Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
3.55K subscribers
40.1K photos
3.17K videos
60 files
13.1K links
Ushbu kanalda Qibray tuman hokimligi axborot xizmati Sizni tumanda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi islohotlar va yangiliklar hamda ko'plab zarur ma'lumotlar bilan tanishtirib boradi.
Download Telegram
#harbiy_vatanparvarlik

Harbiylarning ko'rgazmali chiqishlari yoshlarda katta
taassurot qoldirdi

Qibray tumani hokimligi tashabbusi bilan Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurti va Yoshlar ishlari agentligi tuman bo'limi hamkorligida Abdurahmon Jomiy mahallasidagi uyushmagan yoshlar va 22-maktab o'quvchilari uchun harbiy vatanparvarlik tadbiri o'tkazildi.

Yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida o'tkazilgan tadbir davomida uyushmagan va oquvchi yoshlar hamda bilim yurti tinglovchilari o'rtasida sport turlari bo'yicha bellashuvlar o'tkazilib, g'oliblarga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg'alari topshirildi.

✍️ Qibray tuman hokimligi Аxborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube
#harbiy_vatanparvarlik

Tadbir davomida harbiylar tomonidan namoyish etilgan ko'rgazmali jangovor harakatlar, yoshlarning harbiylik sohasiga bo'lgan qiziqish va intilishlarini yanada ortishiga hamda sharafli va mashaqqatli kasb egalari haqida katta tassurot va ma'lumotga ega bo'lishlari uchun yaxshi imkoniyat bo'ldi.


Shuningdek, bilim yurti rahbariyati va tuman hokimi o'rinbosari mahalladagi uyushmagan, hozirda ishsiz bo'lgan yoshlar bilan birma-bir suhbatlashib, ularning muammo va takliflari yuzasidan hamkorlikda ishlarni tashkil etishga kelishib olindi.

✍️ Qibray tuman hokimligi Аxborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube
#harbiy_vatanparvarlik

Bo'lajak askarlar jangovor qurollardan foydalanish imkoniyatiga ega bo'ldilar

Yosh avlodni
vatanparvarlik va yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ulardagi harbiylik sohasiga bo'lgan qiziqish va intilishlarni yanada oshirish maqsadida tumandagi 28-umumta'lim maktabining 11-sinf o'quvchilari uchun Chirchiq dala o'quv poligonga sayohat uyushtirildi.

Maktabning chaqiriqqa qadar boshlang'ich tayyorgarlik fani o'qituvchisi tashabbusi bilan tashkil etilgan sayohat davomida maktabning "Vatan tayanchi" otryadi a'zolari jangovor qurollardan bevosita amaliyotda foydalandilar.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
#harbiy_vatanparvarlik

Bir guruh yoshlar yetakchilari va uyushmagan yoshlar bir kun harbiycha hayot kechirdilar


Yoshlar ishlari agentligi Qibray tumani bo'limi va Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurti hamkorligida "Harbiy qismda bir kun" shiori ostida sayohat tashkil etildi.

Yoshlar orasida harbiylik sohasiga bo'lgan qiziqishni oshirish, ularni vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida o'tkazilgan sayohat davomida yoshlar bilim yurti tinglovchilari bilan birga o'quv va amaliy mashg'ulotlarda ishtirok etib, jangovor qurollardan foydalanish sirlaridan boxabar bo'ldilar.

✍️ Qibray tuman hokimligi Аxborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube
#harbiy_vatanparvarlik

Harbiylarning ko'rgazmali chiqishlari yoshlarda katta
taassurot qoldirdi

Qibray tumani Chinobod mahallasi yoshlar yetakchisi tashabbusi bilan tumanda joylashgan, Milliy gvardiyaga qarashli 65921-sonli harbiy qism xizmatchilari ishtirokida mahalladagi uyushmagan yoshlar va 27-maktab o'quvchilari uchun harbiy vatanparvarlik tadbiri o'tkazildi.

Yosh avlodni yurtga sadoqat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida o'tkazilgan tadbir davomida yoshlar va harbiy xizmatchilar o'rtasida sport turlari bo'yicha o'zaro bellashuvlar hamda o'quvchi yoshlar o'rtasida osh musobaqasi o'tkazilib, g'olib va ishtirokchilarga harbiy qism tomonidan esdalik sovg'alari topshirildi.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#harbiy_vatanparvarlik

Yoshlar o'rtasida kamondan otish musobaqasi o'tkazildi


Yosh avlodni yurtga sadoqat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni harbiylik sohasiga bo'lgan qiziqishlarini oshirish hamda milliy sport o'yinlarini keng targ'ib qilish maqsadida Milliy Gvardiya Toshkent viloyati qo'riqlash boshqarmasi hamkorligida o'quvchi va havaskor yoshlar o'rtasida kamondan otish musobaqasi o'tkazildi.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
#harbiy_vatanparvarlik

Bir guruh yoshlar ikki kun davomida haqiqiy harbiycha hayot kechirdilar


O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Qibray tumani hokimligi va Yoshlar ishlari tuman bo'limi hamkorligida tumandagi 45 nafar yoshlar, Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurtida 2 kun davomida harbiycha hayot kechirdilar.

Yoshlar orasida harbiylik sohasiga bo'lgan qiziqishni oshirish, ularni vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida o'tkazilgan 2 kunlik harbiy xizmat davrida yoshlar saf tayyorgarligi, o'quv va amaliy mashg'ulotlarda ishtirok etib, bevosita jangavor qurollardan foydalanish sirlaridan boxabar bo'lib, harbiycha hayot kechirdilar.

✍️ Qibray tuman hokimligi Аxborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube
#harbiy_vatanparvarlik

Yoshlar harbiylarning hayot tarzi bilan yaqindan tanishdilar

Yoshlarni ona Vatanga sadoqat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning harbiy sohaga bo'lgan qiziqishi va intilishlarini qo'llab-quvvatlash maqsadida tumanda joylashgan Havo hujumidan mudofaa Qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlariga qarashli harbiy qismda “14-yanvar –Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston armiyasi-mamlakat tayanchi, halqimiz faxri!” shiori ostida tadbir o'tkazildi.

Qibray tumani hokimligi, Yoshlar ishlari bo'limi, faxriylar hamda Vatan tayanchi bolalar va o‘smirlar
harbiy-vatanparvarlik harakati vakillari ishtirokida o'tkazilgan tadbirda yoshlar, harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, harbiy xizmatchilar tomonidan jamoani birlashtiruvchi psixologik o‘yinlarda ishtirok etdilar.

✍️ Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

💬telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#harbiy_vatanparvarlik

Bo'lajak askarlar uchun
harbiy qismda ochiq eshiklar kuni o'tkazildi

14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Qibray tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tominidan yoshlarni ona Vatanga sadoqat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning harbiy sohaga bo'lgan qiziqishi va intilishlarini qo'llab-quvvatlash maqsadida tumanda joylashgan Havo hujumidan mudofaa Qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlariga qarashli harbiy qismga sayohat uyushtirildi.

Tadbir davomida yoshlar
harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yaratilgan imkoniyatlar va ularning kunlik xizmat faoliyatlari bilan yaqindan tanishib, harbiylik sohasi haqida atroflicha ma'lumotga ega bo'ldilar.

✍️ Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

💬telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube