Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
3.63K subscribers
39.5K photos
3.1K videos
59 files
12.9K links
Ushbu kanalda Qibray tuman hokimligi axborot xizmati Sizni tumanda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi islohotlar va yangiliklar hamda ko'plab zarur ma'lumotlar bilan tanishtirib boradi.
Download Telegram
ILGʻOR TASHABBUSLARNING AMALIYOTGA TATBIGʻI

🔰Sirdaryoda “Qishloq xoʻjaligida ilgʻor rivojlanishni amaliyotda tashkil etish” mavzusiga bagʻishlangan seminar ish boshladi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Shuhrat Gʻaniyev, Qishloq xoʻjaligi vaziri Aziz Voitov, Suv xoʻjaligi vaziri Shavkat Hamroyev, Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev, tumanlar hokimlari va soha vakillari qatnashmoqda.

Seminarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Shuhrat Gʻaniyev kirish soʻzi bilan ochib berdi:

“Qishloq xoʻjaligida bugungi zamon, bugungi kun talabiga mos boʻlgan yaxshi tashabbus va tadbirlar amalga oshirilmoqda. Zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalarni mamlakatimizda amaliyotga tatbiq etish uchun, avvalo, ularni yaxshilab oʻrganib, ichiga kirib, puxta rejalashtirib, keyin amalga oshirishimiz lozim. Bugungi seminar doirasida mana shu nazariya va tashabbuslarni oʻrganib, muhokama qilib, amaliyotimizga joriy etsak boʻladi. Ushbu seminar mana shu borada yaxshi imkoniyat beradi”.

#seminar #qishloq_xojaligi #suv_xojaligi #Sirdaryo

🌐
Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
#seminar

Qibray kasb-hunarga o'qitish markazida "Ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni kasbga tayorlashga, qayta tayyorlashga va malakasini oshirish" mavzusidagi amaliy
seminar o'tkazildi.

Toshkent, Yuqori Chirchiq, Parkent va Bo'stonliq tumani markaz rahbarlari, o'rinbosarlari va hokim yordamchilari ishtirok etgan seminarda, ishsiz fuqarolar ya
ni, xotin-qizlarni qiziqish va iqtidorini inobatga olgan holda, kasb-hunarga o'qitishda e'tibor qaratilishi lozim bo'lgan jihatlar to'g'risida markaz rahbari U.Ergashev ma'lumotlar berib o'tdi

Shuningdek,
seminar davomida markazdagi yo'nalishlar bo'yicha tashkil etilgan ochiq darslarda ishtirok etgan ishtirokchilar, xizmat faoliyatlarida foydalanishlari uchun zarur ma'lumotlarga ega bo'ldilar.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

/telegram/ facebook/ Instagram/ Website/
#ayni_damda
#seminar

Mahalla xodimlari uchun o'quv seminari bo'lib o'tmoqda


Toshkent davlat agrar universitetida Qibray tumanidagi 68 ta mahallada faoliyat olib borayotgan mahalla raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari va mahallalarga biriktirilgan soliq xodimlari uchun tashkil etilgan o‘quv seminarda, mashg‘ulotlar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Toshkent viloyati filiali, viloyati hokimligi huzuridagi fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish o‘quv kursi, Adliya boshqarmasi va Respublika Ma'naviyat va markazi tuman bo'linmasi mas'ul xodimlari tomonidan olib borilmoqda.

👉Batafsil

✍️Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#seminar

Toshkent davlat agrar universitetida Qibray tumanidagi 68 ta mahallalarda faoliyat olib borayotgan mahalla raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari va mahallaga biriktirilgan soliq xodimlari uchun tashkil etilgan o‘quv seminar tafsilotlari “Nurafshon TV” telekanali lavhasida.

✍️Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
#seminar

Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi

Bugun, Qibray tumanida Toshkent viloyati hokimining 2024 yil 28 martdagi 2-5-15-84-sonli xatiga asosan, korrupsiyaga qarshi kurashish, uning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar hamda kelgusidagi vazifalar to‘g‘risida hokimlik apparat xodimlari uchun huquqiy
seminar bo‘lib o‘tdi.

👉Batafsil

✍️Qibray tumani hokimligi Аxborot xizmati

/telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
#seminar

Mahalla raislari uchun o'quv-seminari o'tkazildi


Tumandagi mahalla raislari uchun o'tkazilgan o'quv-seminarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo'g'in sifatida ishlashini ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to'g'risida”gi 209-sonli Farmoni hamda "O'zbekiston Mahallalari uyushmasi faoliyatini yo'lga qo'yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi 402-sonli qarori ijrosi va uning mazmun-mohiyati tushuntirildi.

O‘quv-seminarida O'zbekiston Respublikasi Mahalla uyushmasi raisi maslahatchisi G.Yulchibayeva va Mahalla uyushmasi Qibray tuman bo'limi boshlig'i D.Mamajonovlar ishtirok etdi.


Qibray tumani hokimligi Аxborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube
#seminar

Qibray tumanida yoshlarga yer maydonlari ajratilmoqda

Davlatimiz rahbarining joriy yil 5-apreldagi qaroriga asosan Qibray tumanida “mahalla yettiligi” taklifi bilan har bir mahalla bo‘yicha ajratiladigan yer konturlari belgilanib, mahallalarda dehqonchilik qilishga istagida bo‘lgan yoshlar ro‘yxati shakllantirildi.

Ayni kunlarda ushbu yoshlarga “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali serunum, suvi serob dalalardan yer maydonlari ajratib berilmoqda. 


Jumladan, bugun Toshkent davlat agrar universitetida ushbu yigit-qizlar uchun soha mutaxassislari ishtirokida mahsulot yetishtirish va uni parvarishlashdagi muhim jihatlar, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida olib borish yuzasidan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Manba: @Sh_Khudaynazarov

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#seminar

Tumanda yoshlarga yer maydonlari ajratilmoqda

Qibray tumanida mahalla yettiligi taklifi bilan har bir mahalla bo‘yicha ajratiladigan yer konturlari belgilanib, mahallalarda dehqonchilik qilish istagida bo'lgan yoshlar ro'yxati shakllantirildi.

✍️Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
#seminar

Direktor o'rinbosarlari uchun o'quv
seminar tashkil etildi

Qibray tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Qibray tuman bo'linmasi hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda umumta'lim maktablarining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari hamda psixologlar uchun "Umumta'lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar" mavzusida o'quv-seminari tashkil etildi.

O'quv-seminarda mas'ullar va mutaxassislari tomonidan "Ma'naviy tarbiyaning metodologik asoslari", "Milliy g'oya va yangi ma'naviy makonning barkamol avlod tarbiyasidagi o'rni", "Ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni joriy etishning kreativ texnologiyalari", "O'zbek jadid ziyolilari" mavzularida o'quv-darslari o'tkazildi.


✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#seminar

"Umumta'lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar" mavzusidagi o'quv-seminari haqida batafsil "Nurafshon TV" telekanali lavhasida.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/