Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
3.54K subscribers
40.1K photos
3.17K videos
60 files
13.1K links
Ushbu kanalda Qibray tuman hokimligi axborot xizmati Sizni tumanda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi islohotlar va yangiliklar hamda ko'plab zarur ma'lumotlar bilan tanishtirib boradi.
Download Telegram
#ota_onalar_diqqatiga

📣Ota-onalar bolalarini bog‘chaga navbatga qo‘yish jarayonida 3 tagacha maktabgacha taʼlim tashkilotiga ariza berishi mumkin.

Ota-ona yoki masʼul tomonlar yo‘llanma olish vaqtida taqdim qilinadigan so‘rovnomada bolaning yoshi to‘g‘ri keladigan guruhni tanlash huquqiga ega.

Bo‘sh o‘rinlarga ega bo‘lmagan guruhlar(navbatga kiritilishi uchun) so‘rovnomada ko‘rsatishi shart.

Shuningdek, bolani tug‘ilgan vaqtdan boshlab maktabgacha taʼlim tashkilotiga navbatga qo‘yish imtiyozi mavjud.

📌Bundan tashqari, xato kiritilgan maʼlumotlarni tuzatish, davlat xizmati ko‘rsatilayotgan har qanday bosqichda undan foydalanishni rad etish kabilar ham qonun bandlarida belgilab berilgan.
——-
#вниманию_родителей

📣Родители в процессе постановки своих детей в очередь в детский сад могут подать заявление до 3-х дошкольных организаций.

Родитель или ответственные лица имеют право выбрать группу, соответствующую возрасту ребенка, в анкете, предоставленной при получении направления.

Группы, не имеющие вакансий(для включения в очередь), обязаны указывать это в анкете.

Также существует привилегия ставить ребенка в очередь в дошкольную образовательную организацию с момента его рождения.

📌Кроме того, в статьях закона прописаны такие вещи, как исправление ошибочно введенных данных и отказ в их использовании на любом этапе оказания государственной услуги.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
#shtab_faoliyatidan

Ishchi guruh tomonidan dorixona omborlarida 1000 qutiga yaqin “DOK-1 MAKS” dori vositasi borligi aniqlandi

Respublikamizning barcha joylarida boʻlgani kabi, Toshkent viloyatida ham aholining talab va ehtiyojlarini oʻrganish, ularga imkon qadar koʻmak berish, mavjud muammolarni hal etish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ayni shu jarayonda joriy yil boshidan maxsus shtab tashkil etilib, hududlarda elektr energiya taʼminotidagi cheklov grafigiga rioya etilishi, tabiiy gaz taʼminoti, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining yuqori narxlarda sotilishining oldini olish, markazlashgan va tashib keltiriladigan suv taʼminotidagi muammoli masalalarga yechim topish kabi oʻndan ortiq sohalar kesimida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Kunlik murojaat va muammoli masalalar joyida oʻrganilib, yechimi yuzasidan axborot berib borilmoqda.

Jumladan, bugun Nurafshon shahrida aholini arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida tashkil etilgan 8 ta savdo yarmarkalaridan 1 ta savdo markazi ishlamayotgani aniqlangan.

Ushbu masala tegishli mutasaddilar tomonidan nazoratga olinib, yarmarkaga kerakli mahsulotlar yetkazib berilgan hamda faoliyati qayta yoʻlga qoʻyilgan.

Viloyat hududidagi dorixonalar tomonidan “DOK-1 MAKS” dori vositasi sotilishining oldini olish maqsadida ishchi guruh tomonidan 926 quti “DOK-1 MAKS” dori vositasi dorixona omborlaridan olinib, “Toshkent dori taʼminot” AJ omboriga qaytarilgan.

Ishchi guruh oʻrganishlari davomida viloyat hududida tijorat banklari tomonidan jami 800 ta naqd pul yechish bankomatlari oʻrnatilgani, shundan 20 tasi nosoz va 285 tasida naqd pul yoʻqligi aniqlangan. Ushbu bankomatlarga 40 mlrd.soʻm naqd pul qoʻyilib, doimiy nazoratga olingan.

Piskent, Ohangaron, Yangiyoʻl, Boʻka, Oʻrta Chirchiq va Chinoz tumanlarida 37 ta MFYdagi 1 584 ta xonadonlarda gaz bosimi meʼyoridan pastligi kuzatilgan. Hozirda 20 ta MFYdagi 1 150 ta xonadonda tabiiy gaz taʼminoti meʼyoriy darajaga keltirilgan.

Ishchi guruh tomonidan oʻrganishlar davom etmoqda.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik

8-yanvar O‘zbekiston Respublikasi Prokuratura organlari xodimlari kuni

🔹Soha xodimlarini kasb bayramlari bilan tabriklab,ularga xalqimizning haqiqiy himoyachisi, adolat va qonuniylik posboni bo‘lib, faqat va faqat xalq manfaati yo‘lida og‘ishmay xizmat qilishlarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

BAYRAMINGIZ MUBORAK
BO‘LSIN!

✍️ Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

/telegram/ /facebook/ Instagram/
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Energetika vazirligining murojaati: Qishdan chiqib olish uchun hammamiz birgalikda energiyani iqtisod qilaylik

“Xatolarimiz sababli sovuqqotyapmiz. Ammo hozir, shu lahzada, bir musht bo‘lib, jamiyat bo‘lib qish sovug‘idan o‘tib olmasak bo‘lmaydi. Bu bizning qo‘limizdan keladi. Har birimiz energiyani iqtisod qilishga urinsak, talofatlarni kamaytirishimiz mumkin bo‘ladi”.

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi buyurtmasi bilan yaratilgan animatsion murojaat.

https://t.iss.one/AOKBToshvil
#ko‘chma_yarmarka

Chekka hududlarda arzonlashtirilgan ko‘chma yarmarkalar tashkil etilmoqda

♻️Xususan, Qibray tuman hokimligi,Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tuman bo‘limi va Qibray tuman Davlat soliq inspekiyasi hamkorligida tumanning olis hududida joylashgan Turkiston mahallasi aholisi uchun qulaylik yaratish maqsadida ko‘chma oziq-ovqat yarmarkasi tashkil etildi.

🍎Ko‘chma oziq-ovqatlar yarmarkasidan fuqarolar kunlik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan turli mahsulotlarni arzonlashtirilgan narxlarda xarid qilish imkoniga ega bo‘ldilar

📌Aholini sifatli va arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash maqsadida ko‘chma yarmarkalarni tumanning chekka hududlarida o‘tkazish rejalashtirilgan.

✍️ Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

/telegram/ /facebook/ Instagram/
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Qibray tumani Parvoz mahallasidagi "Ahillik" ko‘chasining ta'mirtalabligi yuzasidan tanqidiy videolavha yuzasidan rasmiy munosabat

Haqiqatan, Qibray tumani Parvoz mahallasi "Ahillik" ko‘chasida aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash maqdadida "Osiyo taraqqiyot banki" mablag‘lari evaziga ichimlik suvi quvurlarini yotqizish ishlari "Amu Buxoro" MChJ tomonidan amalga oshirilmoqda.Mas'uliyati cheklangan jamiyat tomonidan quvurlar mazkur ko‘chada mavjud ko‘prikka qadar (yo‘l chetidan) yotkazilgan bo‘lib, ko‘prik ustidan o‘tkazilib ulash kerak bo‘lgan jarayonlar (ko‘prikning davomidan quvurlar yotkazilgan) to‘xtab qolgan.Qibray tumani mutasaddilari tomonidan yakunlanmay qolgan ishlarni yakunlash bo‘yicha "Amu Buxoro" MChJ mas'ullariga topshiriq berilib ijrosi nazoratga olingan va hozirda ko‘chani tekislash uchun korxona tomonidan shebenlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur ko‘chadagi xonadonlarning aksariyati dala hovlilardan iborat bo‘lganligi sababli xonadon egalarining shaxsiy tashabbusi bilan yuqoridagi ishlar yakunlangach, asfaltlash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha mahalla raisi va fuqarolar bilan kelishib olingan.
Shuningdek,videolavhada ko‘chaning ta'mirtalabgi sabab tez yordam mashinasi kira olmaganligi va buning natijasida bir bemorning bevaqt vafot etganligi to‘g‘risida
43-uyda yashovchi fuqaro Sh.Bobonazarovaning aytgan so‘zlari hech qanday asosga ega emasligi, fuqaro tomonidan yolg‘on ma'lumot berilganligi (bu haqda u yozma va og‘zaki ma'lumot berdi) o‘rganishlar davomida aniqlandi. Ushbu fuqaro bilan tegishli tartibda tushuntirish ishlari olib borilib, yo‘lg‘on ma'lumot tarqatish bo‘yicha qonuniy chora ko‘rilishi to‘g‘risida ogohlantirildi.

✍️ Qibray tuman hokimligi axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qutlov

8-yanvar - Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni


“El - yurt tashvishidir, mening tashvishim”

Xonanda - Ozodbek Nazarbekov

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident_murojaatnomasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va Oʻzbekiston xalqiga qilgan Murojaatnomasi yuzasidan Xalq deputatlari Qibray tumani Kengashi deputati Doniyor Yusupovning fikrlari “O‘zbekiston 24” telekanalining “Intervyu 24” ko‘rstuvi lavhasida.

✍️ Qibray tuman hokimligi axborot xizmati

/telegram/ /facebook/ Instagram/
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#insonga_e'tibor

"Insonga e'tibor va sifatli ta'lim" yilining dastlabki kunlari mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi uchun quvonchli onlarga boy bo‘ldi

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida​"gi qaroriga asosan mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi Trefilov Sergey Aleksandrovichga 1 xonali kvartira ajratildi.

🔹So‘nggi yillarda mamlakatda ijtimoiy yetimlikning oldini olish, aholi va yoshlar orasida sog‘lom oila qurishga mas'uliyat bilan yondashishni targ‘ib qilish, oilaviy qadriyatlarga ma'naviy-axloqiy munosabatni shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarning davomi sifatida mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisiga ajratilgan xonadonga Qibray tuman hokimligi tomonidan yotoqxona va boshqa zarur uy jihozlari yetkazib berildi.

 ✍️ Qibray tuman hokimligi axborot xizmati

/telegram/ /facebook/ Instagram/