Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
3.67K subscribers
42.6K photos
3.38K videos
64 files
13.9K links
Ushbu kanalda Qibray tuman hokimligi axborot xizmati Sizni tumanda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi islohotlar va yangiliklar hamda ko'plab zarur ma'lumotlar bilan tanishtirib boradi.
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#insonga_e'tibor

"
Insonga e'tibor va sifatli ta'lim" yilining dastlabki kunlari mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi uchun quvonchli onlarga boy bo‘ldi

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida​"gi qaroriga asosan mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi Trefilov Sergey Aleksandrovichga 1 xonali kvartira ajratildi.

🔹So‘nggi yillarda mamlakatda ijtimoiy yetimlikning oldini olish, aholi va yoshlar orasida sog‘lom oila qurishga mas'uliyat bilan yondashishni targ‘ib qilish, oilaviy qadriyatlarga ma'naviy-axloqiy munosabatni shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarning davomi sifatida mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisiga ajratilgan xonadonga Qibray tuman hokimligi tomonidan yotoqxona va boshqa zarur uy jihozlari yetkazib berildi.

 ✍️ Qibray tuman hokimligi axborot xizmati

/telegram/ /facebook/ Instagram/