Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
3.55K subscribers
40K photos
3.16K videos
60 files
13.1K links
Ushbu kanalda Qibray tuman hokimligi axborot xizmati Sizni tumanda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi islohotlar va yangiliklar hamda ko'plab zarur ma'lumotlar bilan tanishtirib boradi.
Download Telegram
#2025_yil_1_fevraldan

☎️ Qonunchilikka muvofiq, ijtimoiy kartani muomalaga chiqarish va foydalanish uchun taqdim etish masalalari bo'yicha Ijtimoiy himoya milliy agentligining axborot-ma'lumotnoma xizmatlarini ko'rsatuvchi “1070” qisqa raqamli va tunu-kun faoliyat ko'rsatadigan xizmati (“Ishonch telefoni”) faoliyati test rejimida yo'lga qo'yiladi.

✉️ Shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun ijtimoiy himoya masalalari bo'yicha “Ishonch telefoni” orqali bepul SMS-xabarnoma yuborish tartibi joriy etiladi. Bunda yuboriladigan SMS-xabarnomalar ijtimoiy axborot hisoblanadi.

📜Bundan tashqari, fuqarolar bilan ularning ijtimoiy himoyaga doir huquqlarini amalga oshirish va davlat tomonidan amalga oshirilayotgan ijtimoiy qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari yuzasidan doimiy va manzilli muloqot o'rnatiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2025_yil_1_fevraldan

✔️Qonunchilikka ko'ra, og'ir hayotiy vaziyatda va yaqin qarindoshlari ko'magisiz qolganligi natijasida farzandini tarbiyalashdan voz kechmoqchi bo'lgan onalar, shu jumladan, homilador ayollar uchun bolalar uylarida “Onalar maskani” xizmati yo'lga qo'yiladi.

🌐“Onalar maskani”da:

▪️og'ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan onalar va ularning bolalari (4 yoshga to'lmagan) 1 yilgacha bo'lgan muddatga ijtimoiy shartnoma asosida vaqtincha boshpana bilan ta'minlanadi;

▪️og'ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan onalarga ijtimoiy, huquqiy, psixologik va tibbiy xizmatlar ko'rsatiladi, ularda onalik va kasbiy ko'nikmalar shakllantiriladi;

▪️"Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlari og'ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan onalarning kasb-hunar egallashi va bandligini ta'minlashga ko'maklashadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2025_yil_1_fevraldan

🔖Qonunchilikka muvofiq, 2040-yil 1-yanvargacha jami daromadi tarkibida eksporti hajmi 50 foizdan ortiq bo'lgan IT-park rezidentlarining ta'sischilari (ishtirokchilari) – O'zbekiston norezidentlari bo'lgan jismoniy va yuridik shaxslarning dividendlar tarzidagi daromadlariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i hamda foyda solig'ining 5 foiz stavkasi tatbiq etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2025_yil_1_fevraldan

📣Qonunchilikka ko'ra:

🔹oilaviy bolalar uyini tashkil etish uchun oilaning er va xotindan iborat to'liq oila bo'lishi talabi bekor qilinadi;

🔹30 yoshga to'lgan fuqarolarga oilaviy bolalar uyini tashkil etishga ruxsat etiladi;

🔹ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar oilaga tarbiyaga (patronat) faqat ularning qarindoshlariga beriladi;

🔹yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarning yashash xarajatlari, oilaviy bolalar uyini tashkil etgan fuqarolarga bolani tarbiyalagani (parvarishlagani) uchun ajratiladigan mablag'lar tarbiyalanuvchilar umumiy o'rta, o'rta maxsus va boshlang'ich professional ta'lim muassasalarini tamomlaguniga qadar beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin