#Kun_nafasi
#Kitob_taqdimoti
📖"Tong nasimi" Saidboyeva Malika
✅Prezident ta'lim muassasalari agentligi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 9-"A" sinf o‘quvchisi Saidboyeva Malikaning "Tong nasimi" to'plami nashrdan chiqdi.
✅Kitob taqdimoti 2022-yilning 31-mart kuni Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi faollar zalida bo'lib o'tdi.
✅Kitob taqdimotida Toshkent viloyati Bekobod tumani ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari Nurali Jalil va tumanning ma'naviyat va ma'rifat targ'ibotchilari hamda muallifning tengdoshlari qatnashdi.
Veb-sayt | Telegram | Youtube | facebook |

#Ijodiy_parvoz
❇️ Prezident ta'lim muassasalari agentligi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'quvchisi Gulidaxon Otabekovaning "Arg'imchoq" nomli ilk kitobi nashrdan chiqdi
✅ Kuni kecha Toshkent davlat Irrigatsiya institutida adabiyotshunoslar, ustozlar, muallifning oilasi va, albatta, muxlislar qurshovida Gulidaxonning "Arg'imchoq" nomli ilk kitobining taqdimoti bo'lib o'tdi.
🔻Taqdimotda so'z olganlar yosh qalb ilhomlari, beg'ubor ko'ngilning so'zga, she'rga bo'lgan muhabbati haqida gapirdilar.
🔻 Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'z o'quvchilari bilan faxrlanadi
Telegram | Facebook | Veb-sayt| You Tube

#kitob_taqdimoti
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi ijod maktablarining 8-sinf o'quvchilari uchun yozilgan adabiyot darsligining taqdimoti o'tkazildi.
Quvonarlisi shundaki, ushbu darslik mualliflaridan biri, oliy toifali ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Mahmuda Yo'ldoshevaning mazkur ijod maktabida faoliyat olib borayotganligidir.
Tadbir davomida o'quvchilar yangi darslik haqida o‘z fikrlarini bildirib, barcha mavzularni yoritishda kreativlikka yondashilganini alohida ta'kidlab o‘tdilar.
Maktab ma'muriyati va barcha o'quvchilar nomidan Mahmuda Yo'ldoshevaga kelgusi ishlarida omad tilab qolamiz!
Kanalimizni kuzatishda davom eting, yangiliklarimiz hali oldinda…
https://t.iss.one/qodiriy_abdulla

#oltin merosimiz_oltin fond qo'llarida
Bugun, 22-noyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida “Turkiy adabiyot namunalari” 100 jildlik majmuasining taqdimoti bo’lib o’tdi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi tomonidan tashkil etilgan ushbu taqdimotda Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining o'quvchilari ham ishtirok etishdi.
Turkiy davlatlar hamkorligi kengashining 2019-yil 15-oktabr kuni Ozarbayjon Respublikasi poytaxti Boku shahrida o’tkazilgan yettinchi sessiyasida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Turk dunyosi adabiyotining 100 jildlik to’plamini tayyorlash taklif qilingan edi.
Ushbu to’plam O’zbekiston, Turkiya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Ozarbayjon hamda tashkilotga kuzatuvchi maqomida bo’lgan Turkmaniston va Vengriyalik XI - XXI asrlarda yashab ijod qilgan 629 nafar shoir, yozuvchi va mutafakkirlarning asarlaridan tashkil topgan.
Ushbu to’plamni tayyorlashda 200dan ortiq tarjimon, 100dan ortiq adabiyotshunoslar, yozuvchilar jalb etildi. To’plam 200 ming tirajda chop etilishi mo’ljallangan.
Taqdimotda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining direktori Hilola Nazirova so'zga chiqib, ma'naviy boyliklarimiz ya'ni oltin merosimiz oltin fondimiz bo'lgan yoshlar qo'liga o'tayotganligini faxr bilan ta'kidlab o'tdi.
O'quvchilarimiz taqdimotdan bir olam taassurotlar bilan qaytishdi.
t.iss.one/qodiriy_abdulla

Telegram
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi. “Bizga jadid bobolarimiz kabi g’arb ilm-fani yutuqlari bilan birga milliy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan yetuk kadrlar suv bilan havodek zarur” Sh.Mirziyoyev
🗳️ Online qabulxona: @aqodiriyijodmaktabi_bot
🗳️ Online qabulxona: @aqodiriyijodmaktabi_bot
#kitob_taqdimoti
BOLALARNI KUYLAMOQ – BAXTIM
⚡️ O‘tgan asrning 70–80 yillarida, hatto poytaxt adabiy davralarida Qashqadaryodan eng ko‘p tilga olingan ijodkor, shubhasiz, Saodat Toji edi. Shoirni hali-hanuz yaqinlari va ijodkorlargina emas, badiiyatga aloqasi bo‘lmagan kishilar ham yaxshi eslaydi. U o‘sha davrning eng ilg‘or bolalar shoirlari bilan tengma-teng ijod maydonida ot surdi.
✅ Bugun “Turon” axborot kutubxona markazida ana shu “Bolalarni kuylamoq baxtim” kitobining taqdimoti bo’lib o’tdi. Taqdimotda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining o’quvchilari ham ishtirok etishib, bolalar adabiyotiga qiziqadigan ijodkorlar yangi kitob bilan siylandi.
🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:
Telegram
Facebook
Instagram
BOLALARNI KUYLAMOQ – BAXTIM
Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kitob_taqdimoti
2024-yil 23-aprel kuni O‘zbekistonning Misrdagi elchixonasida Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanining ilk arab tilidagi tarjimasiga oid taqdimot bo‘lib o‘tgan edi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar qilgan edi.
Qayd etilishicha, asar taniqli tarjimonlar Ayn-Shams va Luksor universiteti professori Muhammad al-Jibali tomonidan “O‘tkan kunlar: Turkistondagi achchiq sevgi qissasi” nomi bilan arab tiliga o‘girildi. Tarjimada asarning eski o‘zbek yozuvidagi ilk nusxasidan hamda rus va ingliz tillaridagi tarjimalaridan foydalanilgan. Kitob taqdimoti Abdulla Qodiriy tavalludining 130 yilligini nishonlash doirasida o‘tkazildi.
Uni arab tilida o‘qishni istaganlar Toshkentdagi Abdulla Qodiriy uy-muzeyiga yoki Misrdagi elchixonaga murojaat qilishi mumkinligi ham maqolada aytib o'tilgan edi.
Chop etilgan kitob muqovasida Abdulla Qodiriy avlodlari tavsiyasiga ko‘ra, romanning 1925-yildagi ilk nashrining suratidan foydalanilgan. Kitob qattiq muqovada va sarg‘ish rangli silliq qog‘ozda chop etilgan. Mintaqadagi eng yirik “Dor ul-Maorif” nashriyotida 1000 nusxada chop etilgan , kitobni Misrdagi barcha yirik kutubxonalar va universitetlar, ta’lim va madaniyat muassasalari, davlat idoralari, Qohiradagi diplomatik korpus o‘rtasida tarqatish rejalashtirilgan. Boshqa arab davlatlarida ham mazkur roman tarjimasini qayta chop etish nazarda tutilmoqda.
Misrdagi elchixona ma’lumotiga ko‘ra, “O‘tkan kunlar” romanining arab tiliga tarjima qilishda Saudiya Arabistonida istiqomat qilayotgan o‘zbekistonlik Said Mahmud Kosoniy, doktor Murtazo Saydumarov, shayx Husaynxon Yahyo Abdumajidov, Misr-O‘zbekiston do‘stlik jamiyati raisi, professor Magdi Za’bal, tarjimon Feruza Galiyeva hamda o‘zbek tili bo‘yicha mutaxassislar Rahma Ibrahim, Habiba Mehmet Ali va boshqalar yordam bergan.
Kitob O‘zbekistondagi yirik kutubxonalar va universitetlarga ham taqdim etiladi, shuningdek, bepul onlayn platformalarga joylashtiriladi, deyiladi xabarda.
🌐İjod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari: