Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
3.63K subscribers
39.5K photos
3.09K videos
59 files
12.9K links
Ushbu kanalda Qibray tuman hokimligi axborot xizmati Sizni tumanda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi islohotlar va yangiliklar hamda ko'plab zarur ma'lumotlar bilan tanishtirib boradi.
Download Telegram
#jarayon

Aholi orasida tushuntirish ishlari olib borilmoqda

Qibray tumani Favqulodda vaziyatlar bo'limi tomonidan "Yongin xavfsizligi oyligi" doirasida kunlarning sovishi natijasida isitish jihozlariga bo‘lgan ehtiyojning ortishi oqibatida moslamalardan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida is gazi bilan bog‘liq ko‘ngilsiz hodisalar va yuzaga kelishi mumkin bo'lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish maqsadida aholi xonadonlarida tushuntirish-targ'ibot ishlari davom etmoqda.


Eslatma: Is gazi (SO) rangsiz, hidsiz zaharli birikma bo‘lib, tabiiy gaz, yoqilg‘i, ko‘mir, o‘tin cho‘g‘lari to‘liq yonmasligi natijasida hosil bo‘ladi.

Xonadon yoki binoda gaz hidi sezilsa, oyna va eshiklarni zudlik bilan ochish, tashqariga chiqish va 104 raqami orqali gaz ta'minoti bo'limi avariya-dispetcherlik xizmati yoki 101, 1050 raqamlari orqali qutqaruv xizmatiga qo‘ng‘iroq qilish lozim.


✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

💬
telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
#jarayon

Norasmiy band qilingan fuqarolarning faoliyati legallashtirilmoqda


Qibray tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo’limi va tuman Soliq inspeksiyasi mas'ullaridan iborat ishchi guruh tomonidan hududlarda nazorat tadbirlari o'tkazilib, tadbirkorlik subyektlarida mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilish holatlari ko'zdan kechirilmoqda.

Jumladan, Ishchi guruh tomonidan Sohibkor, Birlik, Navroʻz va Bobur mahallalarida o’tkazilgan shu kabi nazorat tadbirlari davomida umumiy ovqatlanish va xizmat koʻrsatish shaxobchalarida, qurilish korxonalarida ayrim fuqarolar norasmiy faoliyat olib borayotganligi aniqlanib, ishchi-xodimlarning faoliyatini qonuniylashtirish bo’yicha shu yerning o’zida hujjatlar rasmiylashtirildi.

Nazorat tadbirlari davomida tadbirkorlar bilan tushuntirish ishlari olib borilib, ularga huquqiy maslahatlar berildi.


✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

💬
telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
#jarayon

Ishchi xodimlarning faoliyatini qonuniylashtirish bo'yicha nazorat tadbirlari davom etmoqda


Qibray tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo’limi va tuman Soliq inspeksiyasi mas'ullaridan iborat ishchi guruh tomonidan Bunyodkor, Iftihor, Shodlik va Beruniy mahallalaridagi qishloq xo'jaligiga ixtisoslashtirilgan korxonalar va tadbirkorlik subyektlarida faoliyat olib borayotgan xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilish holatlari ko'zdan kechirildi.

Nazorat tadbirlari davomida norasmiy faoliyat olib borish holatlari aniqlanib, ishchi-xodimlarning faoliyatini qonuniylashtirish bo'yicha tadbirkorlar va korxona rahbarlari bilan tushuntirish ishlari olib borilib, belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

💬
telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
#jarayon

"Yong'in xavfsizligi oyligi" doirasida keng ko'lamli targ'ibot tadbirlari o'tkazilmoqda

Jumladan, oylik doirasida Qibray tumani Favqulodda vaziyatlar bo'limi xodimlari tomonidan mahalla va ijtimoiy soha obyektlarida aholi hamda xodimlar bilan profilaktik suhbatlar o'tkazilib, xonadon va binolardagi gaz hamda elektr jihozlari tegishli mutaxassislar bilan birgalikda nazoratdan o'tkazilmoqda.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

💬
telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
#jarayon

Tumandagi mavjud zovurlarda mavsumiy ishlar olib borilmoqda

Jumladan, Qibray tumani Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi tomonidan tumandan temiryo’l hududiga yaqin zovurlarda maxsus texnikalar yordamida tozalash ishlari olib borilmoqda.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
#jarayon

Norasmiy band qilingan ishchilarning faoliyati legallashtirilmoqda


Jumladan, Qibray tumani hokimi o'rinbosari U.Botirov boshchiligida tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo’limi va tegishli tashkilot xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan Mirzo Ulug'bek, Fidokor, Farovon va Tinchlik mahallalarida o'tkazilgan o'rganishlar davomida mahallalardagi qishloq xo'jaligi va sanoat korxonalarida faoliyat olib borayotgan xodimlarning qonun hujjatlariga rioya etgan holda faoliyati ko'zdan kechirildi.

O'rganishlar davomida aniqlangan norasmiy faoliyat olib borish holatlari bo'yicha tadbirkorlarga tushuntirishlar berilib, ishchi-xodimlarning faoliyatini qonuniylashtirish bo'yicha shu yerning o'zida belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

💬
telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
#jarayon

"Yong'in xavfsizligi oyligi"doirasida ishlab chiqarish korxonalari ko'zdan kechirildi

Tuman Favqulodda vaziyatlar bo'limi xodimlari "Yongʼin xavfsizligi oyligi"doirasida tumanda joylashgan ishlab chiqarish korxonalarida xodimlar bilan profilaktik suhbatlar o'tkazib, mavjud qozonxonalar va elektor shitlarning yong'in xavfsizligi talablariga mosligi ko'zdan kechirildi.

Korxona ishchi xodimlari gaz va elektr jihozlaridan to'g'ri foydalanish va xavfszlik qoidalariga rioya qilish bo'yicha zarur tavsiyalar berildi.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

💬
telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
#jarayon

Issiqxonalarda sabzavot va poliz mahsulotlari nazoratdan o'tkazilmoqda

Qibray tumani O'simliklar karantini va himoyasi agentligi fitosanitar inspektorlari tomonidan tumandagi issiqxonalar ko'zdan kechirilib, poliz mahsulotlarining holati o'rganilmoqda va qishki mavsumda yetishtirilayotgan sabzavot va poliz mahsulotlarini tartib bo'yicha fitosanitar dala nazoratidan o'tkazilmoqda.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

💬
telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
#jarayon

Qibray tumani yo'llardan foydalanish davlat muassasasi xodimlari tomonidan yog’ingarchilik kunlarida suv toshishlarni oldini olish maqsadida markaziy ko'chalardagi ariqlar turli chiqindilardan tozalash choralari ko’rilmoqda.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

💬
telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
#jarayon

🔹Tuman obodonlashtirish xodimlari tomonidan hududlardagi yo'llar va ariqlar chiqindlardan tozalanib, tartibga keltirilmoqda.

Shuningdek, ichki ko'chalar va belgilangan hududlarga "Yashil makon" loyihasi doirasida manzarali daraxt va archa ko'chatlari ekilmoqda.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

💬
telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube