Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
3.76K subscribers
43.5K photos
3.48K videos
64 files
14.3K links
Ushbu kanalda Qibray tuman hokimligi axborot xizmati Sizni tumanda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi islohotlar va yangiliklar hamda ko'plab zarur ma'lumotlar bilan tanishtirib boradi.
Download Telegram
#xotin_qizlar
#davra_suhbati

Qibray tumani hokimi o'rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i M.Buriyeva, tuman IIB xotin-qizlar masalalari bo'yicha katta inspektori mayor G.Mirzakarimova,
Adliya bo‘limi boshlig‘i D.Matkarimov, Jinoyat ishlari boyicha Qibray tumani sudi raisi S.Dusmanovlar
hamkorligida xotin-qizlarning buzilgan huquqlarini tiklash, ayollar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, nikohdan ajralishlarning oldini olish muammolariga qaratilgan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

👉Batafsil

✍️ Qibray tumani hokimligi axborot xizmati

/telegram/ facebook/ Instagram/ Website/
#davra_suhbati

Tumandagi Astraxan davlat texnika universitetining Toshkent viloyati filiali talabalari bilan "Giyohvandlikka qarshi kurashish" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

Qibray tumani IIB mas'ul xodimi G.Mirzakarimova, tuman tibbiyot birlashmasi narkologi K.Muqimov hamda Salomatlik markazi shifokori T.Mirnosirovalar ishtirokida otkazilgan
davra suhbatida, giyohvandlikning oqibatlari, sabablari, asoratlari va sog'lom ovqatlanish va jismoniy faollikni oshirish haqida ma'lumotlar berildi.

Shuningdek, talabalarga giyohvandlikning salbiy oqibatlari aks etgan videolavha namoyish etilib, mavzuga oid berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi


✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
#davra_suhbati

Rahbar ayol imidji qanday bo'lishi kerak?

Toshkent davlar agrar universitetida xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan o'tkazilgan davra suhbatida bu masala ko'rib chiqildi.


BATAFSIL
FOTOJAMLANMA

Manba:ToshDAU axborot xizmati

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
#davra_suhbati

“Millatlararo totuvlik  va  diniy bag‘rikenglik - tinchlik va osoyishtalik garovi”


Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Qibray tuman bo‘linmasi hamda Din ishlari bo'yicha qo'mitaning tumandagi vakili, Milliy gvardiya tuman bo'limi bilan hamkorlikda 10-sonli umumta'lim maktabida “Millatlararo totuvlik  va  diniy bag‘rikenglik" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbati davomida tegishli mas'ullar tomonidan yoshlarga bag'rikenglik, tinchlik, millatlararo totuvlikning ahamiyati, osoyishta hayotimizning qadriga yetish, shukronalik tuyg'ularini yanada mustahkamlash yuzasidan ma'lumotlar berildi.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

💬telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
#davra_suhbati

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Qibray tuman bo‘linmasi hamda Din ishlari bo'yicha qo'mitaning Qibray tuman bosh mutaxassisi bilan hamkorlikda 10-sonli umumtaʼlim maktabi oʻquvchilari uchun "Jaholatga qarshi ma'rifat" mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

Davra suhbati davomida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini mustahkamlash hamda buzg‘unchi yot g‘oyalaridan ogoh boʻlish, axborot makonida, jumladan, internet va ijtimoiy tarmoqlarda  yoshlar ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan g‘oyalarga qarshi ma’naviy immunitetni shakllantirish tog'risida fikr yuritildi.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

💬
telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
#davra_suhbati

Qibray tumani Inson ijtimoiy xizmatlar markazi Bolalarni ijtimoiy himoya qilish sho'basi, Ijtimoiy inspeksiya viloyat boshqarmasi, Milliy gvardiya, tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi hamkorligida davra suhbati o'tkazildi.

Tadbirda ishtirok etgan mahallalardagi Ijtimoiy xodimlar va umumiy o'rta ta'lim maktablarining direktor o'rinbosarlariga O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni joylashtirish shakllari bo‘yicha ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida"gi VM-893-sonli qarori mazmun mohiyati atroflicha tushuntirildi.

✍️Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

💬
telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
#davra_suhbati

Keng jamoatchilik vakillari va yoshlar ishtirokida davra suhbatlari o'tkazilmoqda

Qibray tumani hokimi o'rinbosari R.Naipova, maktabgacha va maktab t'alimi va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi, "Oqila ayollar" harakati hamda tegishli tashkilot mas'ullari ishtirokida “Jaholatga qarshi – ma’rifat bilan” shiori ostida o'tkazilgan
davra suhbati davomida bugungi kunda dolzarb - yoshlarning ma’naviy tarbiyasi, ularni yot oqimlarlardan himoyalash, ularga ma’naviy va diniy yot oqimlarning mohiyatini tushuntirish mavzularida so'z yuritildi.

Shuningdek, islom dinini niqob qilib bilib-bilmay turli terrorchilik guruhlariga qo‘shilib ketgan yurtdoshlarimiz, xususan xotin-qizlarning ayanchli taqdirlari to'g'risida hayotiy misollar keltirildi.

Tumandagi 39-umumiy o'rta ta'lim maktabida o'tkazilgan davra suhbatida o'quvchi yoshlar va mahalladagi xotin-qizlar ishtirok etdi.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

💬
telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
#davra_suhbati

Qibray tumani hokimi o'rinbosari R.Naipova, Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi hamda tegishli tashkilot mas'ullari ishtirokida “Jaholatga qarshi – ma’rifat bilan” shiori ostida o'tkazilgan
davra suhbati davomida bugungi kunda dolzarb - yoshlarning ma’naviy tarbiyasi, ularni yod oqimlarlardan himoyalash, ularga ma’naviy va diniy yot oqimlarning mohiyatini tushuntirish mavzularida so'z yuritildi.

Davra suhbatida 27-umumiy o'rta ta'lim maktabining o'quvchi yoshlari va ota-onalar ishtirok etdi.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

💬
telegram  📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube