Forwarded from O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Бугун Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмасида Президентнинг “Оташин шоир, таржимон ва драматург Усмон Носир таваллудининг 110 йиллигини кенг нишонлаш тўғрисида”ги қарори ижросини таъминлаш бўйича йиғилиш ўтказилди. Унда тегишли ташкилотлар масъул ходимлари томонидан чора-тадбирлар дастури ишлаб чиқилди.
Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси Ахборот хизмати
Web-site | Telegram | Facebook | YouTube
Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси Ахборот хизмати
Web-site | Telegram | Facebook | YouTube
#teatr
#Yillar_armoni
❇️2022-yil 18-fevral kuni Prezident ta'lim muassasalari agentligi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi rahbariyati boshchiligida ijod maktabi o'qituvchilari hamda o'quvchilari O'zbekiston Davlat drama teatrida bo'lib qaytdilar.
❇️Abdulla Oripov hayoti va ijodiga bag'ishlangan "Yillar armoni" spektakli barcha tomoshabinlarda kuchli taassurot qoldirdi.
❇️Eslatib o'tish joizki, o'quvchilarni san'at va adabiyotga qiziqishlarini oshirish, teatr san'ati bilan ularning tarbiyasiga ijobiy ta'sir ko'rsatish O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha 5 ta muhim tashabbus" ning birinchisida ko'zda tutilgan.
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi

DUNYONI QIZG‘ANMA
Dunyoni qizg‘anma mendan, azizim,
Men sening ko‘changdan o‘tmasman zinhor.
Mening bu olamda o‘z aytar so‘zim
Va o‘zim sig‘inar mozorlarim bor.
Dunyoni qizg‘anma mendan, azizim,
Sen ichgan buloqdan ichmasman aslo.
Sen yurgan tog‘larda qolmagay izim,
Sen kechgan daryodan kechmasman aslo.
Dunyoni qizg‘anma mendan, azizim,
Qalbingni yoqmasin shubha va so‘roq,
Men o‘zga manzilga tikkanman ko‘zim,
U sening kulbangdan juda ham yiroq.
Abdulla Oripov, O‘zbekiston Qahramoni
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
#faxrimiz
Prezident ta'lim muassasalari agentligi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'qituvchisi Jumaniyozov Raximboy Matkarimovichning "Yuksak savodxonlik-ma'naviy darajamiz, vatanparvarligimiz ifodasi" mavzusidagi maqolasi "Xalq so'zi" gazetasining 2022-yil 19-fevral sonida dunyo yuzini ko'rdi.
❇️Eslatib o'tamiz, 21-fevral-Xalqaro ona tili kuni hisoblanadi

#kun_nafasi
#monitoring
Prezident ta'lim muassasalari agentligi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'quvchilari ona tili, adabiyot, tarix va ingliz tili fanidan ichki monitoring testini topshirmoqdalar.

#bizning_ijod
***
Men kechdim, sen ketding qoraydi kunlar,
Bag'rimdan uzildi yaproq, azizam.
O'pkamga to'ladi qaro tutunlar,
Yoshlanib qorayar qarog', azizam.
Sokin tun, nursiz oy, sovuq harorat,
Sarson o'ylarimga hamrox, azizam.
Qadringni kech bildim, juda kech bildim,
Ko'zlarim ochiq, qalb gumroh, azizam.
Yo'l yurib boraman yo'llarim unmas,
Torayib bormoqda so'qmoq, azizam.
Endi befoydadir ko'z yosh to'kkanim,
Befoyda o'zimni so'kmoq, azizam.
Asli bu dunyoga kelganim savol,
Hayot yo'llarim ham jumboq,
azizam.
Baxtimni topdim, lek topmadim iqbol,
Afsusim kimgadir saboq, azizam.
Men seni sevaman avvalgidan ham,
Otashinroq hamda ko'proq, azizam.
Lek ruxim osmonga qo'l cho'zib borar,
Tanamni tortqilar tuproq, azizam.
Yer osmon talashar ruh va tanamni,
Sevgim sen-la qolar biroq, azizam.
Men seni sog'inib ko'zlarim yumdim,
Sog'inmasdan o'lmoq gunoh, azizam.
Men ketdim, sen kelding qabrim boshiga,
Qabrimdan taraldi bir oh, azizam.
Onamga to'zim-u senga tilayman
Yaratgan egamdan panoh, azizam.
✍️Jamshid Xudoyberdiyev
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 10- sinf o'quvchisi

Telegram
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanaliga xush kelibsiz! +998954792080