Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
3.64K subscribers
39.5K photos
3.09K videos
59 files
12.9K links
Ushbu kanalda Qibray tuman hokimligi axborot xizmati Sizni tumanda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi islohotlar va yangiliklar hamda ko'plab zarur ma'lumotlar bilan tanishtirib boradi.
Download Telegram
#Bilasizmi

✳️ Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining qiymatini to'liq to'lagan holda ularni xarid qilgan va o'rnatgan iste'molchilarga xarid xarajatlarining bir qismi quyidagi miqdorlarda Tarmoqlararo energiyani tejash jamg'armasi hisobidan kompensasiya qilinadi:

▶️ Quyosh yoki shamol elektr stansiyasini o'rnatganlik uchun kompensasiyalar miqdori o'rnatilgan quvvati:

🔹 0,5 kVtdan 1 kVtgacha bo'lganda BHMning 7 barobar;

🔹1 kVtdan 1,5 kVtgacha bo'lganda BHMning 10 barobar;

🔹1,5 kVtdan 2 kVtgacha bo'lganda BHMning 15 barobar;

🔹2 kVt va undan yuqori bo'lganda BHMning 20 barobar;

🔹5 kVt va undan yuqori bo'lganda BHMning 50 barobar (faqatgina yangi yerlar o'zlashtirilganda va tik quduqlarda o'rnatilgan suv nasoslarining elektr energiyasi iste'moli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari orqali ta'minlanganda).


https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

❇️ Qonunchilikka ko'ra, quyosh suv isitish qurilmalarini o'rnatganlik uchun quyidagi miqdorlarda kompensasiya berilishi belgilangan:

🔹Suv isitish hajmi 100 litr (yoki suv isitish uchun kunlik 4 kVt/soat energiya ishlab chiqaruvchi qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmasi) bo'lganda BHMning 5 barobar;

🔹Suv isitish hajmi 200 litr (yoki suv isitish uchun kunlik 8 kVt/soat energiya ishlab chiqaruvchi qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmasi) bo'lganda BHMning 7 barobar.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🔰Qonunchilikka ko'ra, fuqarolar (faqat bir shaxs) tomonidan O'zbekiston hududiga olib kirishda bojxona to'lovlariga tortilmaydigan tovarlar normalari belgilangan.

☑️ Jumladan, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan iborat zargarlik buyumlarining umumiy og'irligi 65 grammdan ko'p bo'lmagan miqdorda olib kirilishida bojxona to'lovlari undirilmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🚫 Qonunchilikka ko'ra, davlat fuqarolik xizmatchisi O'zbekistondan tashqarida hisobvaraqlar ochishga va ularga ega bo'lishga, ko'chmas mulkka va boshqa mol-mulkka egalik qilishga haqli emas.

Bundan chet davlatda ta'lim olish, stajirovka o'tash va tibbiy xizmatlardan foydalanish maqsadida ochilgan hisobvaraqlar, shuningdek davlat fuqarolik xizmatiga kirishdan oldin olingan va oshkor qilingan mol-mulk mustasno.

⚠️ Shuningdek, davlat fuqarolik xizmatchisi tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tashkil etishga, ularning muassisi (ishtirokchisi) bo'lishga, tadbirkorlik faoliyati subyektida tashkiliy-boshqaruv, ma'muriy-xo'jalik vazifalarini bajarishi mumkin emas.

📁 Bundan aksiyadorlik jamiyatlarining erkin muomalada bo'lgan aksiyalariga qonunchilikda belgilangan talablar doirasida egalik qilish hollari mustasno.

https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

📁 Qonunchilikka ko'ra, mulkdor o'ziga tegishli mol-mulkdan o'z xohishicha foydalanadi.

Ammo, mol-mulkdan foydalanish atrof-muhitga zarar yetkazmasligi, boshqa shaxslarning, jamiyat va davlatning huquqlarini hamda qonuniy manfaatlarini buzmasligi kerak.

❗️Shuningdek, fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishga majburdir.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🔰Qonunchilikka ko'ra, uy sharoitida yoki kasanachilik asosida daraxt va buta ko'chatlarini (nihol) yetishtirish faoliyati o'zini o'zi band qilgan shaxslar shug'ullanishi mumkin bo'lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) hisoblanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin