Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
3.63K subscribers
39.6K photos
3.1K videos
59 files
12.9K links
Ushbu kanalda Qibray tuman hokimligi axborot xizmati Sizni tumanda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi islohotlar va yangiliklar hamda ko'plab zarur ma'lumotlar bilan tanishtirib boradi.
Download Telegram
#munosabat

Telegram ijtimoiy tarmog’i orqali Shalola-May mahallasi yo’nalishidagi 4R8 davlat ahamiyatidagi avtomobil yolining nosozligi aks etgan video murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Qibray tuman yo’llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan joriy yilda 4R8 Yonariq-Madaniyat-Taraqqiy-Mehnat-Shalola-May-Yangi avlod-Shaqrq-Jomiy yo’nalishi bo’yicha davlat ahamiyatidagi avtomobil yo’llarini joriy ta’mirlash rejalashtirilgan bo’lib,
bugungi kunga qadar, Yonariq-Madaniyat-Taraqqiy-Mehnat yo’nalishi bo’yicha (0-8km)joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Noqulay ob-havo sharoiti sabab, olib borilayotgan ta’mirlash ishlari qisqa muddatga to’xtatilgan edi. Hozirda, havoning qulayligini inobatga olib, Qibray tuman yo’llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan 4R8 avtomobil yo’lining qolgan Mehnat-Shalola-May-Yangi avlod-Shaqrq-Jomiy yo’nalishi bo’yicha ishlar davom ettirilishini bildirib o’tamiz.

Noqulayliklar uchun aholidan uzr so’raymiz.

✍️ Qibray tuman hokimligi Аxborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida to‘qimachilik sohasida eksport va investitsiya hajmlarini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan o’tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ko’tarilgan masalalar bo’yicha Qibray tumani Kambag’allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo’limi boshlig’i Xusan Avazmatovning munosabati "Nurafshon TV" telekanali lavhasida
.

✍️ Qibray tumani hokimligi Аxborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube
#munosabat

Yoshlar — mamlakatimiz taraqqiyotining drayveriga aylanadi

Xalq deputatlari Qibray tumani Kengashi deputati Doniyor Yusupovning "Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili" davlat dasturida belgilangan vazifalar yuzasidan munosabati

👉Batafsil


✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
#munosabat

Qibray tumani Shalola va May mahallalarida ichimlik suvi bilan bog‘liq muammolar yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz.

Haqiqatan, "Toshkent viloyati suv ta'minoti" AJ Qibray tumani filialiga qarashli "UzNIJI" suv inshootida o‘rnatilgan D-200-90 nasos agregati dvigatelining asosiy yuqori kuchlanishda ishlashi oqibatida yuzaga kelgan avariya sababli, joriy yilning 2 may kuni soat 20:00larda Qibray tumanidagi Shalola va May mahallalariga ichimlik suvi yetkazib berish to‘xtatilgan va bu haqida zudlik bilan mazkur mahalla raislari, mahallalar hamda markaziy tuman shtabi telegram guruhlari orqali aholiga ma'lumot berilgan.

"Toshkent viloyati suv ta'minoti" AJ Qibray tumani filiali tomonidan tezkor choralar ko‘rilib, qo‘shimcha nasoslar ishga tushurilishiga qaramay, ichimlik suvi bosimini bir me'yorga keltirish imkoni bo‘lmaganligi sababli, maxsus texnikalar yordamida aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash maqsadida amaliy ishlar olib borildi.

Hozirda, yuzaga kelgan nosozlikni to‘liq bartaraf etish va aholiga bugunning o‘zida ichimlik suvini uzluksiz yetkazib berilishini ta'minlash maqsadida yuqori bosimli (umumiy qiymati 500 mln so'm bo'lgan 300 m3
, avvalgisi 200 m3) nasos agregati dvigatelini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.
Ichimlik suvi ta'minotidagi muammolar to‘liq bartaraf etilgunga qadar "Toshkent viloyati suv ta'minoti" AJ Qibray tumani filiali tomonidan maxsus texnikalar yordamida suv yetkazib berilishi nazoratga olingan.


Keltirilgan noqulayliklar uchun iste'molchilardan uzr so'raymiz

✍️Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati
#munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Uzumzor mahallasidan o‘tuvchi yo‘ldagi nosozliklar yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz

Qibray tumani yo‘llardan foydalanish davlat muassasasiga qarashli mazkur (Jambul qishlog‘iga Shahobcha) 4K693b umumfoydalanuvdagi markaziy yo‘lning ayrim qatnov qismidan belgilangan dastur doirasida aholiga ichimlik suvini uzluksiz yetkazib berish maqsadida quvurlar o‘tkazilganligi sababli, ta'mirtalab holga kelib qolgan. Havoning qulayligini inobatga olib, Qibray tumani yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan joriy yilning 30 may kunidan Uzumzor-Oqoltin yo‘nalishi bo‘yicha 5 km umumfoydalanuvdagi markaziy yo‘lda joriy ta'mirlash ishlari olib boriladi
.

Keltirilgan noqulayliklar uchun Qibray tumani yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi haydovchilardan uzr so‘raydi
#munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Qibray tumani O’tkir mahallasi Billur kochasida yashovchi bir guruh fuqarolar tomonidan yo’llangan murojaat yuzasidan tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo'limi quyidagilarni malum qiladi

👉Batafsil

✍️Qibray tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo'limi
#munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kadastr hujjatlarini rasmiyashtirishdagi tushunmovchiliklar yuzasidan yo'llangan murojaat yuzasidan Iqtisodiyot va moliy vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlar palatasi Qibray tumani filiali quyidagilarni ma'lum qiladi


Qibray tumanining "Tuzel" hududidagi mahallalalar hukumatning tegishli qaroriga asosan, Yashnobod tumaniga o'tkazilganligi sababli mazkur hududdagi mahallalalarda yashovchi aholi xondonlariga tegishli kadastr va boshqa hujjatlar (nushalari) Yashnobod tumaniga belgilangan tartibda topshirilgan
. Shu sababdan, hozirda "Tuzel" hududidagi mahallalalarda yashovchi fuqarolardan kadastr hujjatlari bilan bog'liq masalalar yuzasidan Davlat kadastrlar palatasi Yashnobod tumani filialiga murojaat qilishlarini so'raymiz.

✍️Kadastr agentligi Davlat kadastrlar palatasi Qibray tumani filiali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat

O’zbekiston-Turkiya strategik hamkorlikning yangi bosqichi haqida Xalq deputatlari Qibray tumani Kengashi deputati Doniyor Yusupovning munosabati


✍️ Qibray tumani hokimligi Аxborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube
​#munosabat

“QIBRAY-VAHOBOV ABDUVOXID” fermer xoʼjaligi rahbarining murojaati yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz

👉Batafsil
#munosabat

Ijtimoiy tarmoq orqali Qibray tumanidagi bir guruh tadbirkorlar tomonidan yo'llangan murojaat yuzasidan Toshkent viloyati Avtomobil yo'llar bosh boshqarmasi quyidagilarni ma'lum qiladi

Toshkent viloyatining Qibray tumani va Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidan o‘tuvchi Temur Malik ko‘chasi ya'ni, M39b “Toshkent xalqa avtomobil yo‘li” avtomobil yo‘lida 32-34 kmlarida yo‘lovchilar uchun qulayliklar yaratish maqsadida piyodalar yer osti yo‘li va piyodalar yo‘lakchasi qurish orqali avtomobil transporti tirbandliklarini oldini olish ishlari amalga oshirilmoqda.
Ushbu ishlar tasdiqlangan Dovlat dasturiga asosan ishlab chiqilgan loyiha smeta hujjatlar asosida amalga oshirilmoqda. Murojaatda M39b “Toshkent xalqa yo'li” Qibray tumani hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘linining chap tomonidan transport vositalari uchun avtomobil yo‘liga chiqish tutashmasini ochish joylari piyodalar o‘tish yo‘lagi va piyodalar uchun yer osti o‘tish joylarida transport vositalarini kirib chiqishi ochib berilsa piyodalar bilan bog‘liq yo‘l transport hodisalarini sodir bo‘lishiga sabab bo‘lib qolishi va yo'lovchilarni qatnoviga ta'sir ko‘rsatishi sababli loyihalashtirish jarayonida inobatga olingan.
Hozirgi vaqtda tadbirkorlar uchun “Qoramurt” ko‘chasidan avtomobillar harakatlanishi uchun qo'shimcha imkoniyati mavjud.


✍️Toshkent viloyati Avtomobil yo'llar bosh boshqarmasi
#munosabat

"Nurafshon TV" telekanali orqali Qibray tumani "Fidokor" mahallasidagi bir guruh fuqarolarning yo'llagan murojaat va muammolari O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi orqali hal etilishini ma'lum qilamiz.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati
#munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali chiqindilar to’planib qolganligi yuzasidan berilgan videolavha yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz

Tumandagi markaziy Avtoshoxbekat atrofida fuqarolar tomonidan tashlab ketilgan maishiy chiqindilar tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan doimiy ravishda kun davomida belgilangan vaqtda olib ketilishi nazoratga olingan.Ushbu video olingan kuni ham chiqindilar belgilangan vaqtda olib ketilgan.
Fuqarolardan chiqindilarni belgilangan joylarga yoki maxsus qutilarga tashlashlarini so’rab qolamiz.

Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati