Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
3.74K subscribers
43.2K photos
3.45K videos
64 files
14.2K links
Ushbu kanalda Qibray tuman hokimligi axborot xizmati Sizni tumanda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi islohotlar va yangiliklar hamda ko'plab zarur ma'lumotlar bilan tanishtirib boradi.
Download Telegram
#tabrik

Bugun, 4-mart – Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etilgan kun

Alohida mas’uliyatli kasb egalari bo‘lgan qutqaruvchilar – favqulotda vaziyatlar idoralari xodimlarini tom ma’noda najotkorlar, deb ta’riflash mumkin.

Bu fidoyi, olijanob kasb egalari kerak bo‘lsa, o‘zgalar hayoti, xavfsizligi yo‘lida aziz jonini ham ayamaydi. Kasbga sadoqat, burchga mas’uliyat, jangovor shaylik ular faoliyatining bosh mezonidir.

Mana shu shukuhli kunda tumanimizda fidokorona faoliyat olib borayotgan, xalqimiz tinchligi, osoyishtaligini o‘z halovatidan ustun, deb bilgan
soha xodimlarining mashaqqatli va olijanob ishlarida kuch-g‘ayrat, yutuq va zafarlar yor bo‘lsin. Xonadonlaridan tinchlik-xotirjamlik, baxt va saodat arimasin!

✍️ Qibray tumani hokimligi Аxborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube
​#tabrik

Aziz va muhtarama ayollarimiz, onaxonlarimiz, opa-singillarimiz!

Barchangizni 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami bilan samimiy tabriklayman.

Bahor faslining ilk kunlarida butun dunyo bo‘ylab nishonlanadigan, Xotin-qizlar kuni tabiatning uyg‘onishi, yangi hayot nafasining ufurishi hayotimizga go‘zallik, qalblarimizga mehr-muhabbat olib kiruvchi ayollarimizning bayrami bilan hamohang ekanligi bejiz emas albatta

Bugungi kunda mamlakatimizda ayollarning jamiyatda o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘lishi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan.
Davlatimiz rahbari tomonidan xotin-qizlarni yanada qo’llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asl negizida, kelajagimiz bunyodkorlari bo‘lgan farzandlarimizni dunyoga keltirib, parvarishlab, voyaga yetkazadigan ayyollarimizga ko’rsatilaytgon e’tibor va g’amxo’rlikning yaqqol namunasi desam mubolag’a qilmagan bo’laman.

Afsuski, biz hayot va ish tashvishlari bilan bo‘lib, sizlarga atalgan qalbimizdagi dil izhorlarimizni dildan tilga ko’chirishda o’zimizda kuch topa olmaymiz.Ammo, xotin-qizlar bayrami sabab, siz azizlarga dilimizdagi ezgu tilaklarimizni yetkazib, tabassumingizni uyg‘otishga muyassar bo‘lamiz.

Qadrli opa-singillar!

Yana bir bor bahor va go‘zallik bayrami – Xalqaro xotin-qizlar kuni  munosabati bilan qadrli ayollarimizga eng samimiy tilaklarimni bildiraman.

Doimo bahor gullariday chiroyli, nafis, go‘zal va betakror bo‘lishingiz tilakdoshiman!
Bayramingiz muborak bo‘lsin!


Qibray tumani hokimi Muzaffar Rashidov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik

💐Aziz va muhtarama ayollar, opa-singillar!

Sizlarni 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami bilan tuman hokimligi hamda tumandagi korxona-tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan barcha xotin-qizlarni samimiy tabriklaymiz.
Sizlarga uzoq umr, sihat-salomatlik,xonadoningizga tinchlik-osoyishtalik,dasturxoningizga qut-baraka va oddiy ayollik bahtini tilab qolamiz.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!

✍️ Qibray tumani hokimligi Аxborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube
#tabrik

22 mart- "Mahalla tizimi xodimlari kuni" munosabati bilan Qibray tuman hokimining bayram tabrigi

Mahalla, O‘zbekistonning boy tarixi bilan chambarchas bog‘liq o‘ziga xos institut ekani, jamiyatda aholi osoyishtaligini va qonun ustuvorligini ta'minlash,inson qadrini ulug’lash
, ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirishda mahalla institutining roli naqadar katta ekanligini alohida ta'kidlash lozim.

Bu kasb – eng mashaqqatli va shu bilan birga sharafli kasblardan biri hisoblanadi. Chunki sizning mahoratingiz, malakangiz, mas'uliyatingiz insonlarning, oilalarning taqdirida muhim o‘rin egallaydi.


Siz azizlarni, 22-mart "Mahalla tizimi xodimlari kuni" va Navro’z umumxalq bayrami bilan mahalla tizimida faoliyat olib borayotgan barcha fidoiy xodimlarni samimiy tabriklayman.

Sizlarga ma'suliyatli, mashaqqatli va sharafli mehnatingizda ulkan zafarlar, oilaviy hayotingizda esa baxt, omad yor bo‘lishini tilayman.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!


Qibray tumani hokimi Muzaffar Rashidov
#tabrik

Qibray tumani hokimi Muzaffar Rashidovning tuman fuqarolariga Ramazon hayiti tabrigi

✍️ Qibray tuman hokimligi Аxborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube
#tabrik

15-aprel Madaniyat va san'at xodimlari kuni

Sana munosabati bilan tumandagi madaniyat va san'at sohasida mehnat qilib, mazkur sohaning rivojlanishiga, o‘zbek milliy madaniyatining dunyo darajasidagi nufuzini oshirishga, iqtidorli yoshlarning qobiliyati va salohiyatini ro‘yobga chiqarishda munosib hissa qo‘shib kelayotgan barcha xodimlarni samimiy tabriklaymiz.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

/telegram/ facebook/ Instagram/ Website/
#tabrik

Qibray tumani hokimi Muzaffar Rashidovning Qurbon hayiti munosabati bilan tuman aholisiga bayram tabrigi

✍️ Qibray tumani hokimligi Аxborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube
#tabrik

Qibray tumani hokimi Muzaffar Rashidovning O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan tuman aholisiga bayram tabrigi

✍️Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

💬telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Muzaffar Rashidov
#tabrik

Qibray tumani hokimi Muzaffar Rashidovning 1 oktabr O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan soha xodimlariga bayram tabrigi

@Muzaffar_Abrorovich