Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
3.63K subscribers
39.5K photos
3.07K videos
59 files
12.9K links
Ushbu kanalda Qibray tuman hokimligi axborot xizmati Sizni tumanda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi islohotlar va yangiliklar hamda ko'plab zarur ma'lumotlar bilan tanishtirib boradi.
Download Telegram
#Hokim_qarori

TOSHKENT VILOYATIDA MUKOFOTI 100 MILLION SOʻM MIQDORDAGI "YONGʻIN XAVFSIZLIGI AʼLOCHISI" TANLOVI OʻTKAZILADI

2024-yildan boshlab har yili "Yongʻindan ogohlik" umummilliy kompaniyasi doirasida tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida "Yongʻin xavfsizligi aʼlochisi" tanlovi oʻtkazib boriladi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli qarorni imzoladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar Favqulodda vaziyatlar vazirligining maxsus elektron axborot tizimi orqali qabul qilinadi.

Mazkur tanlov gʻolibiga 100 million soʻm miqdorida bir martalik pul mukofoti berilishi hamda uning faoliyati ikki yil davomida davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan tekshirilmasligi kafolatlanadi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitterr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokim_qarori

Viloyat mahallani qo'llab-quvvatlash kengashi tashkil etildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo'lga qo'yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror ijrosi yuzasidan Toshkent viloyatida mahallani qo'llab-quvvatlash kengashi tashkil etildi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli qarorni imzoladi.

Shuningdek qarorda, kengash a'zolari tarkibi hamda bajaradigan vazifalari keltirilgan.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
71-10-139-Q_24.pdf
239.7 KB
#hokim_qarori

Sohibkor mahallasida “Yoshlar saylgohi” tashkil etiladi

📜Bu haqida Qibray tumani hokimining qarori imzolandi.

✍️Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
#Hokim_qarori

Joriy yil 1-maydan boshlab nogironligi boʻlgan shaxslarning protez moslamalari va reabilitatsiya vositalariga muhtojligi alohida tibbiy xulosa rasmiylashtirmasdan nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma asosida belgilanadi.

Nogironlik guruhiga ega boʻlmagan pensiya yoshidagi shaxslarning protez moslamalari va reabilitatsiya vositalariga muhtojligi toʻgʻrisidagi tibbiy xulosa "Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza" elektron axborot tizimida rasmiylashtiriladi.

Shuningdek, ijtimoiy himoya milliy agentligiga protez moslamalari va reabilitatsiya vositalari bilan elektron tijorat orqali vaucher asosida taʼminlashni toʻxtatmagan holda, 2024-yil 1-apreldan 2026-yil 1-aprelga qadar elektr yuritmali kreslo-aravacha va eshitish moslamalarini markazlashtirilgan tartibda xarid qilish va muhtoj shaxslarga yetkazib berish vakolati berildi.


🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Hokim_qarori

Qibrayda qoʻmondonlik-shtab oʻquv mashqi oʻtkaziladi

Joriy yilning 23-25-aprel kunlari "Qibray tumani boshqaruv organlari, Favqulodda vaziyatlar davlat hududiy quyi tizimlarining aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha harakatlari"  mavzusida qoʻmondonlik-shtab oʻquv mashqi oʻtkaziladi.

Qoʻmondonlik-shtab oʻquv mashqiga favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizimi xizmatlari tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlarning rahbarlar tarkibi, mutaxassislari, kuch vositalari, Qibray tumani FV oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha komissiyasi, evakuatsiya komissiyasi hamda hayot taʼminoti obyektlari, koʻrgazmali oʻquv mashqlari rejalashtirilgan tashkilotlarning rahbar va xodimlari jalb etilishi belgilangan.

Mazkur oʻquv mashqini oʻtkazishdan maqsad – favqulodda vaziyatlarning oldini olish, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar xavfi yuzaga kelganda hayotiy zarur obyektlarning barqaror faoliyat koʻrsatishi boʻyicha real imkoniyatlarni baholash orqali ularning faoliyatini muvofiqlashtirish hamda bunday holatda toʻgʻri harakat qilish boʻyicha bilimlarni oshirishdan iborat.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokim_qarori

"Mahalla yettiligi"ning ishga kelib ketishida davomat yuritiladi

"Mahalla yettiligi" tarkibiga kiruvchi rais, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektorining ishga kelib ketishi boʻyicha davomat (tabel) yuritiladi.

"Mahalla yettiligi" aʼzolari mehnatiga mahalla fuqarolar yigʻini raisi tomonidan toʻldirilgan tabel asosida, ishga kelgan kunini hisoblab haq toʻlanadi.

Shuningdek, "Yettilik" faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida, "Mahalla yettiligi" toʻgʻrisidagi naʼmunaviy nizom asosida fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari tomonidan tegishli nizomlar ishlab chiqilishi belgilandi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Hokim_qarori

Qibrayda qoʻmondonlik-shtab oʻquv mashqi oʻtkaziladi

Joriy yilning 23-25-aprel kunlari "Qibray tumani boshqaruv organlari, Favqulodda vaziyatlar davlat hududiy quyi tizimlarining aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha harakatlari"  mavzusida qoʻmondonlik-shtab oʻquv mashqi oʻtkaziladi.

Qoʻmondonlik-shtab oʻquv mashqiga favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizimi xizmatlari tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlarning rahbarlar tarkibi, mutaxassislari, kuch vositalari, Qibray tumani FV oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha komissiyasi, evakuatsiya komissiyasi hamda hayot taʼminoti obyektlari, koʻrgazmali oʻquv mashqlari rejalashtirilgan tashkilotlarning rahbar va xodimlari jalb etilishi belgilangan.

Mazkur oʻquv mashqini oʻtkazishdan maqsad – favqulodda vaziyatlarning oldini olish, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar xavfi yuzaga kelganda hayotiy zarur obyektlarning barqaror faoliyat koʻrsatishi boʻyicha real imkoniyatlarni baholash orqali ularning faoliyatini muvofiqlashtirish hamda bunday holatda toʻgʻri harakat qilish boʻyicha bilimlarni oshirishdan iborat.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Hokim_qarori

Qibrayda yirik chiqindi poligoni quriladi

Qibray tumani "May" MFY hududidagi qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan 6 gektar yer maydonida maishiy chiqindi poligoni quriladi.

Mazkur hududda joylashgan muhandislik tarmoqlarini koʻchirish yoki muhofaza hududini saqlab qolish amalga oshiriladi.

Ajratilgan yer maydonidagi maishiy chiqindi poligonida sanitariya-ekologiya, yongʻin xavfsizligi talablariga rioya etilishi, belgilangan muddatda rekultivatsiya qilib faoliyatini tugatishi belgilandi.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokim_qarori #Governorʼs_decision #Решение_хокима

Toshkent viloyati hokimligining “Ishonch telefoni” yangi Nizom asosida qaytadan tashkil etildi

👉 Batafsil

——

The "Trust Phone" of the Tashkent regional government has been restructured based on the new regulation

👉 In detail

——

Служба "Телефон доверия" Ташкентского областного хокимията переобразована на основании нового Положения

👉 Подробно

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokim_qarori

Tumandagi ko'p qavatli uylar va ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimi bugundan bosqichma-bosqich ishga tushiriladi


"2024-2025-yilgi kuz-qish davrida isitish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish hamda ko‘p qavatli uylar va ijtimoiy soha obyektlarini issiqlik energiyasi bilan ta’minlash to‘g‘risida" tuman hokimi qarori imzolandi

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

💬
telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
#hokim_qarori

Toshkent viloyati hokimining
tegishli qaroriga asosan Qibray tumanining Yoshlik va Mehnat mahallalarida sport obyektlari qurilishi uchun yer maydoni ajratildi

Avvalroq
, Qibray tumani hokimi Muzaffar Rashidovning tashabbusi bilan Yoshlar jamg'armasi mablag'lari hisobidan "Yoshlik" mahallasida mini futbol maydonchasi qurish uchun 450 mln so'm va Mehnat mahallasida "Street Workout" barpo etish uchun 200 mln so'm mablag' ajratilgan edi.

Manba:@Sh_Khudaynazarov

✍️ Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

💬telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube