Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
2.34K subscribers
10.2K photos
1.31K videos
93 files
3.83K links
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi. “Bizga jadid bobolarimiz kabi g’arb ilm-fani yutuqlari bilan birga milliy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan yetuk kadrlar suv bilan havodek zarur” Sh.Mirziyoyev
🗳️ Online qabulxona: @aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#Taqdirlash_marosimi
#Ziyolilar

"
Ziyolilar.maktab": 100 nafar eng iqtidorli yoshlar taqdirlandi

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Ilm-fan va ta’lim-tarbiyani rivojlantirish Ziyo Forum fondi bilan hamkorlikda "Ziyolilar.maktab" loyihasida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni vazir Hilola Umarova ochib berdi. U o’z nutqida g‘oliblar va ularning yaqinlarini samimiy tabriklab, ulkan zafar va muvaffaqiyatlar tiladi.

Fond direktori Bobur Farmanov ham so’zga chiqib, barchaga o‘z ezgu tilaklarini bildirdi.

G‘olib o‘quvchilar sertifikat, “Ziyolilar” to‘plami hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Ma’lumot o‘rnida: "Ziyolilar.maktab" loyihasi doirasida 9300dan ziyod anketalar kelib tushgan. Ular orasidan 100 nafar eng faol, tashabbuskor va iqtidorli o‘quvchilar saralab olindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM