Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
3.63K subscribers
39.5K photos
3.09K videos
59 files
12.9K links
Ushbu kanalda Qibray tuman hokimligi axborot xizmati Sizni tumanda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi islohotlar va yangiliklar hamda ko'plab zarur ma'lumotlar bilan tanishtirib boradi.
Download Telegram
#Amal_qiling

🔰 Qonunchilikka ko'ra, mehnat intizomi deb barcha xodimlarning mehnat to'g'risidagi qonunchilikka, jamoa kelishuvlariga, jamoa shartnomasiga, shuningdek ichki mehnat tartibi qoidalariga, boshqa ichki hujjatlarga va mehnat shartnomasiga muvofiq belgilangan xulq-atvor qoidalariga majburiy bo'ysunishi tushuniladi.

📝 Intizomiy javobgarlik xodim tomonidan intizomiy qilmish sodir etilganligi uchun yuzaga keladigan va ushbu xodimga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo'llanilishida ifodalanadigan yuridik javobgarlikdir.

📋 Xodim tomonidan intizomiy qilmish sodir etilishi xodimni intizomiy javobgarlikka tortish uchun asos bo'ladi.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Amal_qiling

🔰 Diniy mazmundagi materiallarni tarqatish maqsadida qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, O'zbekiston hududiga olib kirish yoki tarqatish, materiallarni va ularni tayyorlash hamda tarqatish uchun tegishli vositalarni musodara qilgan holda quyidagicha miqdorda jarma solishga sabab bo'ladi:

▪️fuqarolarga BHMning 20 baravaridan 100 baravarigacha (6 mln 800 ming so'mdan 34 mln so'mgacha);

▪️mansabdor shaxslarga BHMning 50 baravaridan 150 baravarigacha (17 mln so'mdan 51 mln so'mgacha).

⚠️ Shuningdek, ushbu qilmishlar uchun ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin sodir etilgan bo'lsa, jinoiy javobgarlikka sabab bo'ladi.
#Amal_qiling

☑️ Qonunchilikka ko‘ra, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta'lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik 340 ming so‘mdan 1 mln 700 ming so‘mgacha jarima solishga sabab bo‘ladi.

❗️Shuningdek, bolalarning majburiy umumiy o‘rta ta'lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi olishiga ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan to‘sqinlik qilish BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (3 mln 400 ming so‘mdan 5 mln 100 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...
#Amal_qiling

🔰Qonunchilikka ko‘ra, tarmoqlarga o‘zboshimchalik bilan ulanish, hisobga olish asboblariga, ularning plombalariga shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish o‘g‘rilik yoki oz miqdorda talon-toroj qilish sifatida baholanib, javobgarlikka sabab bo‘lishi belgilangan.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...


https://t.iss.one/huquqiyaxborot
#Amal_qiling

☑️ Qonunchilikka ko‘ra, elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflash, ya'ni elektr dvigatellaridan, elektr pechlari va boshqa elektr hamda issiqlik uskunalaridan muntazam ravishda, ishlab chiqarish zarurati bo‘lmagan holda to‘liq foydalanmaslik yoki ularni bekorga ishlatib qo‘yish, yoritish uchun elektr energiyasidan xo‘jasizlarcha foydalanish:

mansabdor shaxslarga BHM 5 baravaridan 15 baravarigacha (1 mln 700 ming so‘mdan 5 mln 100 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

https://t.iss.one/huquqiyaxborot
#Amal_qiling

🔰 Qonunchilikka ko‘ra, sug‘oriladigan yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga bo‘lgan huquqni sotish yoxud qonunga xilof ravishda boshqacha tarzda o‘zga shaxsga berish:

🔹BHMning 400 baravaridan 500 baravarigacha (136 mln so‘mdan 170 mln so‘mgacha) miqdorda jarima;

🔹muayyan huquqdan mahrum qilib, 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash;

🔹5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

https://t.iss.one/huquqiyaxborot
#Amal_qiling

🔰 Sanitariya normalarini, qoidalari va gigiena normativlarini buzish:

🔹fuqarolarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha (1 mln 700 ming so'mdan 3 mln 400 ming so'mgacha);

🔹mansabdor shaxslarga esa 15 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda (5 mln 100 ming so'mdan 6 mln 800 ming so'mgacha) jarima solishga sabab bo'ladi.

Shuningdek, sanitariyaga oid qonunchilikni buzish, odamlarning ommaviy kasallanishi yoki zaharlanishi real xavfini keltirib chiqarsa yoxud odamlarning ommaviy kasallanishiga yoki zaharlanishiga olib kelsa, quyidagi jazo choralaridan biri qo'llanilishi mumkin:

BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima solish;
5 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish;
2 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash;
5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Amal_qiling

🔰 Xotinini (erini), sobiq xotinini (sobiq erini), bir ro'zg'or asosida birgalikda yashayotgan shaxsni yoki umumiy farzandga ega bo'lgan shaxsni do'pposlash, ushbu shaxslarga sog'liqning qisqa muddatga yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq bo'lmagan muddatga yo'qolishiga olib kelmagan qasddan badanga yengil shikast yetkazganlik uchun ma'muriy hamda jinoiy javobgarlik belgilangan.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Amal_qiling

🔰 Qonunchilikka ko'ra, iste'molchilarga elektr energiyasi va tabiiy gaz shartnoma asosida ulardan foydalanish qoidalariga muvofiq yetkazib beriladi.

📝 Shartnomada taraflarning huquq va majburiyati, hisobga olish asboblarini o'rnatish, elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun hisob-kitob qilish va boshqa shartlar kelishib olinadi.

📁 Mazkur qoidalarni buzganliklari uchun tomonlar qonun hujjatlariga muvofiq ma'muriy va jinoiy javobgarlikka tortilishlari mumkin.

⚠️ Shuningdek, tarmoqlarga o'zboshimchalik bilan ulanish, hisobga olish asboblariga, ularning plombalariga shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining ko'rsatkichlarini o'zgartirish o'g'rilik yoki oz miqdorda talon-toroj qilish sifatida baholanib, javobgarlikka sabab bo'lishi belgilangan.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Amal_qiling

🔰 Qonunchilikka ko'ra, kassa operasiyalarini yuritish tartibini va to'lov intizomini buzish, mansabdor shaxslarga BHMning 15 baravari (5 mln 100 ming so'm) miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin