Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
1.78K subscribers
9.76K photos
1.28K videos
92 files
3.72K links
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali

“Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g’ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak, uyg’otamiz”Qodiriy

@aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#Besh_tashabbus
#Zakovat_turniri

📌Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida loyiha koordinatori Nurmuhammadov Saidakbarxon boshchiligida “Zakovat” intellektual o'yinining navbatdagi maktab turniri o‘tkazildi.

Qiziqarli savollar asosida tashkil etilgan ushbu intellektual bellashuvda jami 8 ta jamoa qatnashdi.
🥇O'yinda 8-B sinfining "Muvahhida" jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, turnir kubogiga ega bo’lishdi.

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram Facebook
#mushoira
#besh_tashabbus

🏫Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi.

Qay dil chamani boy, jozib nafasi,
Kimning fikri o'tkir, teran, bokira?
Bu gurung - shoirlar musobaqasi-
Sharq she'riy chamani, bu mushoira.
(Zulfiya)


🔅Xabaringiz bor, bugun maktabda an'anaviy o'tkazilib kelinayotgan "Mushoira" bahsining navbatdagi musobaqasi bo'lib o'tdi. Qizg'in va murosasiz o'tgan she'riyat kechasida 7 va 8-sinf o'quvchilaridan saralangan 4 ta jamoa:
"Musamman"
"Ijod chashmasi"
"Bahor qizlari"
"Nafosat gulshani"
o'zaro bellashdi.

🏆Yakuniy natijalarga ko'ra 7- "B" sinfining "Ilhom chashmasi" guruhi g'oliblikni qo'lga kiritdi.

🌐Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:
Telegram
Facebook
Instagram
#besh_tashabbus

🏫Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi

Ijod maktabida tashkil etilgan "Shaxmat akademiyasi" an'anaviy tarzda doimiy musobaqalar o'tkazib kelmoqda.
Shunday musobaqalarning navbatdagi o'yini Jismoniy tarbiya o'qituvchisi Nargiza Yo'ldoshevna rahbarligida o'tkazildi va o'quvchilar kuchlarini sinab ko'rdilar. Qizg`in va murosasiz kechgan bahslarda quyidagi o'quvchilar peshqadamlikni qo`ldan bermadilar:

⚡️Orifjonov Javohir
⚡️Abdumalikova Mumtozbegim
⚡️Burhonov Shohinur
⚡️Aralova Zarina
⚡️Hasanov Nurmuhammad
⚡️Botirova Zebo
⚡️Qodiriy Samariddin
⚡️Abdusattorov Baxtiyor
⚡️Azizova Madina
⚡️Muzaffarov Akbarjon
⚡️Yoqubboyeva Feruzabonu

Bunday musobaqalar o'quvchilarga shaxmat sirlarini o'rgatish bilan bir qatorda ularning bo'sh vaqtini unumli o'tkazishda ham o'z hissasini qo'shmoqda va sog`lom raqobatni shakllantirmoqda.

🌐İjod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:
Telegram
Facebook
Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#digital_art
#ijod_maktablari
#Besh_tashabbus

🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha ilgari surilgan Besh muhim tashabbus doirasida Raqamli sanʼat (Digital art) toʻgaraklari tashkil etilgan.

Mazkur toʻgaraklarda oʻquvchilar darsdan boʻsh vaqtlarida zamonaviy axborot texnologiyalari, grafik planshetlar, dasturiy taʼminot yordamida raqamli tasviriy sanʼat sirlarini egallamoqda, ijodiy gʻoyalarini roʻyobga chiqarmoqda.

Agentlik tomonidan ijod maktablaridagi Raqamli sanʼat toʻgaraklari barcha zarur vositalar bilan taʼminlangan boʻlib, mashgʻulotlarni olib borishga ayni yoʻnalishda maxsus bilim va malakaga ega mutaxassislar jalb qilingan.

Videolavhada Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida faoliyat koʻrsatayotgan Raqamli sanʼat toʻgaragidagi mashgʻulot jarayonlari aks etgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM