Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
3.76K subscribers
43.5K photos
3.48K videos
64 files
14.3K links
Ushbu kanalda Qibray tuman hokimligi axborot xizmati Sizni tumanda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi islohotlar va yangiliklar hamda ko'plab zarur ma'lumotlar bilan tanishtirib boradi.
Download Telegram
#Ibrat_farzandlari_loyihasi #Targibot #Ilm_olish_yosh_tanlamaydi #Hamkorlik

Qibray tumani Yoshlar ishlari agentligi Toshkent davlat agrar universiteti bilan hamkorlikda "Ibrat farzandlari" izdoshlarimiz mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.

"Ibrat farzandlari" va "Ibrat Academy" Mobil ilovasi bo'yicha "Oybek" hamda "Fayzobod" MFY yoshlar yetakchisi tomonidan ma'lumot berildi va ilovadan qanday foydalanish ketma ketligi ko'rsatib o'tdi.

Davra suhbatida yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

Davra suhbatida Universitet yoshlar yetakchisi S.Isroilov hamda 500 dan ortiq yoshlar ishtirok etishdi.

✍️Yoshlar ishlari agentligi
Qibray tumani bo'limi
#targʼibot

Harbiylar va ularning oila a'zolari bilan tibbiy madaniyat to'g'risida davra suhbati o'tkazildi


Qibray tumanida joylashgan harbiy qismlarning birida shaxsiy tarkib xodimlari va ularning oila a'zolari uchun tuman KTMP shifokorlari va Salomatlik va strategik rivojlanish instituti tuman hududiy bo'linmasi shifokori ishtirokida davra suhbati o'tkazildi.

Suhbat davomida turli kasalliklarni kelib chiqish sabablari va uni oldini olishga qaratilgan tavsiyalar hamda sog'lom turmush tarzi va jismoniy faollikning sog'liq uchun foydali jihatlari to'g'risida zarur ma'lumotlar berildi.

Shuningdek, 27-OP shifokori tomonidan harbiylarning farzandlari birlamchi tibbiy ko'rikdan o'tkazildi.


✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
#targʼibot

Bo'lajak askarlar uchun sog'lom turmush tarziga amal qilish birlamchi vazifa


Tuman tibbiyot birlashmasi tashabbusi bilan tumandagi "Yosh Temurbeklar" harbiy sport nodavlat taʼlim muassasasi tinglovchilari uchun targʼibot tadbiri o'tkazilib, unda, Salomatlik va strategik rivojlanish tuman bo'limi mas'ullari tomonidan toʼgʼri ovqatlanish, jismoniy tarbiya va sport bilan shugʼullanishning sogʼliq uchun foydali tomonlari turli koʼrgazmali vositalar va oʼyinlar orqali tushuntirib oʼtildi.

Tadbi davomida "Yosh temurbeklar" harbiy sport nodavlat ta'lim muassasasi hamda tumandagi Sport maktabi hamkorligida "5000 qadam" yurish tadbiri, futbol va kamondan o'q otish musobaqalari o'tkazildi.


✍️ Қибрай туман ҳокимлиги Ахборот хизмати

/telegram/ /facebook/ Instagram/
#targʼibot

Tumandagi umumta'lim maktablarida tibbiy madaniyat va savodxonlikni shakllantirish to'g'risida davra suhbati o'tkazildi


Qibray tumanidagi 1-2- va 9-maktablarda tuman KTMP shifokorlari hamda Salomatlik va strategik rivojlanish instituti hududiy bo'linmasi shifokori ishtirokida davra suhbatlari o'tkazildi.

Suhbat davomida bugungi kunda bolalar,yoshlar va kattalar orasida keng tarqalgan kasalliklar,ularni kelib chiqish sabablari va uni oldini olishga qaratilgan tavsiyalar berildi. Shu bilan birga, yoshlar o'rtasida jismoniy faollikni oshirish, sport turlari bilan shug'ullanish, sog'lom turmush tarziga rioya etishda kundalik ratsionga e'tibor berish hamda tamaki va giyohvandlikning inson organizmiga salbiy ta'siri haqida zarur ma'lumotlar berildi.


✍️Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

💬telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
#targʼibot_tadbiri

"Yongʼin xavfsizligi oyligi" doirasida profilaktik tadbirlar davom etmoqda

Qibray tumani Favqulodda vaziyatlar boʼlimi tomonidan oylik doirasida o'tkazilayotgan keng ko'lamli targ'ibot tadbirlari davomida yongʼin oʼchirish avtomobillari, qutqaruv va boshqa maxsus texnikalar jalb qilinib, yong'in xavfsizligini ta'minlash hamda is gazidan zaxarlanishni oldini olish borasida zarur ma'lumotlar berilmoqda.

Tumanda joylashgan Narkologiya markazida oʼtkazilgan oʼquv amaliy mashgʼulotlarda ishchi-xodimlarga favqulodda vaziyatlar yuz berganda toʼgʼri harakat qilish, yongʼin sodir boʼlganda uni birlamchi yongʼin oʼchirish vositalari orqali tezkorlik bilan bartaraf etish to'g'risida nazariy va amaliy mashqlar o'tildi.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

💬
telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
#targʼibot_tadbiri

O'quvchi yoshlar targ'ibot tadbirlari davomida birlamchi ko'nikmalarga ega bo'lmoqda

Jumladan, Qibray tumani Favqulodda vaziyatlar boʼlimiga qarashli 27-Kasbiylashtirilgan yong’in-qutqaruv qism tomonidan 48-umumiy o'rta ta'lim maktabida oʼtkazilgan oʼquv amaliy mashgʼulotlar davomida, o'quvhcilar favqulodda vaziyatlarda toʼgʼri harakatlanish yongʼin sodir boʼlganda birlamchi yongʼin oʼchirish vositalaridan foydalanish bo'yicha dastlabki ko'nikmalarga ega bo'ldilar.

Shuningdek, yongʼin oʼchirish avtomobillari, qutqaruv va boshqa maxsus texnikalar jalb qilinib, amaliy jarayonlar namoyish etildi.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

💬
telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#targʼibot

Yongʼin xavfsizligini ta'minlash borasida kuchaytirilgan targ'ibot tadbirlari o'tkazilmoqda

Jumladan, Qibray tumani Favqulodda vaziyatlar boʼlimi tomonidan aholi va ijtimoiy soha obyektlarida yongʼin xavfsizligini ta'minlash va is gazidan zaxarlanishni oldini olish borasida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda olib borilayotgan amaliy ishlar "O'zbekiston 24" telekanali lavhasida.


✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

💬
telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
#targʼibot

Qibray tuman tibbiyot birlashmasi tashabbusi bilan Madaniyat oilaviy poliklinika xodimlari va aholi vakillari uchun targʼibot tadbiri o'tkazilib, unda, Salomatlik va strategik rivojlanish instituti tuman bo'limi mas'ullari tomonidan toʼgʼri ovqatlanish, jismoniy tarbiya va sport bilan shugʼullanishning sogʼliq uchun foydali tomonlari turli koʼrgazmali vositalar orqali tushunchalar berildi.

Tadbir davomida tibbiyot xodimlari va faol aholi vakillari ishtirokida "5000 qadam" va skandinavcha yurish tadbiri o'tkazildi.


✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

💬
telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
#targʼibot

Tumanda yong‘in xavfsizligi bo‘yicha profilaktik tekshiruvlar o'tkazildi

Qibray tumani Favqulodda vaziyatlar bo’limi tomonidan “SAMIR”MChJ va “ZOLOTOE RUNO” MChJda yong‘inga qarshi holatni o‘rganish yuzasidan profilaktik ishlar olib borildi.

Tashkilotlarning ishchi-xodimlariga yong‘in xavfsizligi bo‘yicha amaliy va nazariy ko'rsatmalar berildi.

Shuningdek, umumiy o’rta ta’lim maktablarida ham yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi va o‘quvchilarga xavfsizlik qoidalari to’g’risida qo'llanma materiallar tarqatildi.


✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

💬
telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
#targʼibot

Respublikamizda o'tkazilayotgan "Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi" doirasida Qibray tumani Favqulodda vaziyatlar bo'limi va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Toshkent davlat agrar universitetida o'quv amaliy mashg'ulot o'tkazildi.

Talaba yoshlar va ishchi xodimlarga sodir bo'lishi mumkin bo'lgan yong'inlar, zilzila, tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlar, is gazidan zaharlanish va gaz havo aralashmasining chaqnashi yoki portlashi bilan bog'liq bo'lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish hamda xavfsiz hududlarga ko'chirish bo'yicha taktik amaliy mashg'ulotlar o'tkazildi.

✍️Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

💬
telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#targʼibot

"Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi"

Qibray tumani Favqulodda vaziyatlar bo'limi tomonidan oylik doirasida keng ko'lamli targ'ibot va profilaktik tadbirlar o'tkazilmoqda

Toshkent davlat agrar universitetida o'tkazilgan o'quv amaliy mashg'ulot tafsilotlari "O'zbekistob 24" telekanali lavhasida.

✍️Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

💬
telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
#targʼibot

"Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi" doirasida Qibray tumani Favqulodda vaziyatlar bo'limi tomonidan tumandagi "Chinobod" MChJ neft bazasida ishchi xodimlar ishtirokida o'quv amaliy mashg'ulot o'tkazildi.

Shuningdek, Qibray politexnikumi o'quvchi yoshlari bilan yong'inlar, zilzila, tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlar, is gazidan zaharlanish kabi mavzularda profilaktik suhbat o'tkazildi.

✍️Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

💬
telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube