Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
3.58K subscribers
39.7K photos
3.13K videos
60 files
13K links
Ushbu kanalda Qibray tuman hokimligi axborot xizmati Sizni tumanda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi islohotlar va yangiliklar hamda ko'plab zarur ma'lumotlar bilan tanishtirib boradi.
Download Telegram
#ta'lim
#e'tibor

Tuman hokimi bolajonlarni bayram bilan tabriklash uchun maktabgacha ta'lim tashkilotiga bordi

Bugun, Qibray tumani hokimi M.Mirkasimov
, bayram arafasida foydalanishga topshirilgan "Taraqqiy" mahallasidagi 12-maktabgacha ta'lim tashkilotidagi sharoitlar bilan yaqindan tanishish va bolajonlarni yangi yil bayrami bilan tabriklash maqsadida mazkur ta'lim-tarbiya maskaniga bordi.

🔸Tuman hokimi, aynan bayram arafasida foydalanishga topshirilib, mahalla ahlini ham hursandchiligiga sabab bo'lgan hamda barcha qulayliklarga ega zamonaviy mazkur
ta'lim maskanida, bolalarning sifatli ta'lim-tarbiya olishlari va barcha turdagi mashg'ulotlarni keng va shinam xonalarda o'tkazishlari uchun yetarli imkoniyatlar mavjudligiga e'tibor qaratdi.

Ma'lumot o'rnida,12-maktabgacha
ta'lim tashkiloti (150 o'rinli) "Obod qishloq" davlat dasturi doirasida 2 mlrd 423 mln so'm mablag' evaziga rekonstruksiya qilindi.

✍️ Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

/telegram/ /facebook/ Instagram/
#ta'mirlash

Markaziy ko‘chada harakat xavfsizligini ta'minlash choralari ko‘rilmoqda

🚧Qibray tumanining markaziy ko‘chalaridan biri bo‘lgan "Oliygoh" ko‘chasida harakat xavfsizligini
ta'minlash va fuqarolarning murojaatlariga asosan, Qibray muntazam yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan mavjud ichki imkoniyatlardan foydalanib, ko‘chaning nosoz bo‘lgan qismlariga qora chaqich aralashmasi yotqizilmoqda.

Hurmatli haydovchilar, hozirda aholi xonadonlarini tabiiy gaz bilan uzluksiz
ta'minlash maqsadida vaqtincha asfalt ishlab chiqaruvchi korxonalarning faoliyati to‘xtatilganligi, shu sababdan ko‘chalarning ta'mirtalab qismlarini asfaltlash ishlari amalga oshirilmayotganligini ma'lum qilamiz.

Shartnoma imzolangan asfalt ishlab chiqaruvchi korxonalarning faoliyati tiklanishi bilan asfaltlash ishlari amalga oshiriladi.

Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

✍️ Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

/telegram/ /facebook/ Instagram/
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ta'lim

💻Qibray tumanidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlarida zamonaviy pedagogik texnologiyalar va turli didaktik o‘yinlar orqali ularning bilim doirasini shakllantirish hamda erkin fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan yangicha yondoshuvlar asosida mashg‘ulotlar olib borilmoqda.

🎞Xususan, tumandagi 2-DMTTda "Bolalar-bizning kelajagamiz" loyihasi doirasida olib borilayotgan mashg‘ulotlar jarayoni "Nurafshon TV" telekanali lavhasida.

✍️ Qibray tuman hokimligi axborot xizmati

/telegram/ /facebook/ /Instagram/
#ta'lim

Maktab rahbarlari va pedagoglar uchun ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan seminarlar o‘tkazilmoqda

Qibray tumani Xalq
ta'limi bo‘limi mudiri tashabbusi bilan ta'til kunlarini unumli o‘tkazish va maktab o‘quvchilarining bilim darajasi hamda ularga berilayotgan ta'lim sifatini oshirish maqsadida "Sifatli ta'lim sari" mavzusida o‘quv seminarlar o‘tkazish rejasi ishlab chiqildi.

🌐Seminarning ilk kunida ishtirok etgan fan o‘qituvchilariga, moderatorlar tomonidan STEAM Science,PISA PIRLS,TIMSS ICILS
kabi dunyoning ilg‘or pedagogik texnologiyalari yordamida o‘quvchilarga ta'lim berish, ularda kreativlik,tanqidiylik, kommunikatsiya va mahoratni rivojlantirishda yangicha yondoshuvlar asosida darslarni tashkil etish bo‘yicha ko‘plab ma'lumotlar berildi.

💻Qiziqarli o‘yin, savol-javob tarzida o‘tgan seminarda, pedagoglar kelgusida bevosita dars jarayonlarida foydalanishlari uchun bilim-ko‘nikmalarga ega bo‘lishmoqda.

✍️ Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

/telegram/ /facebook/ Instagram/
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ta'lim
#seminar

Shu kunlarda, Qibray tumani Xalq
ta'limi bo‘limi tashabbusi bilan qo‘shimcha ta'til kunlarini unumli o‘tkazish va o‘qituvchilarining bilim darajasi hamda o‘quvchilarga berilayotgan ta'lim sifatini oshirish maqsadida "Sifatli ta'lim sari" mavzusida o‘tkazilayotgan o‘quv seminar jarayonlari yuqoridagi lavhada.

✍️ Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

/telegram/ /facebook/ Instagram/
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ta'lim

🔹Qishki ta'til kunlari Qibray tumani Xalq ta'limi bo‘limi tashabbusi bilan maktab rahbarlari va pedagoglar uchun ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan seminar jarayonlari "Yoshlar" telekanalining "Yangi Davr" informatsion dasturi lavhasida.

✍️ Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

/telegram/ /facebook/ Instagram/
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#seminar
#ta'lm

Yosh avlodni ma'nan yetuk va barkamol bo‘lib yetishishlarida pedagoglarning mahorati va ta'lim-tarbiya jarayonlarini ilg‘or pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanib mashg‘ulotlarni olib borishlari muhin o‘rin tutadi.

🔹Shu maqsadda,tuman Maktabgacha
ta'lim bo‘limi uslubchilari tomonidan bog‘chalarda faoliyat olib borayotgan pedagog-tarbiyachilar bilimi va mahoratini oshirish bo‘yicha doimiy ravishda o‘quv seminarlar tashkil etilmoqda.

✍️ Qibray tuman hokimligi axborot xizmati

/telegram/ /facebook/ /Instagram/
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ta'lim

♻️Tuman хalq ta'limi va maktabgacha ta'lim bo'limlari hamkorligida maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarini majburiy bepul maktabga tayyorlov guruhlariga jalb qilish, ularning boshlang‘ich bilimlarini mustahkamlash maqsadida 42ta guruhlar tashkil etilgan.

📚Mazkur guruhlarda oliy ma'lumotli pedagog va tarbiyachilar bolalarga bilim bermoqda.

✍️ Qibray tuman hokimligi axborot xizmati

/telegram/ /facebook/ /Instagram/
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ta'lim

Bolalarning sog‘lom ovqatlanishi ularning jismonan va aqlan rivojlanishida muhim omil hisoblanadi

♻️Qibray tuman Maktabgacha ta'lim bo'limi tomonidan o'tkazilgan uchrashuvda, maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining to'g'ri ovqatlanishi uchun mahsulotlarning sifatini doimiy nazorat qilishda autsorsing korxonalari va maktabgacha ta'lim tashkilotlarining xamshiralari hamkorligida amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi.

Xususan, maktabgacha
ta'lim tashkilotlarida “Aqlvoy" dasturida belgilangan taomnomalar asosida mahsulotlarni tanlash va mavsumiy taomlar, xavfsiz ovqatlanishni tashkil etish yuzasidan maslahatlar berib, mahorat darslari o‘tildi.

✍️ Qibray tumani hokimligi axborot xizmati

/telegram/ facebook/ Instagram/ Website/
#ta'lim

Tuman hokimi maktab bitiruvchilari bilan olib borilayotgan ishlarga e'tibor qaratdi

❇️
Qibray tumani hokimi M.Mirkasimov, 28-umumiy o‘rta ta'lim maktabida bo'lib, maktab rahbariyati bilan bitiruvchilarni ta'limni keyingi bosqichiga qamrab olish bo'yicha ko'rilayotgan choralar to'g'risida suhbatlashdi.

Joriy yilda, mazkur maktabni tamomlaydigan 64 nafar o'quvchilardan 58 nafari (avvalgi yilda 50 nafardan, 25 nafari turli OTMlarga qabul qilingan) yurtimizdagi va xorijiy oliygohlarga kirish istagini bildirgan.

📌
Maktab mas'ullarining avvalgi yildagi yutuq hamda kamchiliklari tahlili bilan qiziqqan tuman hokimi, joriy yilda bu ko'rsatkichni yanada oshirish uchun e'tibor qaratilishi lozim bo'lgan asosiy vazifalar yuzasidan o'z taklif va fikrlarini bildirdi.Shuningdek,o'quvchi yoshlar tomonidan yasalgan turli maketlar bilan ham tanishib o‘tdi.

✍️ Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

/telegram/ /facebook/ Instagram/
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov
#ta'lim

🔹Qibray tumani Maktabgacha ta'lim bo‘limiga qarashli 18-davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti va 39-maktab hamkorligida bolalarni boshlang‘ich taʼlimga majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari o‘rtasida "Balli yigitlar" ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.

🔸Mazkur umumiy o‘rta
ta'lim maktabida "Yonariq" hududidagi 85 nafar bolalar boshlang‘ich taʼlimga majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhida boshlang‘ich ta'lim olmoqdalar.

✍️ Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

/telegram/ /facebook/ Instagram/‌‌
#infografika
#ta'lim

So'ngi yillarda Qibray tumanidagi umumiy o'rta ta'lim maktabi bitiruvchilari orasida xorijiy tillar (ingliz tili) bo'yicha xalqaro sertifikatlarni qo'lga kiritayotgan o'quvchilar soni tobora ortib bormoqda.

🌐Mazkur ko'rsatgich bo'yicha 2022 yilda 21
ta umumiy o'rta ta'lim maktabining jami 78 nafar bitiruvchilari bu kabi sertifikarlarga ega bo'lgan bo'lsa, joriy yilning shu kuniga qadar 26 nafar bitiruvchilar ingliz tili fani bo'yicha (test sinovlarisiz) oliy ta'lim muassasalariga kirish imtiyozini beruvchi yo'llanmalarga ega bo'ldilar.

📌Bu boradagi ko'rsatgich bo'yicha tumandagi 2-IDUM va 30-umumiy o'rta talim maktabi o'quvchilari peshqadamlik qilmoqda.

✍️ Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

/telegram/ /facebook/ /Instagram/
#ta'lim

Tuman hokimi: Ta'lim sohasida faoliyat olib borayotgan har bir xodim, yoshlarni tarbiyalash, ularga yetarli va zamon talablariga mos bilim berishni o'z oldiga oliy maqsad qilib olishi lozim.

Qibray tumani hokimi M.Mirkasimov
va Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi mas'ul xodimi N.Urazovalar boshchiligida umumiy o'rta ta'lim maktabi va maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari ishtirokida kengaytirilgan yig'ilish o'tkazildi.

🔹Yig‘ilishda, yoshlarning
ta'lim-tarbiyasi uchun mas'ul bo'lgan mutasaddilar tomonidan amalga oshirilishi lozim bo'lgan vazifalar hamda bitiruvchilarni oliy ta'limga jalb etish borasidagi ishlar muhokama qilindi.

Yig'ilish yakunida tashkiliy masala ko'rildi. Maktabgacha va maktab
ta'limi vazirining buyrug'i bilan Qibray tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i lavozimiga Yuldasheva Flora Jurayevna tayinlandi.

✍️ Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

/telegram/ facebook/ Instagram/
#ta'lim

"Xorijiy tillar bo'yicha eng yaxshi maktab" tanlovining tuman bosqichi g'oliblari aniqlandi

Tumandagi 10-umumiy o'rta
ta'lim maktabida o'tkazilgan tanlovda, nizom talablariga mos keluvchi, tumandagi 32 ta umumiy o'rta ta'lim maktablarining xorijiy til o'qituvchilari va o'quvchilari o'z bilimlarinin sinovdan o'tkazdilar. Tanlov natijalariga ko'ra, 1-o'rin 30- maktab, 2-o'rin 25-maktab hamda 3-o'rinni 17-maktab jamoasi qo'lga kiritdi.

Ma'lumot o'rnida, tanlovning tuman bosqichida 1-o'rinni egallagan maktab jamoasiga 100 million, 2-o'ringa 75 million va 3-o'rinni egallagan maktab jamoasi esa 50 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
#hamkorlik
#ta'lim

Umumta'lim maktablarida "Oila-mahallа-maktab" hamkorligi nafaqat o'quvchilarning davomati, adob-axloqi uchun balki, ularni yetarli bilim va ko'nikmaga ega bo'lishlarida ham muhum o'rin tutadi.

Bu borada, Xalq deputatlari Qibray tumani Kengashi deputati Doniyor Yusupovning fikrlari bilan "Adolat" gazetasining navbatdagi sonida tanishing.

Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/