#oquvchilarimiz_ijodidan
#drabll
Men oyimning vafotini qizil chiroq, mashinaning ovozi va ularning meni itarishi bilan eslayman.
***
Men har doim akamga “Hayot go’zalmi?”,–desam, ular mendan “Yurish-chi, u qanday?”, deb so’rardi.
Nurmuhammad Hasanov
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi, 8-sinf o’quvchisi.
Telegram | Instagram |Facebook

#ijodiy_togarak
#oquvchilarimiz_ijodidan
***
Tun yopdi samoning darvozasini,
Devonavash zulmat oldi bagʻriga.
Dard toʻla yurakni otib yubordim
Yettinchi osmondan hatto nariga.
Chalajon hislarni koʻngildan quvib,
Boʻy choʻza boshladi qalbimda sabot.
Kavshangancha kelib yonimga hilol,
Yulduzlar taʼmini maqtaydi bot-bot.
Butunlay ishonchga oʻranib olib,
Quvonch koʻchalarin kezaman yayov.
Har aytgan soʻzimdan chaqnaydi uchqun,
Har bosgan izimdan unadi olov.
Gʻamning kulbasidan bosh olib ketib,
Baxtning bilagiga taqay koʻzmunchoq.
Men shunday yashayki, alanga olib,
Har bir nigohimda chaqnasin chaqmoq.
Xayolni qitiqlar farahbaxsh hislar,
Yurak mung libosin yirtib tashladi.
Har bitta zarradan chiroy axtarib,
Koʻzlarim hayratga toʻla boshladi.
✍️Shakarova Shalola
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 8-sinf o’quvchisi.

Telegram
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
“Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g’ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak, uyg’otamiz”Qodiriy
@aqodiriyijodmaktabi_bot
“Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g’ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak, uyg’otamiz”Qodiriy
@aqodiriyijodmaktabi_bot
#oquvchilarimiz_ijodidan
#ijodiy_togarak
Baxt
Osmon koʻzyoshini sipqordi zamin,
Biz bilgan tuygʻular uzlatga yetdi.
Chaqmoq yulduzlarni tunda erkalab,
Osmonning yuragi bugun darz ketdi.
Baxtni men har tongda bulutga chizdim,
Yomgʻir boʻlib tunda menga qaytdi u.
Nigohlar sirgʻalib oʻtib ketganda,
Bizni bir qilmadi hech qanday tutqu.
Tunov kun tushimga buyurtma berib,
Iltimos qilgandim baxt keltirishin.
Lekin zarracha ham oʻylab koʻrmabman,
Baxtim dardlar bilan qoʻshni turishin.
Oʻylardim baxtimni moviyrangdir deb,
Oʻylardim men bilgan eng goʻzal ohang.
Bilsam, uning rangi shu koʻrinishda-
Xazonrang, armonrang, alvonrang, oqrang.
Koʻzimni yumgancha oʻylayman, ammo-
Kiprik boʻsasidek xayolim qisqa.
Tushunarsiz, balki siz tushunarsiz,
Hayot ham bir safar bizni tushunsa.
Baxt deb oʻylaganim dard ekan asli...
✍️ Marjona Eshqulova
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi, 8-sinf o’quvchisi

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov_uchun
#oquvchilarimiz_ijodidan
🏫Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi.
📹11-sinf o'quvchilari tomonidan 1-oktabr "Ustoz va murabbiylar" kuni uchun tayyorlangan videorolik
🌐Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:
Telegram
Facebook
Instagram

🏫Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
8-"B" sinf o'quvchisi
Shokirova Shabnam
📹1-oktabr "Ustoz va murabbiylar" kuniga bag'ishlangan videorolik

Ustoz sovg'asi
Daraxtlar go'yo mo'yqalam bilan bo'yalib oltin tusga kirgandek. Tol novdasidagi yaproqlar kuz shamoliga bardosh berolmay, uzilib, yerga tushardi. Xazonlar maktab ostonasiga ham yetib keldi.
Tasviriy san'at xonasi. Devorlar turli ijod mahsullari, haykallar bilan bezalgan. Partalar ustida turli rang-barang ruchkalardan to bo'yoqlargacha terilgan. O'quvchilar esa Mehriniso opa bergan topshiriqni berilib bajarishar edi.
Shu payt o'qituvchining nazari sinfdoshlaridan moviy qalam so'rayotgan Ilhomjonga ilindi. Biroq uning so'rog'iga barcha rad javobini berardi.
Oradan bir hafta o'tib Mehriniso opa bolalar vazifani qanday qilib bajarishganini tekshirayotganda, uning e'tiborini aynan Ilhomjonning rasmi o'ziga jalb qildi. U moviy qalam o'rniga sariq va yashil ranglarni qo'llabti.
— Buncha go'zal vazifa bu? Qalamlaring sehrli bo'lsa kerak. Qani, bir qaraychi, — deya muallima Ilhomjonning qalamdoniga qo'l cho'zib ochdi va uning ichida eski, kalta va beo'xshov qalamlarni aniqladi. Ular ijod qilishga mutlaq noqulay edi.
— Menda moviy qalam yo'q edi, shu sabab boshqa ranglarni qo'llagandim... — o'quv qurollari eskiligidan xijolatlanib past ovozda gapirdi o'quvchi.
— Lekin sen do'stlaringdan so'rab turishing mumkin edi-ku, — go'yo sinfdagi qolgan bolalarni uyaltirish uchun o'qituvchi bu gapni eshittirib, baland aytdi. Ilhomjon va qolganlar jim bo'lib qolishdi.
— Bunga qaramasdan, sen vaziyatdan yechim topibsan, — deb ustoz bolakayning sochlaridan silab, unga jilmayib qaradi, — balli senga.
Keyin esa stolining ustidan yangi qalamlarni olib butun sinfga qarata:
— Ijodkorlik bilan yondashgani uchun Ilhomjonga alohida sovg'am bor, — dedi. Shu soniyalarda Ilhomjonning qalbida xuddiki o'zgacha tuyg'u, o'zgacha quvonch xissiyotlari paydo bo'ldi.
— Qolganlar esa, — butun sinfga yuzlanib gap boshladi muallima, — kelasi safar bir-biringizdan hech narsa qizg'anmang. Do'stingiz bir-ikki daqiqa buyumingizni ishlatib yana qaytaradi. Sizdan hech vaqo kamaymasa ham, odamiylik ko'payadi. Yodingizda tuting, boshqalarga yaxshilik ulashish — bizning asosiy vazifamizdir.
Bu voqeadan so'ng bolalar har safar birovlarga yordam qo'lini cho'zganda, go'yo uchinchi sinfiga qaytib, tasviriy san'at darsida o'qituvchining gaplarini qayta eshitayotgandek bo'lishardi.
Abdurahmonova Xadichabonu 9-"B" sinf o'quvchisi

#ona_tilim_mening_faxrim
21-oktabr "O'zbek tili bayrami" kuni munosabati bilan.
O'ZBEK TILIM
O'zbek tilim,she'rlarning baytulidirsan,
Dilda jo'shgan ezgulikning gulidirsan
Har bir so'zing xushnud aylar bu qalblarni
Sen shunchaki tilmas, xalqning kuyidirsan.
Har satrida mardonavor shijoat bor,
Qadimdan to bugungacha amlah dutor
Tinglaydilar jilolarga oshiq bo'lib
O'zbekona so'zlaringda nurli izhor
Ajdodlardan meros bo'lib qolgan bizga,
Barcha so'zi ko'chgan badiiy tilimizga,
Nufuzingni oshirgaymiz, albat, seni
Bu jumlalar aylanajak ahdimizga.
Sen bilan kechirgaymiz har bir lahzani
Vaqti kelib zabt eturmiz o'shal dunyoni
Har zulmatda yorugʻlikning asl timsoli
Sen tarqoq xalqimizning mangu gulshani.
11-"A" sinf o'quvchisi
Abdusattorov Baxtiyor

USMON AZIM SHE'RIGA NAZIRA
"O‘lgin deding — Yerga ko‘mding — Ildiz bo‘ldim.
Ko‘kka otding — yo‘q bo‘l deding — Yulduz bo‘ldim.’’
Nechun tunda unutulgan kunduz bo’ldim
Bahor bolib tug'ulganman netay endi.
Sahrolarda unib chiqqan nihol o'zim,
Osmonimdan yerga tushgan hilol o’zim,
Yuragimdan chiqqan sado- aytar so’zim
Bahor bolib tug'ulganman netay endi.
Inson uchun toʻgʻri boʻlgan yagona yoʻl,
Hayotimga rang baxsh etgan afsona yo’l
O’zligimni anglatuvchi bir dona yo’l,
Bahor bo’lib tug’ulganman netay endi.
9-sinf o'quvchisi
Sultonamirova Hanifaxon

Surat
Ketaman, hayotdan yoʻlimni burib,
Jonsiz bir suratman-musavvir chizgan.
Kuzak nafasida qaltirab turib-
Anhor suvlarini yoshdek oqizgan.
Qismat soyasida gurkirar bahor,
Kuzak yelkasiga bosh qoʻyar dunyo.
Men na kuz, na bahor bilsayding-
Nahot, dunyoyimni, bilmaysan dunyo.
Tuygʻular fasli bor!
Ishq, mehr, sogʻinch...
Ketaman hayotdan yoʻlimni burib.
Chizgan suratingdan izlama meni-
Jonsiz suratimga ma'yus tikilib...
10-sinf o'quvchisi
Shahzoda Orifjonova
Surat
Ketaman, hayotdan yoʻlimni burib,
Jonsiz bir suratman-musavvir chizgan.
Kuzak nafasida qaltirab turib-
Anhor suvlarini yoshdek oqizgan.
Qismat soyasida gurkirar bahor,
Kuzak yelkasiga bosh qoʻyar dunyo.
Men na kuz, na bahor bilsayding-
Nahot, dunyoyimni, bilmaysan dunyo.
Tuygʻular fasli bor!
Ishq, mehr, sogʻinch...
Ketaman hayotdan yoʻlimni burib.
Chizgan suratingdan izlama meni-
Jonsiz suratimga ma'yus tikilib...
10-sinf o'quvchisi
Shahzoda Orifjonova
#oquvchilarimiz_ijodidan
Kuz...
Kuz bostirib keladi bir kun,
va yonib ketadi daraxtlar.
Ungacha
oq qushda qanot yo‘q,
Ungacha
uchadi kalxatlar...
Ismingni unutgan faslda,
Kunlarim xazondek to‘kilar.
Uyqudan necha bor uyg‘onib,
Bu ko‘zlar
yo‘lingga tikilar.
Behosdan surating olaman,
Qorachiqqa sachrab ketar kuz.
Ko‘rishmoqqa imkon topolmay,
Nigohimda charchab ketar kuz...
9-sinf o'quvchisi
Marjona Eshqulova
Kuz...
Kuz bostirib keladi bir kun,
va yonib ketadi daraxtlar.
Ungacha
oq qushda qanot yo‘q,
Ungacha
uchadi kalxatlar...
Ismingni unutgan faslda,
Kunlarim xazondek to‘kilar.
Uyqudan necha bor uyg‘onib,
Bu ko‘zlar
yo‘lingga tikilar.
Behosdan surating olaman,
Qorachiqqa sachrab ketar kuz.
Ko‘rishmoqqa imkon topolmay,
Nigohimda charchab ketar kuz...
9-sinf o'quvchisi
Marjona Eshqulova
#oquvchilarimiz_ijodidan
O'ZINGGA ISHON
Balki o'sha muommolaringni
Sekin chetga surib qo'yarsan
Balki o'sha qora suratni
Qayta tiniq rangga bo'yarsan
Qalbingdagi g'amgin hislaring
Hech kimsaga dildan so'ylama
Yoki o'sha soxta do'stlaring
Sodiq deya sira o'ylama
Odamlar ko'p dunyoda biroq,
Hech biriga ishonib bo'lmas.
Sen o'z qalbingdan bo'lmagin yiroq,
O'zing ekkan gul, hech erta so'lmas..
8-"A" sinf o'quvchisi
Murodjonova Soliha
O'ZINGGA ISHON
Balki o'sha muommolaringni
Sekin chetga surib qo'yarsan
Balki o'sha qora suratni
Qayta tiniq rangga bo'yarsan
Qalbingdagi g'amgin hislaring
Hech kimsaga dildan so'ylama
Yoki o'sha soxta do'stlaring
Sodiq deya sira o'ylama
Odamlar ko'p dunyoda biroq,
Hech biriga ishonib bo'lmas.
Sen o'z qalbingdan bo'lmagin yiroq,
O'zing ekkan gul, hech erta so'lmas..
8-"A" sinf o'quvchisi
Murodjonova Soliha