Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
3.55K subscribers
40.1K photos
3.16K videos
60 files
13.1K links
Ushbu kanalda Qibray tuman hokimligi axborot xizmati Sizni tumanda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi islohotlar va yangiliklar hamda ko'plab zarur ma'lumotlar bilan tanishtirib boradi.
Download Telegram
Audio
#Dayjest

Hafta davomidagi muhim xabarlar

Yakuniga yetgan hafta turli yangilik va voqealarga boy boʻldi. Bugungi xabarlarimiz orqali ularning eng muhimlariga qisqacha toʻxtalib oʻtamiz.

🔘Viloyat prokuraturasi. Viloyat prokurori Shavkatjon Raximov boshchiligida Olmaliq shahrida joylashgan 80-sonli kar va zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati hududida 200 tup pavloniya, kashtan va boshqa turdagi manzarali daraxt koʻchatlari ekildi.

🔘Xalq taʼlimi boshqarmasi. Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligi munosabati bilan 800 dan ortiq taʼlim maskanlarida olimlar, taniqli yozuvchi va shoirlar, jurnalistlar ishtirokida bayram tadbirlari boʻlib oʻtdi.

🔘Olmaliq shahri. 4 ta sektor rahbarlari ishtirokida yoshlar bilan uchrashuv tkazilib, ularning huquqiy muammolari joyida hal etildi.

🔘Chirchiq shahri. 439 mln. 696 ming so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilib, 179 nafar ishsiz fuqaroning bandligi ta’minlandi.

🔘Bekobod shahri. 180 nafar ishsiz fuqaroga kredit asosida asbob-uskunalar olib berildi.

🔘Oqqorg'o'n tumani. “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlarida tumanda 446 ming. 450 ta tup manzarali va mevali ko‘chatlar o‘tkaziladi.Bugun ushbu umummilliy loyihasida tuman irigatsiya bo‘limi xodimlari tomonidan 350 tup tut va tok ko‘chatlari o‘tkazildi.

🔘Qibray tumani. Guliston-Oʻnqoʻrgʻon-Chinobod yoʻnalishining 6-12-kilometrlarida 4K699 umumfoydalanuvdagi markaziy koʻchani taʼmirlash, aholiga qulaylik yaratish maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda.

🔘Zangiota tumani. Zoyir Mirzayev “Nazarbek” qoʻrgʻonidagi koʻprik qurilishi yuzasidan muhokama oʻtkazdi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RSIH
Audio
#Dayjest

Dushanba - viloyat hokimligi, hudud tashkilotlari va idoralarida ijro intizomining ahvoli oʻrganiladi va
muhokama qilinadi. Shuningdek, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bilan ishlash, muammolarni oʻrganish va amaliy koʻmak berish kuni.


🔘Oʻrta Chirchiq tumani. Tuman hokimligida mutasaddilar ishtirokida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash masʼuliyatiga doir muloqot boʻlib oʻtdi.

🔘Parkent tumani. Aholini tadbirkorlikka jalb qilish” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan oilaviy tadbirkorlikni mustaqil boshlash istagidagi 104 nafar fuqaroga subsidiya asosida asbob-uskunalar olib berildi.

🔘Bekobod tumani. Tumanda jismoniy hamda yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlashning ahvoli tanqidiy oʻrganib chiqildi.

🔘Yangiyoʻl tumani. Tumanda “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari” hamda “Temir daftar”da roʻyxatga olinganlar nodavlat oʻquv kurslarida ommaviy kasblarga oʻrgatilmoqda.

🔘Toshkent tumani. Mahallalardagi yoshlar yetakchilarining ijobiy tavsiyanomasiga asosan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 126 nafar farzandiga “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlov-kontrakt mablagʻlarining 50 foiz qismi qoplab berildi.

🔘Zangiota tumani. ”Mevazor“ mahallasida yashovchi Sohiba Orifjonovaga “Yoshlar jamgʻarma”si mablagʻlari hisobidan tikuv mashinasi subsidiya tarzida olib berildi.

🔘Boʻstonliq tumani. Tuman hokimligida sektor rahbarlari bilan yoshlar uchrashuvi bo'lib o'tdi.

🔘Chinoz tumani. Yoshlarning ijtimoiy, iqtisodiy, tibbiy muammolari va taklif-istaklarini hal etish maqsadida reja-grafik asosida sektor rahbarlari va yoshlar uchrashuvlari oʻtkazilmoqda.

🔘Qibray tumani. Tuman prokurori 2-sektor hududidagi mahallalarda faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchilarining taklif va muammolarini oʻrganish bilan birga mahallalarda oʻtkazilayotgan xatlov natijalari yuzasidan suhbatlashdi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RSIH
Audio
#Dayjest

Chorshanba - Investitsiya, eksport masalalarini oʻrganish va sanoat zonalarida olib borilayotgan ishlar bilan tanishish kuni.

🔘
Statistika boshqarmasi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-sentabr oylarida Toshkent viloyatida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan jami investitsiya miqdori 22 999,0 mlrd. so‘mni tashkil etadi.

🔘Ohangaron tumani. “Angren” erkin iqtisodiy zonasining “Aqcha” blokida joylashgan investitsiya loyihalariga kommunikatsiya tarmoqlarini yaratib berish yuzasidan qator ishlar amalga oshirilmoqda.

🔘Qibray tumani. Hudud rahbari boshchiligidagi mutasaddilar tumanda faoliyatini yoʻlga qoʻygan “BowCo., LTD” (Janubiy Koreya) qoʻshma korxonasidagi sharoitlar va ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlari bilan yaqindan tanishdi.

🔘Toshkent tumani. “Oqibat” mahallasi hududida joylashgan kichik sanoat zonasidagi “EX-IM TRADE” MCHJ joriy yil yanvar oyida faoliyatini boshlagan va bugun 7 milliard soʻmlik investitsion majburiyatni bajarib, 40 ta yangi ish oʻrni yaratishga erishdi.

🔘Boʻka tumani. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tumani Kengashi tomonidan Agrotexnologiyalar texnikumi hamda 2, 4-sonli umumtaʼlim maktablari koordinatorlari va sardorlari ishtirokida “Buka Richland International” korxonasiga sayohat uyushtirildi.

🔘Quyi Chirchiq tumani. Abay mahallasidagi “Agro Anatoliya” issiqxonasi Turkiya bilan hamkorlikda qurilgan boʻlib, bu yerda ayni paytda yetishtirilayotgan pomidorlar 100 foiz eksportga yoʻnaltirilmoqda.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Tuman hokimligi masʼullari tomonidan “Navroʻz” mahallasidagi “PAKSHOO TASHKENT” xorijiy korxonasi faoliyati va muammolari oʻrganilib, ularni bartaraf etish boʻyicha zarur tavsiyalar berildi.

🔘Ohangaron shahri. Shahardagi “RUBBER TECHNICAL PRODUCTS” XK da xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida qish zaxirasi uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tarqatildi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RSIH
#Dayjest

18-noyabr – “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilingan kun. Mazkur sana munosabati bilan hududlarda oʻtkazilgan tadbirlar qisqa satrlarda...

🔘
Chinoz tumani. Bayram tantanalari oldidan mehmonlarga sharaf lentalari taqildi.

🔘Kadastr boshqarmasi.Bayroqqa hurmat – millatga muhabbat ramzi” shiori ostida “chellenj” oʻtkazildi.

🔘Yangiyoʻl shahar. Harbiylar, taʼlim va tibbiyot muassasalari vakillari hamda yoshlar ishtirokida “Muqaddasdir Vatan bayrogʻi!” shiori ostida avtokarvon tashkil etildi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani.Mustaqillik” maydoni uzra hilpirab turgan ulkan bayroq yonida katta bayram tadbiri tashkil etildi.

🔘Soliq boshqarmasi.Muqaddasdir Vatan bayrogʻi” shiori ostida soha xodimlari ishtirokida maʼrifiy suhbatlar uyushtirildi.

🔘Parkent tumani. Mudofaa boʻlimi va Milliy gvardiyaga qarashli harbiy texnikalar, otliq boʻlinmalar, avtoulovlarda harbiy xizmatchilar hamda faol yoshlar ishtirokidagi tantanali parad boʻlib oʻtdi.

🔘Adliya boshqarmasi. Davlat bayrogʻidan foydalanishning qonuniy asoslari, xususan, undan reklama maqsadida foydalanishga yoʻl qoʻyilmasligiga oid talablar keng targʻib qilindi.

🔘Ohangaron tumani. Harbiy qism askarlarlari mahalla yoshlari bilan uchrashib, bayroqni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlarni ijro etishdi.

🔘Bojxona boshqarmasi. Sana munosabati bilan “Farhod” chegara bojxona posti xodimlari chegaradan oʻtayotgan yoʻlovchilarni qutlashdi.

🔘Qibray tumani. Keng jamoatchilik bilan birga “Sogʻliq uchun 5000 qadam!” shiori ostida salomatlik aksiyasi oʻtkazildi.

🔘IIBB. “Bayrogʻim-gʻururim!” shiori ostida joylarda targʻibot tadbirlari boʻlib oʻtdi.

🔘Bekobod tumani. Korxona va tashkilotlar xodimlari, uyushmagan yoshlar ishtirokida bayram marofoni tashkil etildi.

🔘Viloyat prokuraturasi.Davlat bayrogʻi — baxt va iftixorimiz timsolidir!” mavzusida davlat ramzlariga nisbatan hurmat, faxr, muhabbat ruhida munosabatda boʻlish lozimligi borasida tashviqot-targʻibot ishlari yanada kuchaytirildi.

🔘Toshkent tumani. Shuhrating porlasin toki bor jahon!” shiori ostida keng jamoatchilik ishtirokida bayram tantanasi oʻtkazildi.

Telegram 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Vakansiya #dayjest

Xorijda ishlashni xohlovchilar diqqatiga!

Chet el davlatlarida ishlash istagida bo'lgan fuqarolar mazkur bo'sh ish o'rinlari to'g'risida ma'lumotga ega bo'lishi mumkin.

🔘Turkiyada temirchi, qolipchi, g‘isht teruvchilik bo'yicha bo'sh ish o'rinlari. Oylik maosh 950 AQSh dollari.

🔘Litvada tovuq go'shti mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonasidagi bo'sh ish o'rinlari. Oylik maosh 1000 yevro.

🔘Germaniyaning "CLAAS" konserni filiallariga mexanika sohasi mutaxassislari ishga qabul qilinadi.

🔘Yaponiyada qurilish ishlari bo'yicha ishchi-xodimlar talab etiladi. Oylik maosh 180600 yena-1200 AQSH dollari (brutto).

🔴Rossiya Federatsiyasining bir nechta korxonalarida vakansiyalar mavjud:

🔘ООО "Сопа групп" qurilish korxonasi. Oylik maosh 70-100 ming rubl.

🔘AO "СТАЛЬМОСТ" tashkiloti Tyumen va Yaraslavl shaharlariga ko‘prik metall konstruksiyalarini ishlab chiqarish yo‘nalishida bo‘sh ish o‘rinlarini e'lon qilmoqda.

🔘ООО "СПАР Мидл Волга" qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasidagi mabjud bo'sh ish o'rinlari. Oylik maosh 70-90 ming rublgacha mavjud.

🔘 "ДАТ Энерго" logistika korxonasi ishchi-xodimlarni bo'sh ish o'rinlariga taklif etadi. Oylik maosh 80 ming rubldan boshlanadi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yangilik
#dayjest

Endilikda viloyat hokimligi ijtimoiy tarmoqlaridagi kunlik dayjestlarni sunʼiy intellekt asosida yaratilgan jurnalist Muzayyana Davlatova tayyorlab boradi.

Muzayana Davlatova – Piskent tumanining farzandi, shoira, jurnalist, folklorshunos olima Muzayana Alaviya sharafiga qoʻyilgan. Uning yoshlikdagi surati asosida mazkur obraz – jurnalist siymosi yaratildi.

Maʼlumot oʻrnida, Muzayyana Alaviya – Oʻzbek xalq qoʻshiklarining badiiy-estetik xususiyatlari, marosim folklori boʻyicha tadqiqotlar olib borgan. Bir qator toʻplam va risolalar muallifi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM