Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
1.96K subscribers
9.87K photos
1.29K videos
92 files
3.76K links
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali

“Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g’ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak, uyg’otamiz”Qodiriy

@aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#Renessans_oromgohi
#yoz_oʻtmoqda_soz

RENESSANS OROMGOHIDA KUCHAYTIRILGAN O‘QUV-MASHG‘ULOTLARI DAVOM ETMOQDA

Ayni vaqtda oromgohda iqtidorli o‘quvchilarning navbatdagi guruhi – Agentlik tomonidan o‘tkazilgan olimpiadalar va tanlovlarda g‘olib bo‘lgan 130 nafar o‘g‘il-qiz mazmunli hordiq chiqarmoqda. Yoshlarga 20 dan ziyod malakali pedagog va murabbiylar bosh-qosh.

Dam olish maskanida STEM fanlari bo‘yicha kuchaytirilgan o‘quv-mashg‘ulotlari bilan bir qatorda turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalari tashkil etilmoqda.

Xususan, "Zakovat" intellektual tanlovi yoshlarga o‘z bilimlarini namoyish etish va rivojlantirish imkoniyatini berayotgan bo‘lsa, jurnalistika yo‘nalishida o‘tkazilayotgan seminarlarda o‘quvchilarga maqola yozish, intervyu olish va reportaj tayyorlash usullari o‘rgatilmoqda. Shu bilan birga psixologik, jamoaviy ishlash bo‘yicha treninglar ham o‘tkazilmoqda.

Oromgohda "Mohir qo‘llar", "Zakovat", rus tili, robototexnika, drama, suzish to‘garaklari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularda o‘quvchilarning o‘zlari tanlagan yo‘nalishlar bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Shuningdek, kiber sport, mini futbol, basketbol, voleybol, "Foord Renessans", "Quvnoqlar va zukkolar" musobaqalari ham o‘tkazilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
⚡️"Renessans" oromgohida kuchaytirilgan o'quv mashg'ulotlarida Abdulla Qodiriy ijod maktabi o'quvchilari ham faol ishtirok etdi.


📌Maktabimizning ijodkor o'quvchilaridan biri — Shaxzoda Orifjonova iqtidorli o'quvchilar uchun tashkil etilgan, kuchaytirilgan o'quv-mashg'ulotlari davomida o'tkazilgan "Mohir qo'llar" loyihasida faol ishtiroki uchun faxriy yorliq bilan taqdirlandi. Shuningdek, turli o'quv mashg'ulotlarida faol ishtiroki uchun sertifikat bilan ham taqdirlandi.

E'tiborli tomoni, agentlik tomonidan o'tkazilgan olimpiada va tanlovlarda g'oliblikni qo'lga kiritgan o'quvchilar oromgohda juda mazmunli hordiq chiqarishmoqda.



@qodiriy_abdulla
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#natija_2024

🌐 Agentlik tizimidagi Prezident, ijod hamda tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarning imtihon natijalari hududlar kesimida roʻyxat shaklida portal.piima.uz saytiga joylashtirildi:

🔗 https://portal.piima.uz/page/results

🌐Qolaversa, Agentlik tomonidan mandat.piima.uz platformasi test rejimida ishga tushirildi.

🗣Ushbu platforma orqali Agentlik tizimidagi maktablarga hujjat topshirgan oʻquvchining imtihondan olgan natijalarini ariza raqami va shaxsini tasdiqlovchi hujjat raqami boʻyicha aniqlash, shuningdek, maktablar kesimida imtihon natijalarini roʻyxatini koʻrish imkoniyati mavjud.

📍Maʼlumot uchun, Agentlik tizimidagi hududiy ixtisoslashtirilgan maktablarning imtihon natijalarining roʻyxat shaklidagi koʻrinishi barcha maktablarga yetkazildi. Hujjat topshirgan maktabingizga murojaat qilib ushbu roʻyxat bilan tanishishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Zukko_kitobxon_tanlovi

⚡️Yurtimizda kitobxonlikni yoshlar o'rtasida keng ommalashtirish uchun turli tanlovlar, loyihalar o'tkazilmoqda.

📌Aytib o'tish kerakki, bu kabi tanlovlar yosh kitobxonlar sonining ham, saviyasining ham oshishiga yordam bermoqda. Xususan, Toshkent shahri Uchtepa tumanida o'tkazilgan "Zukko kitobxon" tanlovining tuman bosqichi ham yosh kitobxonlarni yana bir bor rag'batlantirdi. Ushbu tanlovda o'quvchilar 2 ta shart bo'yicha bellashdilar. "Ochiq savollar"ga javob yozish va "Tezkor javob" shartlari bo'yicha umumiy 40 balldan 40 ball natijani koʻrsatgan Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 10-sinf oʻquvchisi Orifjonova Shaxzoda 1-oʻrin sohibasi boʻldi.

Kitobxon o'quvchilar safi kengayib borayotgani bizni juda quvontiradi.


@qodiriy_abdulla
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#apellatsiya_2024

📝 APELLATSIYAGA ARIZALAR QUYIDAGI TARTIBDA JORIY YILNING 30-31-IYUL, 1-AVGUST KUNLARI QABUL QILINADI

Ixtisoslashtirilgan hamda ijod maktablari kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan taqdirda apellatsiya komissiyasiga ariza bilan murojaat etishga haqli.

Apellatsiya komissiyasi o‘quvchilarning murojaatini 10 kun muddatda ko‘rib chiqadi.

Apellatsiya bo'yicha kelib tushgan arizalar murojaatchilarning o‘z hududlarida ko‘rib chiqiladi.

🌐 Arizalarni maktablar kesimida quyidagi havolalar orqali yuborishingiz mumkin.

⚪️ Hududiy ixtisoslashtirilgan maktablar uchun

⚪️ Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar uchun

⚪️ Ijod maktablari uchun

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#oʻquv_yiliga_tayyorgarlik

YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida tizimdagi maktablarda 2024/2025-o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalari yuzasidan ZOOM platformasi orqali onlayn yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda Agentlik rahbariyati, mas’ul xodimlar, tizimdagi maktab direktorlari ishtirok etdi.

Bugungi kunda Agentlik direktori A.Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruhi tomonidan tizimdagi ta’lim muassasalari faoliyati, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari joylarga chiqqan holda o‘rganilmoqda. Yig‘ilishda o‘rganishlar natijasida aniqlangan kamchilik va muammolar tahlil qilindi. Agentlik tizimida faoliyat olib borayotgan, lekin lavozim majburiyatlariga sovuqqonlik bilan yondashayotgan rahbar xodimlar qat’iy ogohlantirildi.

Xususan, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlarini yuqori sifatda va jadal sur’atda davom ettirish lozimligi qat’iy ta’kidlanib, aniqlangan muammo va kamchiliklarni tezkor bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#tanlov
#ishga_taklif_etamiz

📣DIQQAT E'LON!

❗️YANGI MARRALARNI ZABT ETMOQCHI BO‘LGAN RAHBAR KADRLAR DIQQATIGA!

🔔IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlaridagi rahbar lavozimlariga kadrlarni ISHGA TAKLIF ETADI.

📆 Tanlovning 1-bosqichi (saralash) joriy yilning 3-12-avgust kunlari boʻlib oʻtadi.

Hurmatli rahbar kadrlar, bizni tanlashingiz uchun 3 sabab:
o‘z ustingizda ishlashingiz, ta'lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganishingiz uchun barcha sharoitlar mavjud;
mahalliy va xorijiy mutaxassislar treninglarida bevosita qatnashishingiz va malaka oshirishingiz, shuningdek xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishingiz mumkin;
xalqaro tan olingan dasturlar asosida dars o‘tishingiz ta'minlanadi.

🗂 Talab etiladigan hujjatlar:
shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
oliy ma’lumotga ega bakalavr/magistraturani tamomlaganligi to‘g‘risidagi hujjat;
nomzodning shaxsiy varaqasi (maʼlumotnoma-obyektivka);
IELTS/TOEFL/DTM sertifikatingizni yuklang (malaka talablariga mos ravishda).

Nomzodlardan nimalar talab etiladi:
halollik, ishchanlik va jamoani boshqara olish qobiliyati;
liderlik qobiliyatlar va axloqiy fazilatlarga ega bo'lishi;
zamonaviy AKT savodxonligiga ega bo'lishi.

🟢 Hujjatlarni job2.piima.uz sayti orqali 3-avgust sanasidan boshlab topshirishingiz mumkin.

☎️ Call-markaz: (71) 207 20 17 (ichki raqam 180)

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Job2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hashar

Abdulla Qodiriy ijod maktabida eco qo'mita tashkil qilingan bo'lib, unga maktabimiz o'quvchilarining ko'pchiligi a'zo.

📌O'zbekiston ekologiya partiyasi hamda Prezident maktabi bilan hamkorlikda shanba kunlari hashar uyushtirilmoqda. Hasharda Prezident maktabi, ixtisoslashtirilgan maktablar hamda ijod maktabi o'quvchilari, shuningdek, volontyorlar faol ishtirok etishmoqda.

Kuni kecha G'afur G'ulom metrodan boshlab Abdulla Qodiriy ijod maktabi atroflariga qadar bo'lgan hududlar hashar yo'li bilan tozalandi.


@qodiriy_abdulla