Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
3.62K subscribers
39.6K photos
3.1K videos
59 files
12.9K links
Ushbu kanalda Qibray tuman hokimligi axborot xizmati Sizni tumanda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi islohotlar va yangiliklar hamda ko'plab zarur ma'lumotlar bilan tanishtirib boradi.
Download Telegram
#ochiq_muloqot

Tuman prokurori va soliq inspeksiyasi boshlig'i tadbirkorlar bilan ochiq muloqot qildi

Uchrashuvda, Qibray tuman prokurori F.Mirzayev, Soliq inspeksiyasi boshlig‘i Yo.Artikbayev, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tuman bo'limi boshlig'i va hokim o‘rinbosarlari boshchiligida o'tkazilgan uchrshuvda, tijorat bank rahbarlari hamda boshqa mas'ullar ishtirok etdi.

Ochiq va samimiy ruhda o'tgan muloqotda tadbirkorlar faoliyatlari davomida duch kelayotgan muammo va to'siqlar, kadastr, muhandislik kommunkasiyalari, soliq, bank kreditlari kabi ko‘plab masalalar bo'yicha murojaatlari, soha mas'ullari ishtirokida muhokama va tahlil qilinib, tadbirkorlarning faoliyatlariga to'sqinlik qilayotgan va yechimini kutayotgan muammolarni belgilangan tartibda hal etish uchun mas'ullarga vazifa va topshiriqlar berilib, ijrosi tuman rahbarlari nazoratiga olindi.

✍️ Qibray tuman hokimligi Аxborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube
#tomorqa

Tuman hokimi aholining tomorqadan samarali foydalanish holatlarini ko’zdan kechirdi

Xususan, Qibray tumani hokimi Muzaffar Rashidov, Birlik mahallasida aholining tomorqa yerlaridan samarali foydalanish holati bilan yaqindan tanishdi.

Tuman hokimi ayrim xonadonlarda tomorqadan samarali foydalanish holati namunali ekanligini va bu boradagi tajribalarni aholi orasida keng tadbiq etish,tomorqadan foydalanish holatlari qoniqarsiz bo’lgan mahalla aholisi uchun bu kabi namunali xonadonlarga sayohatlar uyushtirish taklifini berdi.

Shuningdek, aholi tomorqasida yetishtirilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari savdosini “Daladan dasturxongacha” tamoyili asosida yo’lga qo’yish uchun markaziy ko’cha atrofida dala do’konini tashkil etish va buning uchun tomorqa yer egalariga qulaylik yaratish lozimligini aytib o’tdi.


✍️ Qibray tuman hokimligi Аxborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube
#2024_yil_1_apreldan

Qonunchilikka ko‘ra, 2026 yil 1 aprelgacha mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlar mehmonxonaning kamida 3 ta xonasini nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rindiqli aravachadan foydalanishi uchun qulay tarzda jihozlasa, shuningdek, eshitishi va ko‘rishi uchun displey hamda ovozli qurilmalar o‘rnatsa, ularga har bir maxsus jihozlangan xona uchun quyidagi miqdorlarda subsidiya beriladi:

🔹yulduzli toifadagi mehmonxonalarga – 2 million so‘m;

🔹yulduzli toifa olmagan mehmonxonalarga – 1 million so‘m.

https://t.iss.one/huquqiyaxborot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qibray_tumani

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi va Qibray tumani hokimligi hamkorligida "Ezgulik – shiorimiz, ma'rifat – qurolimiz!" shiori ostida madaniy-ma'rifiy targ‘ibot tadbiri "Nurafshon TV" telekanali lavhasida

✍️ Qibray tumani hokimligi Аxborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube