Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
2.35K subscribers
10.4K photos
1.32K videos
93 files
3.88K links
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi. “Bizga jadid bobolarimiz kabi g’arb ilm-fani yutuqlari bilan birga milliy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan yetuk kadrlar suv bilan havodek zarur” Sh.Mirziyoyev
🗳️ Online qabulxona: @aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#qizlar_olimpiadasi
#jarayon

🏫Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida 2024-2025 o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining o‘quvchi qizlari o‘rtasida matematika fani
olimpiadasi o'tkazilmoqda.

🔰 Ijod maktabida ham qizlarni ta'lim sohasida qo'llab-quvvatlash maqsadida matematika fanidan tashkil qilingan olimpiada jarayonlari qizg'in davom etdi va bugun yakunlandi.

📚Olimpiada jarayonlari matematika fanidan test va yozma ish shaklida tashkil etilgan boʻlib, maktab bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan (1-2-3-oʻrin) oʻquvchilar hududiy bosqichga yoʻllanma olishadi.

🎬 Olimpiada jarayonidan fotolavhalar.


🌐Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:
Telegram
Facebook
#qizlar_olimpiadasi

QIZLAR OLIMPIADASINING HUDUDIY BOSQICHI

Joriy yilning 14-dekabr kuni Respublikamizning barcha hududida Agentlik tizimidagi maktablarning oʻquvchi qizlari o'rtasida matematika fani olimpiadasining hududiy bosqichi boʻlib oʻtdi.


Jami 1 770 nafar qizlar ishtirok etgan mazkur olimpiada Agentlikning har bir hududga masʼul etib belgilangan vakillari tomonidan joyiga chiqqan holda kuzatib borildi.

Qolaversa, olimpiada jarayonlarini toʻgʻridan-toʻgʻri kuzatib borish uchun ota-onalarga alohida sharoitlar yaratib berildi. Ular real vaqt rejimida test jarayonlarini kuzatib borishdi.

Olimpiada jarayonlaridan suratlar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube