Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
3.55K subscribers
40K photos
3.16K videos
60 files
13.1K links
Ushbu kanalda Qibray tuman hokimligi axborot xizmati Sizni tumanda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi islohotlar va yangiliklar hamda ko'plab zarur ma'lumotlar bilan tanishtirib boradi.
Download Telegram
#vatanparvarlik_tadbirlari

O't o'chiruvchilarning ish jarayonlari o'quvchi yoshlarning sohaga bo'lgan qiziqishlarini oshirdi

Qibray tumani Favqulodda vaziyatlar bo'limi tomonidan 14-sonli umumtaʼlim maktabi oʻquvchilari uchun yong'inga qarshi kurashish bo'yicha ko‘rgazmali o‘quv mashg‘ulot o'tkazildi.

Mashg‘ulot davomida yong‘in o‘chirish avtomobillari va qutqaruv texnikalari jalb qilinib, o'quvchilarga yong‘in sodir bo‘lganda maxsus o‘t o‘chirish vositalari orqali bartaraf etish hamda maxsus kiyim va texnikalardan foydalanish bo‘yicha birlamchi bilim va ko‘nikmalar berildi.

Uchrashuvda mazkur sohaga qiziqish bildirgan o'quvchi yoshlar o'zlari uchun zarur ma'lumotlarga ega bo'ldilar.

✍️Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/