʻrmagin padarkush, nobakorlarni,
Otasin xor qilgan insofsizlarni.
✍Abdulla Qodiriy ijod maktabining 9-"A" sinf oʻquvchisi Abduhakimova Visola
#Zulfiya_107_yilligi
#Bahorning_birinchi_kuni
Энг гуллаган ёшлик чоғимда...
Энг гуллаган ёшлик чоғимда,
Сен очилдинг кўнгил боғимда.
Шунда кўрди кўзим баҳорни,
Шунда қалбим таниди ёрни.
Қушлар сайрар жонимга пайваст,
Мен севгининг бўйи билан маст,
Куни билан далада қолдим,
Лолазорлар ичра йўқолдим.
Қучоқ-қучоқ гуллар терганим
Ва келтириб сенга берганим
Кечагидай ҳамон эсимда,
Ҳар сония, ҳар он эсимда.
Шундан бери тилимда отинг,
Шундан бери дилимда отинг…
Энг гуллаган ёшлик чоғимда
Сен очилдинг кўнгил боғимда.
ҲАМИД ОЛИМЖОН
(ТУРМУШ ЎРТОҒИ ЗУЛФИЯХОНИМГA АТАБ ЁЗИЛГАН)
1937 й
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
#Bahorning_birinchi_kuni
Энг гуллаган ёшлик чоғимда...
Энг гуллаган ёшлик чоғимда,
Сен очилдинг кўнгил боғимда.
Шунда кўрди кўзим баҳорни,
Шунда қалбим таниди ёрни.
Қушлар сайрар жонимга пайваст,
Мен севгининг бўйи билан маст,
Куни билан далада қолдим,
Лолазорлар ичра йўқолдим.
Қучоқ-қучоқ гуллар терганим
Ва келтириб сенга берганим
Кечагидай ҳамон эсимда,
Ҳар сония, ҳар он эсимда.
Шундан бери тилимда отинг,
Шундан бери дилимда отинг…
Энг гуллаган ёшлик чоғимда
Сен очилдинг кўнгил боғимда.
ҲАМИД ОЛИМЖОН
(ТУРМУШ ЎРТОҒИ ЗУЛФИЯХОНИМГA АТАБ ЁЗИЛГАН)
1937 й
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
Forwarded from O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Ўзбекистон халқ шоири Зулфия Исроилова таваллудининг 107 йиллиги муносабати билан Адиблар хиёбонида ўтказилган тадбирдан тўғридан-тўғри уланиш. Муаллиф – Фозил Фарҳод.
Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси Ахборот хизмати
👇
https://www.facebook.com/100040447230961/videos/283224840607725/
Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси Ахборот хизмати
👇
https://www.facebook.com/100040447230961/videos/283224840607725/
Facebook
Log in or sign up to view
See posts, photos and more on Facebook.
#kun_nafasi
#Zulfiya_107_yilligi
Hamid Olimjon va Zulfiyaning yorqin xotirasiga
Bu sevgi shunchaki sevgimas,
Qalblarni larzaga keltirar.
Dunyolar ichra bir ajoyib,
Muhabbat atalmish yel esar.
Bu mehr shunchaki mehrmas,
Uni ko'rgan inson qaltirar.
Yo'q, yo'q bu shunchaki titroqmas,
Ko'zlarda ko'z yoshi yaltirar.
By umr shunchaki umrmas,
Kam,lekin mazmunga to'liqdir.
Yodimga tushadi bir hikmat,
O'zin deb yashagan o'likdir.
Bu umr...Qudratli bir umr!...
✍Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'quvchisi Keldiyorova Xumora
#Zulfiya_107_yilligi
Hamid Olimjon va Zulfiyaning yorqin xotirasiga
Bu sevgi shunchaki sevgimas,
Qalblarni larzaga keltirar.
Dunyolar ichra bir ajoyib,
Muhabbat atalmish yel esar.
Bu mehr shunchaki mehrmas,
Uni ko'rgan inson qaltirar.
Yo'q, yo'q bu shunchaki titroqmas,
Ko'zlarda ko'z yoshi yaltirar.
By umr shunchaki umrmas,
Kam,lekin mazmunga to'liqdir.
Yodimga tushadi bir hikmat,
O'zin deb yashagan o'likdir.
Bu umr...Qudratli bir umr!...
✍Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'quvchisi Keldiyorova Xumora
Hayot izlari...
Hayot misli poyezd yo'li,
Bizmiz unda yo'lovchi.
Oxir bekat kelganida,
To'lovni ham to'lovchi.
Ko'p bekatlar uchrar yo'lda,
Turli-tuman kupedosh.
Manzaralar o'zgachadir,
Ba'zan bo'lib sirlar fosh.
Har bekatda turli yaqin,
Insonlaring qo'nganda.
Kuzatasan sen ularni,
Toshdan gullar unganda.
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 10-"A" sinf o'quvchisi Azizbek Toshqorayev.
Hayot misli poyezd yo'li,
Bizmiz unda yo'lovchi.
Oxir bekat kelganida,
To'lovni ham to'lovchi.
Ko'p bekatlar uchrar yo'lda,
Turli-tuman kupedosh.
Manzaralar o'zgachadir,
Ba'zan bo'lib sirlar fosh.
Har bekatda turli yaqin,
Insonlaring qo'nganda.
Kuzatasan sen ularni,
Toshdan gullar unganda.
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 10-"A" sinf o'quvchisi Azizbek Toshqorayev.
Abdug'offorova Dilnura. Maqola zulfiyaxonim.docx
17.2 KB
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'quvchilari Keldiyorova Xumora va Abdug'afforova Dilnuraning Zulfiyaxonim tavalludining 107 yilligi munosabati bilan yozgan maqolalari
#Kun_nafasi
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan "Besh tashabbus" loyihasining to'rtinchisi "Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish" bandi ijrosini ta'minlash maqsadida Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida "Birga kitob o'qiymiz" loyihasi yo'lga qo'yildi.
2022-yilning 1-mart kuni MMIBDO' Yuldasheva Mahmuda Xayriddin Sultonning "Odamlardan tinglab hikoya", ona tili va adabiyoti o'qituvchisi Nurmuhammadov Jamoliddin Chingiz Aytmatovning "Qiyomat", ingliz tili o'qituvchisi Yuldasheva Tursunoy "Odam bo'lish qiyin" asarlari taqdimotini o'tkazdilar.
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan "Besh tashabbus" loyihasining to'rtinchisi "Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish" bandi ijrosini ta'minlash maqsadida Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida "Birga kitob o'qiymiz" loyihasi yo'lga qo'yildi.
2022-yilning 1-mart kuni MMIBDO' Yuldasheva Mahmuda Xayriddin Sultonning "Odamlardan tinglab hikoya", ona tili va adabiyoti o'qituvchisi Nurmuhammadov Jamoliddin Chingiz Aytmatovning "Qiyomat", ingliz tili o'qituvchisi Yuldasheva Tursunoy "Odam bo'lish qiyin" asarlari taqdimotini o'tkazdilar.
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi