Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
3.63K subscribers
39.5K photos
3.07K videos
59 files
12.8K links
Ushbu kanalda Qibray tuman hokimligi axborot xizmati Sizni tumanda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi islohotlar va yangiliklar hamda ko'plab zarur ma'lumotlar bilan tanishtirib boradi.
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#hamkorlik

Senator, Qibray tumani hokimligi mas’ullari va tuman deputati hamkorligida mahallalarda faoliyat olib borayotgan mahalla yettiligi bilan o’tkazilgan uchrashuv tafsilotlari “Nurafshon TV” telekanali lavhasida.

Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
Самарали Ўзбекистон-Россия саммити якунига етди. Аэропортда Президент Владимир Путинни Президентимиз Шавкат Мирзиёев кузатиб қўйди. Давлат раҳбарлари самимий хайрлашдилар.

Плодотворный узбекско-российский саммит завершился. В аэропорту Президента Владимира Путина проводил Президент Шавкат Мирзиёев. Главы государства тепло попрощались друг с другом.

#Mirziyoyev #tashrif #Rossiya #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Миср Араб Республикаси Сенати раиси Абдулваҳоб Абдулрозиқ бошчилигидаги делегацияни қабул қилди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял делегацию Сената Арабской Республики Египет во главе с его председателем Абдулвахабом Абдулразиком.

#Mirziyoyev #qabul #Misr #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Ислом дунёси таълим, фан ва маданият ташкилоти (ISESCO) бош директори Салим ал-Маликни қабул қилди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял генерального директора Организации образования, науки и культуры Исламского мира (ISESCO) Салима аль-Малика.

#Mirziyoyev #qabul #ISESCO #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#hamkorlik

Tuman hokimi: Xorijiy tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash va ularning huquqlarini himoya qilish birlamchi vazifamiz bo'ladi

Qibray tumani hokimi Muzaffar Rashidov va sektor rahbarlari birgalikda Xitoy Xalq Respublikasi Zanjan provintsiyasining tadbirkorlar uyushmasi raisi Sy I Chao boshchiligidagi bir guruh tadbirkorlarni qabul qilib, ularning hamkorlik rejalari bilan tanishdilar.

Uchrashuvda, ko'plab taniqli kompaniyalar faoliyat olib boradigan mazkur provintsiya mas'ullari va tadbirkorlar, tuman salohiyatidan kelib chiqib, kelgusida turli sohalarda ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish bo'yicha o'z takliflarini bildirdilar.

O'z navbatida tuman hokimi, xorijlik sarmoyadorlarga bildirilgan ishonch va taklif uchun minnatdorchilik bildirib, ushbu takliflarni amalga oshirishda
hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini aytib o’tdi.

✍️ Qibray tumani hokimligi Аxborot xizmati

/telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг таклифига биноан Мўғулистон Президенти Ухнаагийн Хурэлсух 23-26 июнь кунлари давлат ташрифи билан мамлакатимизда бўлади.

По приглашению Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева Президент Монголии Ухнаагийн Хурэлсух 23-26 июня посетит нашу страну с государственным визитом.

#Mirziyoyev #tashrif #Muguliston #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#hamkorlik

Tuman hokimining Xitoy Xalq Respublikasiga rasmiy safari davomida 30 million dollarlik shartnoma imzolandi

👉Batafsil

✍️ Qibray tumani hokimligi Аxborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube
#hamkorlik

Tuman hokimi safar davomida yana bir o‘zaro manfaatli kelishuvga erishdi

Ma'lum qilganimizdek, xizmat safari bilan Xitoy Xalq Respublikasida bo'lib turgan, Qibray tumani hokimi Muzaffar Rashidov, Urumchi shahridagi ishbilarmon doira vakillari bilan uchrashib, turli sohalarda
hamkorlik qilish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo'yicha o'zaro muzokaralar olib bormoqda.

Xususan, xizmat safari davomida tuman hokimi
, "Boertala Mongolian Autonomy State Xueke Leather Industry Limited Liadility Company” rahbari bilan o'tkazgan muzokaralari yakunida, tumanda terini qayta ishlash loyihasini ishga tushirish bo'yicha 30 million dollarlik kelishuvga erishildi.

Shuningdek, tuman hokimining XXRga xizmat safari davomida avtomobil ehtiyot qismlari va metal konstruksiyalarini ishlab chiqaruvchi korxonalar rahbarlari bilan muzokaralar o’tkazish rejalashtirilgan.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
#hamkorlik

"Xinjiang Helimet Special Steel Structure” va “Xinjiang Kaisibi International Trade CO., LTD” kompaniyasi bilan bitimlar imzolandi

Jumladan, Qiray tumani hokimi Muzaffar Rashidov, Urumchi shahriga xizmat safari davomida metal konstruksiyalari ishlab chiqaruvchi "Xinjiang Helimet Special Steel Structure” kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi.

Tomonlar hamkorlikni yo'lga qo'yish uchun investitsiya loyihalarini amalga oshirish borasida 5 million dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar kiritish bo‘yicha
hamkorlik kelishuvini imzoladilar.

Shuningdek, shahardagi “Xinjiang Kaisibi International Trade CO., LTD” kompaniyasi faoliyati bilan tanishgan tuman hokimi, kompaniya rahbarlari bilan muzokaralar o'tkazdi va loyiha qiymati 5 million dollarlik kelishuvga erishdi. Mazkur korxonaning asosiy faoliyati avtomobil ehtiyot qismlari ishlab chiqarish hisoblanadi.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
#hamkorlik

Butun jahon yoshlar festivali ishtirokchilari Qibray tumanidagi “YTONG” korxonasi faoliyat va sharoitlari bilan tanishdilar


Ma'lumot o'rnida, mazkur korxonada yiliga 450 ming kub qurilish mollari (gazobeton) ishlab chiqarish mo'ljallangan bo'lib, korxonaning umumiy loyiha qiymati 28 mln 600 ming dollarni tashkil etadi.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Қозоғистон Республикаси Президенти Қасим-Жомарт Тоқаевнинг таклифига биноан Шанхай ҳамкорлик ташкилоти Давлат раҳбарлари кенгашининг навбатдаги мажлиси ва "ШҲТ плюс" форматидаги учрашувда иштирок этиш учун 3-4 июль кунлари амалий ташриф билан Остона шаҳрида бўлади.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Президента Республики Казахстан Касым-Жомарта Токаева 3-4 июля посетит с рабочим визитом город Астану для участия в очередном заседании Совета глав государств Шанхайской организации сотрудничества и встрече в формате «ШОС плюс».

#Mirziyoyev #sammit #ShHT #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#hamkorlik

Xitoylik sarmoyadorlar tumandagi imkoniyat va sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar

Avvalroq, Qibray tumani hokimi Muzaffar Rashidov, xizmat safari bilan Xitoy Xalq Respublikasida bo'lib, tumanga xorijiy investitsiya kiritish va eksport geografiyasini kengaytirish maqsadida Urumchi shahri tadbirkorlari bilan uchrashuvlar o'tkazib, o'zaro manfaatli kelishuvlarga erishgan edi.

Mazkur kelishuvlarga asosan, Xitoy davlatining “XINJIANG YUNXINDA IT COMPANY” rahbarlari, tumanga tashrif buyurib,
hamkorlik ishlarini yo'lga qo'yish va bu borada tumanning salohiyati hamda imkoniyatlari bilan tanishdilar.

Shuningdek, tumandagi ishlab chiqarish korxonalari bilan tanishgan sarmoyadorlar, o'zaro
hamkorlik qilish borasida tadbirkorlarga o'z biznes takliflarini bildirdilar.

Ma'lumot o'rnida, safar davomida mazkur kompaniya bilan tumanda ko'p sohalarda hamkorlik qilish bo'yicha 20 mln dollarlik kelishuvga erishilgan.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
Остона шаҳрида Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Хитой Халқ Республикаси Раиси Си Цзиньпиннинг музокаралари бўлиб ўтди.

В городе Астане состоялись переговоры Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева и Председателя Китайской Народной Республики Си Цзиньпина.

#Mirziyoyev #uchrashuv #Xitoy #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Туркий давлатлар ташкилотининг норасмий саммитида иштирок этиш учун 5-6 июль кунлари амалий ташриф билан Озарбайжонда бўлади.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев 5-6 июля посетит с рабочим визитом Азербайджан для участия в неформальном саммите Организации тюркских государств.

#Mirziyoyev #sammit #TDT #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#hamkorlik

Hokim o'rinbosari "Madeli"da ishga tushirilishi rejalashtirilgan loyihalar bilan tanishish maqsadida Mo'ynoq tumanida bo'ldi


Qibray tumani hokimi o'rinbosari A.Xoshimov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo'ynoq tumani Madeli ovuliga xizmat safari bilan borib, u yerda qibraylik tadbirkor tomonidan tashkil etilishi rejalashtirilgan loyihani ko'zdan kechirdi.

Mazkur tumanda, qishloq xo'jaligi texnikalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan "Chirchiqselmash" MChJ tomonidan 3 gektar maydonda umumiy qiymati 5 million dollar bo'lgan "Mo'ynoqselmash" korxonasini tashkil etish rejalashtirilgan.

Shuningdek, Madeli ovulining imkoniyatlaridan kelib chiqib, aholining turmush tarzini yaxshilash maqsadida "Ko'k suv" ko'lida baliqchilikni rivojlantirish bo'yicha hamkorlikdagi ishlar ham muhokama qilindi.Safar davomida jonliq so'yilib, ovuldagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olindi.


✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

💬telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hamkorlik

Bir guruh yoshlar favqulodda holatlarda tezkor harakatlanish bo'yicha birlamchi bilim va ko'nikmaga ega bo'ldilar

Qibray tumani Favqulodda vaziyatlar bo’limi va tuman Yoshlar ishlari agentligi bo’limi hamkorligida tuman FVBga biriktirilgan yoshlar ishtirokida favqulodda vaziyatlarni oldini olishga qaratilgan targ'ibot-tashviqot tadbiri o'tkazildi.

Chirchiq shahar Hayot faoliyati xavfsizligi o’quv markazida o'tkazilgan tadbir davomida yoshlarga favqulodda vaziyatlarning kelib chiqish sabablari, ularni oldini olish uchun zarur chora-tadbirlar boʻyicha soha mutaxassislari tomonidan nazariy hamda amaliy bilim va ko'nikmalar berildi. Tadbir yakunida faol yoshlarga tashakkurnomalar topshirildi.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

💬telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hamkorlik

Tuman hokimi Xitoy xalq respublikasining ishbilarmon doira vakillari bilan uchrashdi

Qibray tumani hokimi Muzaffar Rashidov, Butun Xitoy savdo va turizm palatasining Markaziy Osiyo bo'yicha departamenti direktori Chi Lu xonimni qabul qilib, o'zaro hamkorlikdagi rejalar yuzasidan muloqot qildi.

Muloqot davomida Chi Lu xonim, xitoylik tadbirkorlarni tumanga jalb qilgan holda, transport, logistika, turizm va ishlab chiqarish singari sohalarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda yaqin kunlarda tadbirkorlar bilan kengaytirilgan uchrashuvlar tashkil etish borasida o'z taklifini bildirdi.

Shu o'rinda, tuman hokimi ishonch va taklif uchun minnatdorchilik bildirib, ushbu loyihalarni amalga oshirishda
hamkorlik qilishga tayyor ekanligini aytib o’tdi.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

💬telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM