Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
2.35K subscribers
10.3K photos
1.31K videos
93 files
3.85K links
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi. “Bizga jadid bobolarimiz kabi g’arb ilm-fani yutuqlari bilan birga milliy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan yetuk kadrlar suv bilan havodek zarur” Sh.Mirziyoyev
🗳️ Online qabulxona: @aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#zakovatda_kuch
#zakovat

🔰Bugun Zakovat arenada Ixtisoslashtirilgan ta’lim muasssalari agentligi tizimidagi maktablar o’rtasida “Zakovat” musobaqasi bo’ldi. Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi jamoasi va ustozlarini yana bir yangilangan natija bilan tabriklayman!

📌Kun davomida o’quvchilarimiz maktabimiz sha’nini himoya qildilar, biz ustozlar ham ular bilan yelkadosh bo’lishga harakat qildik.

Bizni quvontirgan hol shuki, umumiy ball hisobida Respublika bo’ylab kuchli 10 talikka kirib, ijod maktablari orasida 2-o’rinni qayd etdik.
Bu o’tgan yilgi natijaga nisbatan bir pog’ona yuqori ekanimizni anglatadi
.

🛑Keyingi yillardagi “Zakovat” musobaqalariga tayyorgarlik ko’rish, o’quvchilarimizning bilimini yanada oshirish maqsadida ijod maktabimiz o’quvchilari o’rtasida 🏆Maktab direktori kubogi” turnirini o’tkazishni taklif etaman!

🎊Bugungi kun va ajoyib natija bilan maktabimiz o’quvchilari hamda ustozlarini chin qalbimdan tabriklayman! O’quvchilarimizga keyingi tanlovlarda bundan-da yuksak pog’onalarga chiqishlarini tilab qolaman!


Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi direktori Hilola Nazirova

Telegram | Instagram |Facebook
#zakovat
#zakovatda_kuch

🔰Bugun Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida barcha o’quvchilarni qamrab olgan “Zakovat” o’yini bo’lib o’tdi.
O’quvchilar bilan birgalikda ustozlar jamosi ham ishtirok etdi. Musobaqa natijalariga ko’ra kuchli uchlikni quyidagi jamoalar band etishdi:

🥇10-“A” sinf “Dominant” jamoasi
🥈10-“B” sinf “Nova” jamoasi
🥈11- “B” sinf “Musaddas” jamoasi
🥉11-“A” sinf “Ladies” jamoasi.

Qiziqarli va adrenalinga boy o’tgan musobaqamiz ko’tarinki kayfiyat bilan yakunlandi!


Telegram | Instagram |Facebook
#zakovatda_kuch
#qizlarjon_klubi


🔰Bugun Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida “Qizlarjon klubi” doirasida ilk “Zakovat” o’yini bo’lib o’tdi.

📌Umumiy 7 jamoa ishtirokida bo’lib o’tgan o’yinda jami 15 ta savol o’ynaldi.

🛑Qiziqarli va bahslarga boy o’tgan “Zakovat”ning qizlar o’rtasidagi Kuzgi mavsumi birinchi tur o’yinidan lavhalarni tomosha qiling!


Telegram | Instagram |Facebook
#zakovatda_kuch
#qizlarjon_klubi


🔰Abdulla Qodiriy ijod maktabining o’quvchi qizlari o’rtasida o’tkazilgan “Zakovat” o’yinining kuzgi mavsumi, 1-o’yin natijalari bilan tanishing.

🏆Bundan keyingi o’yinlarda eng yuqori ball to’plagan 3 jamoa kuzgi mavsum finaliga yo’l oladi va “Direktor kubogi”ni qo’lga kiritadi.


Telegram | Instagram |Facebook
#zakovatda_kuch
#zakovat

🏆Avval xabar berganimizdek, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida Zakovat o’yinlari doirasida “Direktor kubogi” turnirini o’tkazish rejalashtirilgan.

🔰Bugun ana shu turnirning ilk o’yini Abdulla Qodiriy ijod maktabida bo’lib o’tadi. Unda Toshkent shahrida joylashgan ixtisoslashtirilgan maktab jamoalari ham ishtirok etishadi.


📌26-oktyabr soat 14:00 da qiziqarli va bahslarga boy bo’lishi kutilayotgan o’yinga barchangizni taklif etamiz!


elegram | Instagram |Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#jonli
#zakovatda_kuch


🛑Ayni damda Abdulla Qodiriy ijod maktabida “Direktor kubogi” turniriga start berildi!


Telegram | Instagram |Facebook
#zakovatda_kuch
#zakovat

🏆Ayni damda bo’lib o’tayotgan zakovat o’yini “Direktor kubogi” turnirida jami 7 jamoa ishtirok etyapti.

🔰Xususan, Shayxontohur, Sergeli, Zangiota va Olmazor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab jamoalari va Abdulla Qodiriy ijod maktabining 3 jamoasi turnirning dastlabki o’yinida ishtirok etishmo
qda!


📌Qaynoq jarayondan lavhalarni ko’ring va zavq oling!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#zakovatda_kuch
#zakovat

📌Xayolot, ideal jamiyat haqidagi qarashlar yig’indisi – utopiya!


Telegram | Instagram |Facebook
#zakovatda_kuch
#zakovat

🔰Bugun Abdulla Qodiriy ijod maktabida o’tkazilgan Zakovat o’yini doirasidagi “Direktor kubogi” turnirining 1-o’yini ham o’z nihoyasiga yetdi.

📌Jami 7 jamoa ishtirok etgan musobaqa qiziqarli va bahslarga boy o’tdi. Natijalarga ko’ra esa kuchli uchlikni quyidagi jamoalar egallashdi:

🥇Abdulla Qodiriy ijod maktabining 1-jamoasi
🥈Abdulla Qodiriy ijod maktabining 3-jamoasi
🥉Olmazor tumani ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi


🏆Direktor kubogi” bu safar Abdulla Qodiriy ijod maktabi jamoasida qoldi!

Turnir estafetasini Sergeli tumani ixtisoslashtirilgan maktabi oldi va keyingi o’yinga mezbonlik qilish navbatini qo’lga kiritdi. Musobaqa har oyda bir marotaba tashkillashtiriladi.


Telegram | Instagram |Facebook
#zakovatda_kuch
#zakovat(2-post)

🔰Bugun Zangiota tumani ixtisoslashtirilgan maktabida o’tkazilgan Zakovat o’yini doirasidagi “Direktor kubogi” turnirining 3-o’yini ham o’z nihoyasiga yetdi.

📌Jami 7 jamoa ishtirok etgan musobaqa qiziqarli va bahslarga boy o’tdi. Natijalarga ko’ra esa kuchli uchlikni quyidagi jamoalar egallashdi:

🥇Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining terma-jamoasi 18 ball
🥈Zangiota tuman ixtisoslashtirilgan maktabining terma-jamoasi 12 ball
🥉Olmazor tumani ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi 11 ball

Maktabimiz terma-jamoasiga bugungi o'yinda biroz omad yetishmadi.Keyingi o'yinlarda omad tilab qolamiz.
🏆“Direktor kubogi” bu safar Abdulla Qodiriy nomli ijod maktabi jamoasida qoldi!

Turnir estafetasini Shayxontohur tumani ixtisoslashtirilgan maktabi oldi va keyingi o’yinga mezbonlik qilish navbatini qo’lga kiritdi. Musobaqa har oyda bir marotaba tashkillashtiriladi.Keyingi musobaqa 30-yanvar kuni bo'lib o'tadi.