Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
3.63K subscribers
39.5K photos
3.08K videos
59 files
12.9K links
Ushbu kanalda Qibray tuman hokimligi axborot xizmati Sizni tumanda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi islohotlar va yangiliklar hamda ko'plab zarur ma'lumotlar bilan tanishtirib boradi.
Download Telegram
#jarayon

Qibray tumani yo'llardan foydalanish davlat muassasasi xodimlari tomonidan markaziy ko'chalar va ariqlar turli chiqindilardan tozalanib, hududlar tartibga keltirilmoqda.

Shuningdek, harakat xavfsizligini ta'minlash maqsadida yo'l belgilari o'rnatilib, mavjud belgilar yangilanmoqda.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
#mehnat_yarmarka Mehnat yarmarkasi davomida fuqarolarga ish va kasb-hunarga o’qish uchun yo'llanmalar berildi Qibray tuman prokuraturasi tashabbusi bilan Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi va Majburiy ijro byurosi tuman bo'limi…
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#telenigoh

Qibray tuman prokuraturasi tashabbusi bilan Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi va Majburiy ijro byurosi tuman bo'limi hamkorligida o'tkazilgan bo‘sh ish o‘rinlari “Mehnat yarmarkasi” tafsilotlari "Nurafshon TV" telekanali lavhasida.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
#reyd

Qibray tumanidagi markaziy ko'chalarda o'rnatilgan kuzatuv kameralari, belgilanmagan joylarga chiqindi tashlash holatlarini qayd etib bormoqda.

Eslatma: Belgilanmagan joylarga chiqindi tashlaganlik uchun MJtKning 91/1-moddasiga asosan (jismoniy shaxslar 340 mingdan 1 mln 20 ming so'mgacha, yuridik shaxslar 3 mln 400 mingdan 5mln 100 ming so'mgacha) jarimaga tortiladi.


✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
#uchrashuv

Tumandagi mahallalarda profilaktik tadbirlar o'tkazilib, sodir etilgan jinoyatlar muhokama qilinmoqda

Jumladan, Qibray tumani prokurori o‘rinbosari F.Aliyev va IIB huzuridagi TB boshlig‘i D.Norovlar 2-sektor hududidagi "Zebiniso" mahallasida bo'lib, aholi vakillari bilan mahallada sodir etilgan firibgarlik jinoyat ishini muhokama qildilar.

Uchrashuv davomida bu kabi salbiy holatlarning kelib chiqish sabablari tahlil qilinib, sodir etilayotgan har qanday jinoyat uchun jazo muqarrarligi ta'kidlab o'tildi.


✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, transport vositasini boshqarish huquqiga ega bo'lishi uchun o'rganuvchi o'quv muddati yakunida:

"A" toifasi uchun — 16 yoshga;
"B" va "C" toifalari uchun — 18 yoshga;
"BE" va "CE" toifalari uchun — 19 yoshga;
"D" va "DE" toifalari hamda tramvay va trolleybuslar uchun 21 yoshga to'lgan bo'lishi kerak.

https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#eʼtibor

Qibray tumani prokuraturasi va Yoshlar ishlari agentligi tuman bo'limi hamkorligida tumandagi yoshlarni qo'llab-quvvatlash borasida amaliy ishlar olib borilmoqda

Bu boradagi ishlar "Nurafshon TV" telekanali lavhasida

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
Бугун Президент Шавкат Мирзиёев 30 июнь - Ёшлар куни муносабати билан бир гуруҳ ёшларга давлат мукофотларини топширади ҳамда ёшлар сиёсати соҳасида амалга оширилган ишлар сарҳисоби, ёшларни ҳар томонлама қўллаб-қувватлаш чора-тадбирлари юзасидан видеоселектор йиғилиши ўтказади.

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев вручит государственные награды группе молодых людей по случаю 30 июня - Дня молодежи, а также проведет видеоселекторное совещание, посвященное подведению итогов проделанной работы в сфере молодежной политики и мерам всесторонней поддержки молодежи.

Facebook|Instagram|X
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида ёшлар сиёсатига бағишланган видеоселектор йиғилиши ҳамда ёшлар билан мулоқот бошланди.

Давлатимиз раҳбари мамлакатимизда сўнгги етти йил ёшларни қўллаб-қувватлаш, уларни истеъдод ва салоҳиятини рўёбга чиқаришда “катта сакраш даври” бўлганини таъкидлади.

Шу етти йил ичида ёшларга оид 100 дан зиёд қонун ва қарор қабул қилиниб, 200 дан ортиқ имтиёз берилди.

Биргина таълим кредитидан 151 минг ёшлар фойдаланди. Эҳтиёжманд оиладан бўлган яна 110 минг талабанинг контрактини тўлашга 332 миллиард сўм ажратилди.

Натижада олий таълимда қамров 9 фоиздан 42 фоизга, олийгоҳлар сони эса 77 тадан 212 тага етди.

Facebook|Instagram|X
Бугунги кунда 110 минг ўғил-қизларимиз хорижда таҳсил олмоқда.

“Эл-юрт умиди” жамғармаси орқали етти йилда АҚШнинг “Печак лигаси”га кирувчи Гарвард, Йель, Колумбия, Стенфорд каби топ-8 та, Буюк Британиянининг “Расселл гуруҳи”даги Оксфорд, Кэмбридж, Бирмингем каби 24 та олийгоҳни 50 нафар ёшларимиз битирди.

Бу нуфузли олийгоҳларда ўқиётган ёшларимиз сони эса 200 дан ошди.

Facebook|Instagram|X