Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
1.77K subscribers
9.72K photos
1.28K videos
92 files
3.71K links
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali

“Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g’ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak, uyg’otamiz”Qodiriy

@aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
Forwarded from Zamin Foundation
"Yashil zamin" loyihasi doirasida mahalla ahli va "Eco-schools Uzbekistan" loyihasi faollari bilan birgalikda 2 mingga yaqin daraxt va butalar ekdik.

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Jasorat mahallasida barpo etilayotgan yangi yashil hudud aholi turar joylari atrofida qulay mikroiqlim yaratadi, "Do‘stlik" metrosi hududidagi gavjum yo‘llar bo‘yiga ekilgan qrim qarag‘aylari, zarang va shumtol daraxtlari havo sifatini yaxshilashga, shahar muhitini aholi uchun yanada qulay qilishga yordam beradi.

#BirgaYashilZaminYaratamiz #YashilZamin



В рамках проекта Yashil zamin мы вместе с жителями махаллей и активистами проекта Eco-schools Uzbekistan посадили около 2 000 деревьев и кустарников.

В махалле Jasorat в Мирзо-Улугбекском районе новая зелёная зона создаст благоприятный микроклимат вокруг жилых домов, а высаженные вдоль загруженных дорог в районе метро Doʻstlik крымские сосны, клёны и ясени помогут улучшить качество воздуха, сделав городскую среду комфортнее для наших жителей.

#BirgaYashilZaminYaratamiz #YashilZamin

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
📣 Har bir tuman(shahar)dagi bitta maktab negizida “Jasorat maktabi” tashkil etiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻquvchi yoshlarni chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Unga koʻra:

2025-2026-oʻquv yilidan boshlab:


umumiy oʻrta (Prezident, ijod, ixtisoslashgan taʼlim muassasalari) taʼlim tashkilotlarida chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani nufuzini oshirish va CHQBT rahbarlari faoliyatini muvofiqlashtirish yuzasidan yangi tizim joriy etiladi;

2025-yil 1-iyundan:

umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlaridagi “Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash boʻyicha direktor oʻrinbosari – harbiy chaqiriqqacha tayyorgarlik rahbari” lavozimi tugatilib, ushbu shtat birliklari Mudofaa vazirligiga oʻtkaziladi. Mazkur shtat birliklari hisobidan CHQBT rahbari lavozimi joriy etiladi;

CHQBT rahbarlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108-son Farmonida belgilangan tartibda bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida bir martalik boshlangʻich yordam puli va uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida har oylik pul kompensatsiya toʻlanadi;

2025-2026-oʻquv yilidan boshlab:

har bir yangi tashkil etiladigan taʼlim tashkilotlari uchun 1 (bir) shtat birligi CHQBT rahbari lavozimi qoʻshib boriladi;

2026-2027-oʻquv yilidan boshlab:

Toshkent davlat pedagogika universiteti, Fargʻona davlat universiteti va Buxoro davlat pedagogika institutlarining “Chaqiriqqacha harbiy taʼlim” yoʻnalishlariga qoʻshimcha qabul kvotalari ajratiladi.

Shuningdek, ushbu qarorga muvofiq:

respublikadagi har bir tuman (shahar)dagi bitta umumiy oʻrta taʼlim maktabi negizida “Jasorat maktabi” faoliyati yoʻlga qoʻyiladi va ushbu maktablarda matematika, CHQBT, tarix, jismoniy tarbiya, chet-tili, fizika kabi ixtisoslik fanlari chuqurlashtirilgan holda oʻqitiladi. Oʻquvchilarni saralash beshinchi sinfdan boshlab amalga oshiriladi;

“Jasorat maktab”lariga biriktiriladigan CHQBT rahbariga umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti oʻqituvchisining bazaviy tarif stavkasi belgilanadi, shuningdek tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlari fuqaro xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash, ustama haq, qoʻshimcha toʻlov, ragʻbatlantirish va moddiy yordam koʻrsatish shartlari ham tatbiq etiladi;

Harbiy poligonlarda oʻquvchilar oʻquv yili davomida ikki marta, harbiy qismlarda har chorakda bir marta amaliy mashgʻulotlar olib boriladi;

👉 Qarorning toʻliq matni

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bayrog‘imiz – faxrimiz, g‘ururimiz
#OAV_da_biz

Efir: 18.11.2024 | 18:30
#Toshkent
Muxbir: Mubina Nosirova

🚀 TELEGRAM | 📷 INSTAGRAM
🔵  FACEBOOK | 🎬 YOUTUBE
#ochiq_eshiklar_kuni

Kecha Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi bitiruvchilari Prezident ta'lim muassasalari Agentligi tasarrufidagi Yangi O'zbekiston universiteti faoliyati bilan yaqindan tanishish, fakultet va yo'nalishlar, shuningdek, qabul jarayonlari va kirish imtihonlari to'g'risida batafsil ma'lumotga ega bo'lish maqsadida universitetga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida o'quvchilar universitet hayoti, dars jarayonlari, talabgorlarga qo'yilgan talablar borasida o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.

🌐Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:
Telegram
Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#jonli
#zakovat

🛑Ayni damda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida navbatdagi an’anaviy “Zakovat” intellektual o’yinlari bo’lib o’tmoqda.

🔥Jarayondan qaynoq lavhani tomosha qiling!


🌐Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:
Telegram
Facebook
#oquvchilarimiz_ijodidan

O'ZINGGA ISHON

Balki o'sha muommolaringni
Sekin chetga surib qo'yarsan
Balki o'sha qora suratni
Qayta tiniq rangga bo'yarsan

Qalbingdagi g'amgin hislaring
Hech kimsaga dildan so'ylama
Yoki o'sha soxta do'stlaring
Sodiq deya sira o'ylama

Odamlar ko'p dunyoda biroq,
Hech biriga ishonib bo'lmas.
Sen o'z qalbingdan bo'lmagin yiroq,
O'zing ekkan gul, hech erta so'lmas..


8-"A" sinf o'quvchisi
Murodjonova Soliha
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#oquvchilarimizdan

Ijroda: 11-B sinf o’quvchisi Zilola Galiakbarova
#qizlar_olimpiadasi
#jarayon

🏫Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida 2024-2025 o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining o‘quvchi qizlari o‘rtasida matematika fani olimpiadasi o'tkazilmoqda.

🔰 Ijod maktabida ham qizlarni ta'lim sohasida qo'llab-quvvatlash maqsadida matematika fanidan tashkil qilingan olimpiada jarayonlari qizg'in davom etdi va bugun yakunlandi.

📚Olimpiada jarayonlari matematika fanidan test va yozma ish shaklida tashkil etilgan boʻlib, maktab bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan (1-2-3-oʻrin) oʻquvchilar hududiy bosqichga yoʻllanma olishadi.

🎬 Olimpiada jarayonidan fotolavhalar.


🌐Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:
Telegram
Facebook
#tashrif
Yaqinda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabiga Ozarbayjonda o‘tgan “ Turkiy integratsiya olimpiadasi” tashkilotchilaridan biri, olim-filolog, publitsist “Hadaf” STEAM litseyi direktori, yozuvchi, filologiya bo‘yicha falsafa doktori, dots. Shamil Sadik tashrif buyurdi. Tashrif boisi, joriy yilning 25-28 may kunlari
Ozarbayjonda tashkil etilgan olimpiadada O'zbekiston vakillari sifatida qatnashib faxrli 1-o'rinni egallagan maktabimiz o'quvchilari Temirbayeva Feruzabonu, 3-o‘rinni egallagan Muslima Ilhomjonovalar (hozirda University of Minnesota Twin Cities (AQSH) ) o‘qiydigan ta’lim maskanini ko‘rish hamda Uzbekistonnig ta’lim tizimi bilan yaqindan tanishish bo‘ldi.
Tashrif davomida Shamil Sadik o‘zi boshqarayotgan xalqaro “Hadaf” litseyida o‘quvchilar STEAM tizimi asosida o‘qitilishi, bu shunchaki maktab emas, butun bir tashkilot bo‘lib negizida o‘quv kurslari, nashriyoti,kitob do‘konlari mavjudligi haqida gapirib berdi. Nashrdan chiqqan kitob va jurnallari bilan o‘rtoqlashdi.

Telegram
Facebook