Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
3.63K subscribers
39.6K photos
3.11K videos
59 files
12.9K links
Ushbu kanalda Qibray tuman hokimligi axborot xizmati Sizni tumanda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi islohotlar va yangiliklar hamda ko'plab zarur ma'lumotlar bilan tanishtirib boradi.
Download Telegram
#ochiq_muloqot

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 25-oktabrdagi PQ-408-sonli qarori ijrosi sektor rahbarlari boshchiligida muhokama qilindi

Qibray tuman hokimi M.Mirkasimov va sektor rahbarlari birgalikda 4-sektor hududidagi mahallalarda mazkur qaror bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar va bugungi kunga qadar olib borilgan ishlar tegishli mas'ullar ishtirokida tanqidiy-tahlil qilindi.

📌Shuningdek, mahallalarda olib boriladigan qurilish-ta'mirlash ishlari sifatini nazorat qilish uchun biriktirilgan jamoatchilik nazorati vakillari qaror ijrosi yuzasidan o‘z fikr va tavsiayalarini billdirib o‘tdilar.


🔹Muhokama davomida tuman deputatlari va hokim yordamchilarining mahallalardagi kommunal sohadagi muammolari muhokama qilinib, kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ma'sullarga aniq vazifalar berildi.

✍️ Qibray tuman hokimligi axborot xizmati

/telegram/ facebook/ Instagram/
#ochiq_muloqot

Mahallalarda amalga oshiriladigan qurilish-ta'mirlash ishlarining borishi va sifati jamoatchilik nazoratining o‘rin muhim o‘rin tutishi lozim.

Qibray tuman sektor rahbarlari PQ-408-sonli qarorining 2-sektorga qarashli mahallalardagi ijrosini muhokama qilib, bu borada olib borilayotgan va kelgusidagi ishlar yuzasidan jamoatchilik nazorati vakillarining vazifalari yuzasidan tushuntirishlar berildi
.

📌Tuman mutasaddilari qurilish tashkilotlari rahbarlari bilan ham suhbatlashib, ajratilgan mablag‘lar evaziga bajariladigan ishlarni belgilangan vaqtda, sifatli amalga oshirishirilishi jamoatchilik nazorati vakillari hamda mas'ul tashkilot rahbarlarining doimiy nazoratida bo‘lishini ta'kidlab o‘tdilar.

✍️ Qibray tuman hokimligi axborot xizmati

/telegram/ facebook/ Instagram/
#ochiq_muloqot

Hokim yordamchilari va mahalla raislari mahallalardagi qurilish-ta'mirlash ishlarini jamoatchilik vakillari bilan birgalikda nazorat qiladi

🔹Qibray tumani hokimi M.Mirkasimov va sektor rahbarlari, quruvchi tashkilot rahbarlari va jamoatchilik nazorati vakillari bilan uchrashib, 1-sektor hududidagi mahallalar infratuzilmasini yaxshilash va aholiga qulaylik yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlarning borishini muhokama qildilar.

Uchrashuv davomida, ajratilgan mablag‘lar hisobidan shu kunga qadar mahallalarda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan qurilish-ta'mirlash ishlari tahlil qilinib, jarayonlarni belgilangan rejaga ko‘ra aniq muddatlarda yakunlash bo‘yicha quruvchilarga topshiriq berildi va ishlar sifati
jamoatchilik vakillari hamda mahalla xodimlari bilan birgalikda nazoratga olinishi zarurligi aytib o‘tildi.

✍️ Qibray tuman hokimligi axborot xizmati

/telegram/ facebook/ Instagram/
#ochiq_muloqot

Tumanda muqobil energiyadan foydalanish bo‘yicha zarur choralar ko‘riladi

⚡️Qibray tumanidagi mavjud tadbirkorlik obe'ktkari va korxona-tashkilotlarda elektr energiyasiga bo‘lgan talabning 30 foizga qisqartirish uchun quyosh panellarini o‘rnatish va bu orqali uzulishlarni oldini olish hamda elektr energiyasi bilan uzluksiz ta'minlash maqsadida muqobil energiyaga o‘tish yuzasidan tadbirkor va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Tuman hokimi M.Mirkasimov va sektor rahbarlari boshchiligida o‘tgan yig‘ilishda, elektr va mablag‘larni tejashda quyosh panellarining afzalliklari, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, energiya tejovchi texnologiyalardan foydalanayotgan aholi va tadbirkolik sube'ktlariga beriladigan soliq imtiyozlari haqida mutaxassislar tomonidan batafsil ma'lumotlar berildi.

✍️ Qibray tumani hokimligi axborot xizmati

/telegram/ facebook/ Instagram/ Website/
#ochiq_muloqot

Sektor rahbarlari aholining muammolariga yechim topish uchun mahallada sayyor qabul o‘tkazdi

Qibray tuman hokimi M.Mirkasimov
va tuman Davlat soliq inspeksiyasi bishlig‘i Sh.Xalmatovlar "Chinobod" mahallasida bo‘lib,tuman deputuatlari va keng jamoatchilik vakillari bilan aholining turli sohalardagi muammo va murojaatlarini tingladi.

🔸Qabul davomida, xotin-qizlar o‘ratsida yuzaga kelayotgan nizoli va majoroli holatlar hokim o‘rinbosarlari va mahalla faollari hamda keng jamoatchilik vakillari bilan birgalikda muhokama qilindi.

📌Tuman rahbarlari boshchiligida o‘tgan qabulda ko‘plab sohalardagi kamchiliklar atroflicha o‘rganilib, muammo va murojaatlalarni hal etish bo‘yicha tegishli mas'ullarga vazifalar belgilandi.Shuningdek,mahalladagi faollarga hamjihat va uyushqoq bo‘lish lozimligi aytib o‘tildi.

✍️ Qibray tumani hokimligi axborot xizmati

/telegram/ facebook/ Instagram/ Website/
#Ochiq_muloqot #Onlayn

Ayni damda "Nurafshon"  telekanalida Toshkent viloyati "Issiqlik manbai" ishlab chiqarish boshqarmasi boshlig‘i bilan to'g'ridan-to'g'ri jonli efirda ochiq muloqot o‘tkazilmoqda.

Muloqotda aholini uzluksiz issiqlik manbai bilan ta'minlash borasida olib borilayotgan ishlar boʻyicha o‘zingizni qiziqtirgan savollar bilan ishtirok etishingiz mumkin.

Telefonlar:
+998 71 214 19 32;
+998 71 214 12 72

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Ochiq_muloqot #Onlayn

Ayni damda "Nurafshon"  telekanalida "Toshkent hududiy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati bosh direktori bilan to'g'ridan-to'g'ri jonli efirda ochiq muloqot o‘tkazilmoqda.

Muloqotda aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlash borasida olib borilayotgan ishlar boʻyicha o‘zingizni qiziqtirgan savollar bilan ishtirok etishingiz mumkin.

Telefonlar:
+998 71 214 19 32;
+998 71 214 12 72

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ochiq_muloqot

Hokim o‘rinbosarlari fuqarolar bilan ochiq muloqot qildilar

Qibray tuman hokimi o‘rinbosarlari R.Naipova va F.Boymatovlar hokimlik mutasaddilari bilan birgalikda Ziyokor mahallasi fuqarolari bilan kommunal sohadagi mavjud muammolar yuzasidan
ochiq muloqot o'tkazdilar.

Muloqot davomida aholining kommunal, moddiy yordam va boshqa sohalardagi muammo va murojaatlari tegishli mas'ullar ishtirokida atroflicha muhokama qilinib, ularni o‘rnatilgan tartibda hal etish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website
#ochiq_muloqot

Tuman mutasaddilari tadbirkorlarning taklif va muammolarini o’rgandi

Qibray tumani hokimining birinchi o’rinbosari U.Botirov, tuman soliq inspeksiyasi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo’limi mas’ullari va tijorat bank rahbarlari ishtirokida o’tgan muloqotda, tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolari muhokama qilindi.

Xususan, moliya-kredit, yer, soliq, kommunikatsiya tizimlari kabi ko‘plab muammo va takliflari mutassaddilar ishtirokida atroflicha o’rganilib, yechimini kutayotgan muammolarni belgilangan tartibda hal etish va ularga amaliy yordam ko’rsatish uchun vazifalar hamda mas’ullar belgilandi.

✍️ Qibray tuman hokimligi Аxborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube
#ochiq_muloqot

Tuman prokurori va soliq inspeksiyasi boshlig'i tadbirkorlar bilan
ochiq muloqot qildi

Uchrashuvda, Qibray tuman prokurori F.Mirzayev, Soliq inspeksiyasi boshlig‘i Yo.Artikbayev, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tuman bo'limi boshlig'i va hokim o‘rinbosarlari boshchiligida o'tkazilgan uchrshuvda, tijorat bank rahbarlari hamda boshqa mas'ullar ishtirok etdi.

Ochiq va samimiy ruhda o'tgan muloqotda tadbirkorlar faoliyatlari davomida duch kelayotgan muammo va to'siqlar, kadastr, muhandislik kommunkasiyalari, soliq, bank kreditlari kabi ko‘plab masalalar bo'yicha murojaatlari, soha mas'ullari ishtirokida muhokama va tahlil qilinib, tadbirkorlarning faoliyatlariga to'sqinlik qilayotgan va yechimini kutayotgan muammolarni belgilangan tartibda hal etish uchun mas'ullarga vazifa va topshiriqlar berilib, ijrosi tuman rahbarlari nazoratiga olindi.

✍️ Qibray tuman hokimligi Аxborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube
#ochiq_muloqot

Tadbirkorlar duch kelayotgan muammolar mutasaddilar ishtirokida muhokama qilinmoqda

Jumladan, bugun, Qibray tumani soliq inspeksiyasi boshlig'i Yo.Artikbayev va tuman hokimining birinchi o'rinbosari U.Botirovlar Baytqo'rg'on hududida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar bilan uchrashib, faoliyatlariga oid taklif va muammolari bilan tanishdilar.

Shuningdek, hukumatimiz tomonidan tadbirkorlarga soliq, bojxona va boshqa ko‘plab to‘lovlarda berilayotgan imtiyozlar to‘g‘risida ham tadbirkorlarga atroflicha tushunchalar berildi.


✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
#ochiq_muloqot

Tuman muatasaddilari tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi

Qibray tumani soliq inspeksiyasi boshlig'i Yo.Artikbayev, tuman hokimining birinchi o'rinbosari U.Botirov va tuman prokurori katta tordamchisi Q.Eshpo’latovlar tumanda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar bilan uchrashib, faoliyatlariga oid taklif va muammolarini o’rgandilar.

Uchrashuv davomida, tadbirkorlarning turli yo’nalishlarda duch kelayotgan muammolari atroflicha o’rganilib, tegishli tartibda amaliy yordam ko’rsatish uchun vazifalar belgilab olindi. Shuningdek, ayrim tadbirkorlarning soliq va bojxona to‘lovlaridagi imtiyozlar bo’yicha murojaatlari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.


✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
#ochiq_muloqot

Tuman rahbarlari mahalla fuqarolarining murojaatlarini o'rgandilar

Qibray tumani hokimi Muzaffar Rashidov va sektor rahbarlarining "Obod" mahallasida o'tkazgan sayyor qabul davomida fuqarolarning elektr ta'minoti va yo'l infratuzilmasini yaxshilash, piyodalar yo'lakchasi barpo etish kabi turli sohalardagi muammo va murojaatlari atroflicha o'rganilib, tegishli mas'ullarga murojaatlar ijrosi yuzasidan aniq vazifalar yuklatildi.

Shuningdek, mazkur mahallada joylashgan chorva mollari bozori atrofida yashovchi fuqarolarga noqulaylik tug'dirmaslik, bozor va uning atrofida sanitariya qoidalariga rioya qilish hamda hududni toza, ozoda saqlash bo'yicha bozor ma'muriyati va nazoratchi tashkilot mas'ullariga topshiriq berildi.
Sayyor qabulda viloyat "Bozor savdo" raisi Abdumannob Abdulhayev ham ishtirok etdi.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

💬
telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
#ochiq_muloqot

Tuman hokimi: Mahalla infratuzilmasini yaxshilash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solamiz

Qibray tumani hokimi Muzaffar Rashidovning olis hududda joylashgan Abduraxmon Jomiy mahallasidagi sayyor qabuli ochiq va samimiy ruhda o’tib, aholi vakillari o’zlarining qiynab kelayotgan kommunal va ijtimoiy sohadagi muammolari bilan murojaat qildilar.

Qabul davomida mahalla aholisining gaz quvurlarini tortish va ichimlik suvi hamda elektr ta’minoti bilan bog’liq murojaatlarni tizimli hal etish uchun mas'ullar biriktirilib, topshiriqlar ijrosi aholi vakillari ishtirokida muhokama qilinishi ta’kidlab o’tildi.


✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

💬
telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
#ochiq_muloqot

Tuman hokimi og'ir ahvolga tushib qolgan oilaga yordam ko'rsatishni o'z nazoratiga oldi


Qibray tumani hokimi Muzaffar Rashidov, tumandagi Abdurahmon Jomiy mahallasida yashovchi, ijtimoiy himoyaga muhtoj oila Gadoyboyevlar xonadonida bo'lib, yashash va turmush sharoitini o'rgandi.

O'rganishlar davomida xoandon egasi va turmush o'rtogining sog
ligida muammo borligi va davolanishi zarurligi ma'lum bo'ldi. Tuman hokimi ularni zudlik bilan davolatish uchun tuman markaziy shifoxonasiga joylashtirish hamda elektr energiyasi bilan bog'liq muammosini tezda hal etish bo'yicha mas'ul xodimlarga ko'rsatma berdi.

✍️Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

💬
telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube