Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
3.63K subscribers
39.5K photos
3.07K videos
59 files
12.9K links
Ushbu kanalda Qibray tuman hokimligi axborot xizmati Sizni tumanda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi islohotlar va yangiliklar hamda ko'plab zarur ma'lumotlar bilan tanishtirib boradi.
Download Telegram
#navoiyxonlik

Tumandagi ta'lim muassasalarida "Navoiyxonlik" kechalari o'tkazilmoqda

📖Aynan shunday g'azalxonlik kechasi
24-umumta'lim maktabida 9-fevral Alisher Navoiy tavalludшning 582 yilligi munosabati bilan “Alisher Navoiy asarlari – milliy qadriyatlarimiz timsoli” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o'tkazildi.

📖Tadbir davomida maktabning ijodkor o'quvchi yoshlari tomonidan so'z mulkining sultoni Alisher Navoiy tomonidan bitilgan g'azallar va ruboiylar mahorat bilan ijro etilib, kelajak avlod ma'naviyatini yuksaltirishga xizmat qiluvchi asarlaridan sahnaviy chiqishlar namoyish etildi.

✍️ Qibray tumani hokimligi axborot xizmati

/telegram/ facebook/ Instagram/ Website/
#navoiyxonlik

G‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligiga bag‘ishlab “Nazm va navo” kechasi o'tkazildi.

📜Xususan, Qibray tumani hokimligi va Madaniyat bo'limi bilan hamkorligida 2-Bolalar musiqa va san'at maktabida o'tkazilgan madaniy-ma'rifiy kechada, iqtidorli o'quvchilar tomonidan Navoiy va Boburning hayoti va ijodi haqida so‘z yuritildi, g‘azallaridan parchalar o‘qilib, inson ma'naviyatini yuksaltirishga xizmat qiluvchi asarlaridan sahna ko'rinishlari namoyish etildi.

🪕Shuningdek, tadbirda O'zbekiston San'at va madaniyat instituti dotsenti U.Berdiyev, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist A.Dadayev, "Nihol" mukofoti sovrindori U.To‘xtasinov va boshqa taniqli san'atkorlar tomonidan ajdodlarimizning g'azal va ruboiylaridan kuy-qo'shiqlar ijro etildi.

📸
Tadbirdan fotolavhalar

✍️ Qibray tumani hokimligi axborot xizmati

/telegram/ facebook/ Instagram/ Website/
#navoiyxonlik

Ta'lim muassasalarida "Navoiyxonlik" kechalari o'tkazilmoqda

Jumladan, Qibray tumanidagi 5-umumiy o'rta ta'lim maktabida, 9-fevral Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan “Alisher Navoiy – so'z mulkining sultoni” mavzusida g'azalxonlik kechasi, ma’naviy-ma’rifiy tadbir o'tkazildi.

Tadbir davomida maktabning ijodkor o'quvchi yoshlari tomonidan so'z mulkining sultoni Alisher Navoiy tomonidan bitilgan g'azallar va ruboiylar mahorat bilan ijro etilib, kelajak avlod ma'naviyatini yuksaltirishga xizmat qiluvchi asarlaridan sahnaviy chiqishlar namoyish etildi.


Tadbirda, ToshDAU, tuman Adliya bo'limi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'linmasi hamda Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi mas'ul xodimlari ishtirok etdi.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati


telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
#Navoiyxonlik

9-fevral — buyuk shoir, mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavallud topgan kun munosabati bilan Qibray tumanida joylashgan psixofizik rivojlanishi buzilgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan bolalar uyida o’tkazilgan tadbir, bolajonlarga shirin xotiralar bilan muhrlandi.

Bolalar uyi tarbiyachi-pedagoglari boshchiligida sahnalashtirilgan tadbirda, imkoniyati cheklangan bolajonlar tomonidan Navoiy she’rlari ijro etilib, ular ishtirokida sahnaviy chiqishlar namoyish etildi.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#navoiyxonlik

Qibray tumanidagi 5-umumiy o'rta ta'lim maktabida, 9-fevral Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan “Alisher Navoiy – so'z mulkining sultoni” mavzusida o’tkazilgan “Nurafshon TV” telekanali lavhasida.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiyxonlik
#Boburxonlik

G‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligiga bag‘ishlab “Nazm va navo” kechasi o'tkazildi.

Qibray tumani Madaniyat bo'limi tomonidan 2-Bolalar musiqa va san'at maktabida "Ajdodlar yodi mangu barhayot" mavzusida
o'tkazilgan madaniy-ma'rifiy kechada, Navoiy va Boburning hayoti va ijodi haqida so‘z yuritilb, madaniyat bo'limi qoshidagi "Do'stlik taronalari" va "Shalola" ashula va raqs xalq ansambli ijrosida ajdodlarimizning g'azal va ruboiylari ijro etildi.

Yi'g'ilganlarga yuqori kayfiyat ulashgan tadbirda O'zbekiston Madaniyat va san'at instituti dotsentlari Sh.Dadayev
va A.Zaripov va 2-BMSM o'quvchilari tomonidan g‘azallardan parchalar o‘qilib, ular ijrosida ham kuy-qo'shiqlar ijro etildi .

✍️Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/