Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
3.63K subscribers
39.5K photos
3.08K videos
59 files
12.9K links
Ushbu kanalda Qibray tuman hokimligi axborot xizmati Sizni tumanda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi islohotlar va yangiliklar hamda ko'plab zarur ma'lumotlar bilan tanishtirib boradi.
Download Telegram
#sayyor_qabul

2-sektor mas'ullari "Yangiobod" mahallasida sayyor qabul o'tkazdi

Qibray tumani prokuraturasi mas'ul xodimlari mahalla fuqarolari tomonidan bildirilgan, shu kinga qadar yechimini kutayotgan turli sohalardagi murojaat va muammolarini atroflicha o'rgandilar.

Shuningdek, mahalladagi kommumal va ijtimoiy sohalardagi mavjud muammolarini ijobiy hal etish va ularga yechim topish bo'yicha vazifalar belgilab olindi.


✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
Матбуот ва оммавий ахборот воситалари ходимларига табрик

Поздравление работникам печати и средств массовой информации

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#eʼtibor

Bolajonlarning yozgi ta'tillarini maroqli o'tkazish uchun turli tadbirlar o'tkazilmoqda

Xususan, Qibray tuman hokimligi tashabbusi bilan "Yoshlar oyligi" doirasida, tumandagi ko'zi ojizlar jamiyati a'zolarining 20 nafar farzandlari uchun Toshkent shahrida joylashgan, hayvonot bog'iga sayohat uyushtirildi.Ekskursiya davomida bolajonlar yovvoyi hayvonlar va ularga g‘amxo‘rlik qilish haqida ko‘p ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Shuningdek, tumandagi "Mix Burger" umumiy ovqatlanish shoxobchasi tomonidan bolalar uchun tushlik dasturxoni yozildi.


✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
#2024_yil_1_iyuldan

🔰 Qonunchilikka ko'ra, onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarga chalingan 18 yoshdan 21 yoshgacha bo'lgan (21 yosh ham kiradi) bemorlar belgilangan tibbiyot markazlarining bolalar gematologiyasi va onkologiyasi bo'limlarida, shuningdek, ular voyaga yetgunlariga qadar ushbu kasallik bo'yicha tibbiy yordam ko'rsatgan boshqa tibbiyot tashkilotlarida bepul davolanishni davom ettiradi.

https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yoshlar_davlat_eʼtiborida

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosi doirasida AloqaBank rahbariyati va Yoshlar ishlari agentligi Qibray tumani bo'limi hamda “Yonariq” mahallasi yoshlar yetakchisi hamkorligida dastur ijrosi bajarilmoqda.

Mahalladagi yoshlar toifalar kesimida ish tashkil etilgan hal etish lozim bo‘lgan muammolar yechimi bo‘yicha zarur choralar belgilab olingan.


telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
#murojaat_ijro

"Adolat qabulxona"siga qilingan murojaat ijobiy hal etildi

👉Batafsil

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
Korxona va tashkilotlar uchun Pensiya jamg‘armasi tomonidan muhim qulaylik yaratildi

Bugungi kunga qadar korxona va tashkilotlar
imtiyozli shaklda tayinlangan pensiyalarni to‘lashga sarflangan xarajatlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni olish uchun Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limlariga murojaat qilishi kerak edi.

Yangi joriy etilgan tartibga ko‘ra, endilikda, korxona va tashkilotlar qulay shaklda, ya'ni imtiyozli shartlarda tayinlangan pensiyalar va ularga hisoblangan xarajatlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali” (
my.gov.uz) orqali onlayn olishlari mumkin.

Mazkur xizmat Pensiya jamg‘armasi va Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yildi.

Buning natijasida 4 mingdan ziyod korxona va tashkilotlar uchun hech qayerga murojaat etmagan holda tegishli ma'lumotlarni
my.gov.uz portali orqali osongina olish imkoniyati yaratildi.

👉 Xizmatdan quyidagi havola orqali foydalanish mumkin:
https://my.gov.uz/uz/service/1077

📞 12-71     🌐 pfru.uz

Telegram | 💬Facebook |📸 Instagram | 📹 Youtube
#Қутлов

Ҳурматли оммавий ахборот воситалари ходимлари ҳамда медиа соҳаси фаоллари!

Сиз ва Сизнинг тимсолингизда ўз ҳаёти ва тақдирини шу машаққатли, айни пайтда, шарафли касб билан боғлаган барча соҳа вакилларини Матбуот ва оммавий ахборот воситалари ходимлари куни билан самимий табриклайман!

Давлатимиз раҳбари таъкидлаганидек, кейинги йилларда юртимизда сўз эркинлиги ва фикрлар хилма-хиллигига эришиш йўлида кенг имкониятлар очилаётгани медиа воситалари вакилларининг ижтимоий-сиёсий жараёнлардаги иштироки, ўрни ва нуфузини янада кучайтирмоқда.

Бугунги кунда Тошкент вилоятида ҳам 48 номда босма оммавий ахборот воситалари фаолият юритяпти. 25 номдаги вилоят, туман ва шаҳар хокимликлари муассислигидаги газеталар узлуксиз чоп этиляпти.

Шунингдек, бундан уч йил аввал иш бошлаган Ўзбекистон миллий телерадиокоманиясининг “Нурафшон” Тошкент вилояти телерадиоканали ҳам йилдан йилга фаоллашиб, такомиллашиб бормоқда. Вилоятимизда жойлашган “Ориат доно” радиоси бугун мамлакатимизда энг кўп тингловчиларга эга радиоканаллардан биридир.

Шу билан бирга, вилоятимизда интернет журналистикаси, хусусан, ижтимоий тармоқларда саҳифа юритадиган блогерларимизнинг фаоллиги эътиборга лойиқдир.

Йилдан йилга ахборот хизмати раҳбарлари билим салоҳияти ортиб, рейтингларда юқори ўринларга эга бўлаётган ахборот хизматлари сафи кенгайиб бормоқда. Хусусан, 2021 йилда республика рейтингида 2 нафар хокимлик ахборот хизмати раҳбарининг фаолияти аъло баҳоланган бўлса, 2023 йилда туман ва шаҳар ахборот хизматлари раҳбарларининг 4 нафари юқори кўрсаткичларни қайд этди.

Фурсатдан фойдаланиб, мана шу файзли даврада жамулжам бўлган барча журналист ва блогерларимизга, марказий оммавий ахборот воситаларининг муҳаррир ва мухбирларига вилоятимизда амалга оширилаётган ислоҳотларни кенг жамоатчиликка етказишдаги фидокорона хизматлари учун алоҳида миннатдорлик билдираман.

Ҳамиша сўзингиз равон, қаламингиз ўткир бўлсин! Ижодингиз янада гуллаб-яшнасин, меҳнатларингизнинг роҳатини кўриб юринг, ҳеч қачон кам бўлманг!

Яна бир бор байрам барчамизга муборак бўлсин!

Зойир Мирзаев,
Тошкент вилояти ҳокими


📱 Instagram | 📱 Twitter | 🌐YouTube📱 Facebook  | 🕊Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#koʼrik_tanlov

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Qibray tuman bo'linmasi hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tizimli yo'lga qo'yish bo'yicha har tomonlama ko'maklashish, sohadagi faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida "Eng yosh ma'naviyatchi - 2024" ko'rik-tanlovining tuman bosqichi o'tkazildi.

Belgilangan shartlar bo'yicha ma'naviy-ma'rifiy ishlarga mas'ul xodimlar o'zaro bellashdi hamda yakuniy natijalarga ko'ra, Choriyev To'ronbek g'olib deb topildi.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
#bildirish

"Qibraytumangaz" gaz ta'minoti bo'limi ma'lum qiladi:

Qibray tumani Qurilish mahallasi Fazilat ko'chasi boylab yo'nalgan yer usti D159 mm orta bosimli gaz quvurida olovli ishlar olib borilishi sababli, 28-iyun kuni soat 9:00dan 17:00 ga qadar Qurilish, Ziyokor va Madaniyat mahallalarida vaqtincha gaz taminoti toxtatiladi

Ishlar tugatilgandan so'ng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Noqulayliklar uchun “Qibraytumangaz” gaz taʼminoti bolimi uzr so'raydi.

Dispetcherlik xizmati:
☎️ 78/150-02-84, 95/160-02-84, 95/170-02-84


✍️ Qibray tuman hokimligi Аxborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube