Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
3.58K subscribers
39.7K photos
3.13K videos
60 files
13K links
Ushbu kanalda Qibray tuman hokimligi axborot xizmati Sizni tumanda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi islohotlar va yangiliklar hamda ko'plab zarur ma'lumotlar bilan tanishtirib boradi.
Download Telegram
#Bu_muhim

📄NOSTRIFIKATSIYA HAQIDA 10 TA MUHIM MA'LUMOT

📝 Nostrifikasiya bu xorijiy davlatda berilgan ta'lim to'g'risidagi hujjatning ekvivalentligini qayd etish tartiboti.

✔️onunchilikka ko'ra xorijiy davlatda oliy ta'lim olganlik to'g'risidagi hujjatlarni tan olish Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
📎 Hujjatlarni tan olish va nostrifikasiya qilish to'g'risidagi arizalar faqatgina Davlat xizmatlari markazlari yoki Yаgona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi.
📌 Bunda
- o'rta maxsus va kasb-hunar (professional) ta'limi bo'yicha — bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari;
- oliy ta'lim, kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish ta'limi bo'yicha — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida yig'im undiriladi.
🔹 “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro'yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo'lgan belgilangan yig'imning 50 foiz miqdorida chegirma qo'llaniladi.
🔹 YIDXP orqali murojaat qilinganda yig'im davlat xizmatini ko'rsatganlik uchun belgilangan yig'imning 90 foizi miqdorida undiriladi.
Hujjatlar Ekspert komissiyasi tomonidan ko'rib chiqilib, ijobiy yoki salbiy xulosa beriladi.
🔹 Ijobiy xulosa berilgan talabgor ta'lim olgan ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklari bo'yicha test sinovi topshiradi. 🔹Test natijalari bo'yicha minimal ball (55 ball va undan yuqori) olgan talabgorning ta'lim to'g'risidagi hujjatlari tan olinadi (nostrifikasiya qilinadi).
🔹2022 yil 1 yanvardan keyin olingan xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik to'g'risidagi hujjatlar tan olish uchun topshirilganda, hujjatni bergan davlatning vakolatli organi tomonidan apostil qo'yilgan bo'lishi talab etiladi.
🔹 Xorijiy davlatlarda umumiy o'rta, o'rta, o'rta maxsus, kasb-hunar va malaka oshirish ta'limi olgan talabgorlarning xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik to'g'risidagi hujjatlari to'g'ridan-to'g'ri (sinovlarsiz) amalga oshiriladi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bu_muhim

⚡️Давлат хизматлари кўрсатиш соҳасидаги қонунчиликни бузиш жавобгарликка сабаб бўлади!

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Adliya_xabari #Yangilik #Bu_muhim

⚡️Endilikda istalgan ko‘chmas mulk tarixiga oid ma’lumotlarni olish mumkin!

🏠Hukumatning 380-son qarori bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentga asosan, endilikda “Koʻchmas mulk tarixi” maʼlumotlarini DXM, YIDXP yoki davreestr.uz portali orqali aniqlash boʻyicha davlat xizmati yoʻlga qoʻyildi.

📄Reglamentga asosan:

🤔Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan so‘rovnomada so‘ralayotgan ko‘chmas mulkning kadastr raqami ko‘rsatiladi;

📝Davlat xizmati uchun BHMning 50 foizi (165 000 ming soʻm) miqdorida yigʻim undiriladi;

🗓Kadastr agentligi Davlat kadastrlar palatasi so‘rovnomani uch ish kunida ko‘chmas mulk tarixi to‘g‘risidagi maʼlumotlarni taqdim etadi;

📝Ko‘chmas mulk tarixi to‘g‘risidagi maʼlumotda:

🔹obyektga nisbatan huquq turi va unga asos bo‘lgan hujjat;

🔹obyekt yoki yerning umumiy maydonlari;

🔹obyektning qurilgan yili kabilar ko‘rsatiladi.

❗️Maʼlumotnoma shaxsga doir maʼlumotlar oshkor etilmagan holda beriladi.

📌Maʼlumotnoma axborot xususiyatiga ega boʻlib, kelgusida rasmiy harakatlarni amalga oshirish uchun asos boʻlmaydi.


😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bu_muhim

👴👵Pensiya to'g'risida 5 ta kerakli va muhim ma'lumot:

1️⃣ O'zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar, O'zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng ravishda pensiya olish huquqiga egadirlar.

2️⃣ Yоshga doir pensiya olish huquqiga erkaklar 60 yoshga to'lganda va ish stajlari kamida 25 yil bo'lgan taqdirda, ayollar esa 55 yoshga to'lganda va ish stajlari kamida 20 yil bo'lgan taqdirda ega bo'ladilar.

3️⃣ Pensiya miqdori ish stajining muddatiga bog'liq bo'lib, pensiyaning tayanch miqdoridan; ish staji uchun pensiyaning oshirilishidan; pensiyaga qo'shiladigan ustama haqlardan tarkib topadi.

4️⃣ Davlat pensiyalarining turli xillarini olish huquqiga ega bo'lgan fuqarolarga ularning o'zlari tanlagan bitta pensiya tayinlanadi.

5️⃣ Pensiyani hisoblab chiqarish uchun, ishdagi mavjud tanaffuslardan qat'i nazar, oxirgi o'n yillik mehnat faoliyati davomidagi istalgan ketma-ket besh yildagi (pensiya so'rab murojaat etgan kishining tanlovi bo'yicha) ish haqi olinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bu_muhim

👨‍👩‍👧Yaqin qarindoshlaringiz haqidagi ma'lumotlarni tekshiring!

💳Yagona interaktiv davlat xizmatlari potalidagi sahifangiz orqali yaqin qarindoshlaringiz to'g'risidagi ma'lumotlarni ko'rish imkoni mavjudligidan xabardormisiz?

🖥Agarda bexabar bo'lsangiz, quyida keltirilgan havola orqali yaqinlaringiz haqidagi ma'lumotlarni tekshirishingiz mumkin.

🔹https://my.gov.uz/uz/zags-pinfl-info 👈👈👈

❗️Agar siz biron bir xatolik yoki nomuvofiqlikni aniqlasangiz, ma‘lumotlarni tahrirlash uchun ariza yuboring.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Bu_muhim

🏠Yashash joyiga doimiy roʻyxat ga turish qanday amalga oshirish mumkin?

📝Bugungi kunda
Yashash joyiga doimiy roʻyxatga turish uchun fuqarolarimiz Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari yoki Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurishi yoxud my.gov.uz orqali amalga oshirishlari mumkin.

🧐 Fuqarolar Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda viloyatlar boʻylab doimiy roʻyxatga turish uchun murojaat qilishlari mumkin.

📌 Shuningdek, mazkur xizmatdan Oʻzbekiston Respublikasining “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi lozim boʻlgan shaxslar - Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyxati toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq:

🔵Toshkent shahri va Toshkent viloyatida koʻchmas mulkka ega fuqarolar;

🔵Toshkent shahrida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan fuqarolar - Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi doimiy yashash manziliga doimiy roʻyxatga turishlari;

🔵Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan fuqarolar - Toshkent viloyati boʻylab boshqa manzilga doimiy roʻyxatga turishlari mumkin.

💡Xizmatdan my.gov.uz orqali foydalanganda toʻlov 10 foiz chegirma bilan amalga oshiriladi.

📄 Arizalar 1 ish kuni ichida koʻrib chiqiladi.

❗️Eslatib oʻtamiz, mazkur davlat xizmatidan faqatgina Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari foydalanishi mumkin.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bu_muhim

Xorijga chiqish biometrik pasportini qayerdan olish mumkin?


📕Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari xorijga chiqish biometrik pasportini istalgan Ichki ishlar organlari yoki 135ta Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurgan holda olishlari mumkin.

❗️Eng asosiysi ushbu xizmatdan eksterritorial tamoyil asosida foydalanish imkoni mavjud.

👉Yaʼni, Siz xizmat safari yoki biror yumush bilan Toshkentga yoki respublikamizning boshqa hududiga tashrif buyurdingiz va u yerda Sizga xorijga chiqish biometrik pasportiga zarurat tug‘ildi. Avvalgidek, ro‘yxatdan o‘tgan joyingizdagi ichki ishlar bo‘limiga qaytib borib, vaqt va naqdingizni sarflamay, hozir bo‘lib turgan joyingizdagi Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilgan holda xizmatlardan foydalanishingiz mumkin.

📌Xorijga chiqish biometrik pasportini olish mumkin bo'lgan Davlat xizmatlari markazlari ro'yxati👈

📄Maʼlumot uchun: O‘zbekiston Respublikasining fuqarolariga xorijga chiqish uchun biometrik pasport berish uchun to‘lov miqdori BHMning 1 baravari (330 000 so‘m) tashkil etadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bu_muhim

Biometrik pasportni ID kartaga qayerda almashtirish mumkin?

💡Bugungi kunda biometrik pasportlaringizni ID-kartaga almashtirish uchun istalgan Ichki ishlar organlari yoki tegishli Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishingiz mumkin.

👉Batafsil yuqoridagi videoda

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Bu_muhim

👨‍👩‍👧 Yaqin qarindoshlaringiz haqidagi ma'lumotlarni tekshiring!

💳 Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi sahifangiz orqali yaqin qarindoshlaringiz to'g'risidagi ma'lumotlarni ko'rish imkoni mavjudligidan xabardormisiz?

🖥 Agarda bexabar bo'lsangiz, quyida keltirilgan havola orqali yaqinlaringiz haqidagi ma'lumotlarni tekshirishingiz mumkin.

🔹https://my.gov.uz/oz👈

❗️Agar siz biron bir xatolik yoki nomuvofiqlikni aniqlasangiz, ma‘lumotlarni tahrirlash uchun ariza yuboring.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Bu_muhim

Xorijga chiqish biometrik pasportini qayerdan olish mumkin?


📕Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari xorijga chiqish biometrik pasportini istalgan Ichki ishlar organlari yoki 135 ta Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurgan holda olishlari mumkin.

❗️Eng asosiysi ushbu xizmatdan eksterritorial tamoyil asosida foydalanish imkoni mavjud.

👉Yaʼni, Siz xizmat safari yoki biror yumush bilan Toshkentga yoki respublikamizning boshqa hududiga tashrif buyurdingiz va u yerda Sizga xorijga chiqish biometrik pasportiga zarurat tug‘ildi. Avvalgidek, ro‘yxatdan o‘tgan joyingizdagi ichki ishlar bo‘limiga qaytib borib, vaqt va naqdingizni sarflamay, hozir bo‘lib turgan joyingizdagi Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilgan holda xizmatlardan foydalanishingiz mumkin.

📌Xorijga chiqish biometrik pasportini olish mumkin bo'lgan Davlat xizmatlari markazlari ro'yxati👈

📄Maʼlumot uchun: O‘zbekiston Respublikasining fuqarolariga xorijga chiqish uchun biometrik pasport berish uchun to‘lov miqdori BHMning 1 baravari (340 000 so‘m) tashkil etadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat