Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
1.96K subscribers
9.86K photos
1.29K videos
92 files
3.76K links
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali

“Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g’ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak, uyg’otamiz”Qodiriy

@aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining navbatdagi Hayʼat yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova boshchiligida joriy yilning birinchi yarim yilligida sohada amalga oshirilgan ishlar sarhisobi va kelgusi vazifalar ijrosiga bagʻishlangan Hayʼat yigʻilishi oʻtkazildi.

Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan tadbirda vazir oʻrinbosarlari, vazirlik va tizim tashkilotlari masʼullari hamda hududiy boshqarmalar boshliqlari ishtirok etdi.

Vazir Hilola Umarova kun tartibidagi masalalarga atroflicha toʻxtalib oʻtar ekan, joriy yilning birinchi yarim yilligida maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni 37 548 taga, qamrov koʻrsatkichi 74,6 foizga, 6 yoshli bolalarning maktabga tayyorlov tizimi qamrovi 93 foizga yetganligini taʼkidlab oʻtdi.

Joriy oʻquv yilida 500 ta maktabda joriy etilgan yangi baholash tizimi natijasida mazkur maktablardagi oʻquvchilarning oʻzlashtirish koʻrsatkichi 6 foizga oshdi.

Tizimdagi 210 444 nafar rahbar va pedagog kadrlar malakasi oshirildi. 5. 7 949 nafar stajyor-oʻqituvchi kasbiy sertifikatlash, 190 ming nafar oʻqituvchi yangi tartib asosida malaka toifalarini berish sinovlariga jalb etildi. “Menejerlik oʻquv kursi”da 1319 nafar direktorlikka nomzodlar oʻqitilib, ularning 834 nafariga sertifikat berildi.

Tanqidiy-tahliliy ruhda oʻtkazilgan yigʻilishda tizimdagi mavjud kamchiliklar va amalga oshirilishi zarur boʻlgan ishlar ham atroflicha tilga olib oʻtildi. Xususan, respublikadagi ayrim hududlarda, jumladan, Andijon, Jizzax, Samarqand viloyatlarida bolalarni maktabgacha taʼlimga qamrov koʻrsatkichlari yil boshiga nisbatan sezilarli darjada tushganligi tanqid qilindi.

Shu sababli yil yakuniga qadar maktabgacha taʼlimga qamrov darajasini 76 foizga yetkazish, yangi oʻquv yilidan boshlab 1 300 ta tayanch maktablar faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish, shu bilan birga “Kasbiy rivojlanish soati” va “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlari hamda mentor-oʻqituvchilarini oʻqitish ishlarini toʻgʻri tashkil qilish boʻyicha masʼullar oldiga aniq vazifalar belgilab berildi.

Yigʻilish davomida har bir rahbar oldiga tegishli yoʻnalishlarda belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida bajarish boʻyicha zarur topshiriqlar berildi.

Tadbir soʻnggida vazirlik masʼullari va hududiy boshqarma boshliqlarining kun tartibidagi mavzularga oid hisobotlari tinglandi.
#Xalqaro_oromgoh
#Zubryonik


⚡️O'zbekiston-Belorussiya hamkorligini yanada mustahkamlash, o'zaro do'stlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan iqtidorli va iste'dodli 22 nafar o'quvchilar Belorussiya Respublikasi Minsk viloyatida joylashgan "Zubryonik" Xalqaro oromgohiga dam olishga yuborildi.

📌Ushbu oromgohga Abdulla Qodiriy ijod maktabining 7-"A" sinf o'quvchisi Mo'minjonova Saida ham tavsiya etilgan.

⭐️Mo'minjonova Saida maktabimizning iqtidorli o'quvchilaridan biri bo'lib, ona tili va adabiyot, rus tili, ingliz tili, matematika kabi fanlardan a'lo baholarga o'qiydi. O'zining tashabbuskorligi, faolligi bilan ustozlar e'tirofiga sazovor bo'lgan.



📱@qodiriy_abdulla
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Yuy Szyun bilan uchrashdi.


Uchrashuv avvalida O‘zbekistondagi maktabgacha va maktab ta’limi tizimi, amalga oshirilgan islohotlar va istiqboldagi vazifalar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Xususan, "O‘zbekiston – 2030" strategiyasidagi ta’lim tizimi bilan bog‘liq ustuvor yo‘nalishlar haqida so‘z yuritildi.

Muloqot davomida o‘zaro hamkorlikda yangi loyihalar ishlab chiqish, hamkorlik aloqalarini kengaytirish hamda maktablarda xitoy tilini ikkinchi xorijiy til sifatida o‘qitishni rivojlantirish kabi masalalar muhokama qilindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xushxabar

⚡️ 2024/2025-OʻQUV YILIDA OLIY TAʼLIM MUASSASALARIGA KIRISH IMTIHONLARI TOP–10 MAKTABLAR ROʻYXATI EʼLON QILINDI

Quvonarlisi ushbu kuchli oʻntalikdan joy olgan maktablaring 8 tasi Agentlik tizimidagi maktablardir.

📊 Jumladan:

📍Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi Respublika miqyosida birinchi oʻrinda – 176,28 ball;
🗺Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi Respublika miqyosida ikkinchi oʻrinda – 161,65 ball;
📍Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi Respublika miqyosida toʻrtinchi oʻrinda – 151,87 ball;
🗺Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi Respublika miqyosida beshinchi oʻrinda – 151,23 ball;
📍Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabi Respublika miqyosida oltinchi oʻrinda – 150,61 ball;
🗺Samarqand shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabi Respublika miqyosida yettinchi oʻrinda – 150,44 ball;
📍Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi Respublika miqyosida sakkizinchi oʻrinda – 149,37 ball;
🗺Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi Respublika miqyosida toʻqqizinchi oʻrinda – 148,71 ball.

🌐 Batafsil koʻrish uchun

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_natijalari_2024
#ijod_maktablari

🔔 IJOD MAKTABLARIGA O’TKAZILGAN IMTIHON NATIJALARI E’LON QILINDI!

Imtihon natijalarini quyidagi maxsus telegrambot orqali bilishingiz mumkin:

🤖 @Ijod_natija_2024_bot

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#apellatsiya_2024

📝 APELLATSIYAGA ARIZALAR QUYIDAGI TARTIBDA JORIY YILNING 30-31-IYUL, 1-AVGUST KUNLARI QABUL QILINADI

Ixtisoslashtirilgan hamda ijod maktablari kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan taqdirda apellatsiya komissiyasiga ariza bilan murojaat etishga haqli.

Apellatsiya komissiyasi o‘quvchilarning murojaatini 10 kun muddatda ko‘rib chiqadi.

Apellatsiya bo'yicha kelib tushgan arizalar murojaatchilarning o‘z hududlarida ko‘rib chiqiladi.

🌐 Arizalarni maktablar kesimida quyidagi havolalar orqali yuborishingiz mumkin.

⚪️ Hududiy ixtisoslashtirilgan maktablar uchun

⚪️ Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar uchun

⚪️ Ijod maktablari uchun

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM