Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
3.55K subscribers
40K photos
3.16K videos
60 files
13.1K links
Ushbu kanalda Qibray tuman hokimligi axborot xizmati Sizni tumanda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi islohotlar va yangiliklar hamda ko'plab zarur ma'lumotlar bilan tanishtirib boradi.
Download Telegram
#bayonot

Toshkent viloyatida shu kunga qadar “DOK-1 MAKS” dorisidan oʻlim holati kuzatilmagan.

Ijtimoiy tarmoqlarda “Toshkent viloyatida (Oʻrtasaroyda) ”Dok-1 Maks“ dori vositasini isteʼmol qilgan 2 yoshli bola vafot etdi”, degan mazmundagi xabarlar tarqalmoqda.

Ushbu xabar yuzasidan Toshkent viloyati Sogʻliqni saqlash boshqarmasi quyidagilarni maʼlum qiladi:

Hozirgi kungacha Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazining Toshkent viloyati filialiga “DOK-1 MAKS siropi” isteʼmoli natijasida zaharlanish belgilari bilan 9 nafar bola olib kelingan. Ulardan 5 nafari sogʻayib, uyiga qaytarildi, 4 nafarining ahvoli esa barqaror holatda, ularga tegishli standartlar asosida muolajalar davom ettirilmoqda.

Shuni qayd etish kerakki, Toshkent viloyatidagi sogʻliqni saqlash muassasalarida shu paytgacha “DOK-1 MAKS” preparatidan zaharlanish tufayli oʻlim holati kuzatilmagan.

Maʼlumot oʻrnida aytish mumkinki, hozirda hududlardagi barcha dorixonalarda huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari va tuman-shahar tibbiyot birlashmalari xodimlari tomonidan oʻrganish olib borilib, “Quramax” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan dori vositalari yigʻishtirib olingan.

Aholi orasida dori-darmonlarni shifokor koʻrsatmasisiz, palapartish isteʼmol qilishning salbiy oqibatlari boʻyicha shifokor va patronaj hamshiralari tomonidan uyma-uy yurib, tushuntirish olib borilmoqda. Bu jarayonda xonadonlardagi shaxsiy dori qutilari ham koʻzdan kechirilmoqda.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Расмий хабар: қишки таътил узайтирилди

Ўзбекистонга аномал совуқ об-ҳаво кириб келиши муносабати билан барча бўғиндаги таълим муассасаларида қишки таътил муддати 17 январга қадар узайтирилди.

Ўқув машғулотлари 18 январь, чоршанба кунидан бошланади.


Каналга уланиш:
@uzauz
#bildirish

Qibray tuman aholisi diqqatiga!

❄️Ob-havoning keskin o’zgarishi tufayli kommunal sohalarda ko’plab muammolar yuzaga kelishini inobatga olib, 2022-2023 yil kuz-qish mavsumini betalofat o’tkazish hamda vujudga kelgan muammolarni o’z vaqtida bartaraf etish maqsadida Qibray tuman hokimligida uzluksiz kunu-tun faoliyat yurituvchi navbatchilik “TUMAN ShTABI” tashkil etilgan.

Hurmatli fuqarolar, agarda xonadoningiz yoki mahallangizda kommunal va boshqa sohalarda muammolar yuzaga kelsa zudlik bilan shtab a'zolariga yetkazishingizni so‘raymiz.

📌 Shtabning asosiy vazifasi – aholidan kelib tushadigan murojaatlarni tezkor (operativ) ravishda bartaraf etish choralarini belgilash va amalga oshirishdan iborat.

📞 Murojaat uchun telefonlar:
🏢 Qibray tuman hokimligi markaziy shtabi;
☎️
+99870204-01-24, +9987095 61-501(24 soat)
Shuningdek, siz ushbu👉
https://t.iss.one/qibraytumanhokimligi_shtabi silka orqali telegram guruhga murojaatingizni to'liq yozib qoldirishingiz mumkin.

Shtab rahbari –
Qibray tuman hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jaligi masalalari bo‘yicha hokim o‘rinbosari Inoyatov Kamoliddin;
☎️ (97)448-10-44
(24 soat)
99/611-99-08 Shaxzod (mutaxassis)

Shtab rahbari o‘rinbosari – Qibray tuman Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig'i Uyg'un;
📱 Tel: (33)495-77-77


🔥 Qibray tumani gaz ta'minoti bo‘limi boshlig‘i G‘olib Mingeshov;
📱 Tel: (98)124-56-35
(boshliq), (97) 132-44-88  Komiljon glavniy injiner (93) 565-10-20 Komiljon
☎️ Tel: (78) 150-02-84 dispecher nomeri

⚡️ Qibray tuman elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i Jamoliddin Ilxomov;
📱 Tel: (99)373-94-33
(boshliq)
(99)866-06-46(bosh muhandis)
☎️  Tel: (70)202-07-15,
(95)194-01-83
(dispetcher)

🚰  Qibray tumani Suv ta'minoti boshlig‘i Begzod Ismoilov;
📱
Tel: (97)731-01-26
(98) 812-15-14 (bosh muhandis)
☎️ Tel: (70-95)61-959(dispetcher)

🚰   "Musaffo obihayot" MChJ: Bosh muhandis Sunatilla Qayumov;
📱
Tel: (88)701-08-75
(bosh muhandis)
☎️ Tel:
(95)194-38-60,(71)208-70-50
(dispetcher)                                                                                                       
🚑 Qibray tuman Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Ziyodulla Abdullayev;
📱 Tel:
(97)729-10-40 (boshliq)
      (93)377-70-10 (o‘rinbosar)
☎️ Tel: 103, (71)286-02-70 (qabul bo‘limi)

🚒 Qibray tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i Haydarov Jamshid;
📱 Tel: (91)013-03-53 (boshliq)
(95)090-10-50 (o‘rinbosar)
☎️ Tel: 101, (70-95)6-15-91 (dispetcher)

🚓  Qibray tuman IIB yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i Nodir Tashpo‘latov;
📱 Tel: (99)090-01-68
☎️ Tel: 102, (70-95)6-11-11

✍️ Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ta'lim

💻Qibray tumanidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlarida zamonaviy pedagogik texnologiyalar va turli didaktik o‘yinlar orqali ularning bilim doirasini shakllantirish hamda erkin fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan yangicha yondoshuvlar asosida mashg‘ulotlar olib borilmoqda.

🎞Xususan, tumandagi 2-DMTTda "Bolalar-bizning kelajagamiz" loyihasi doirasida olib borilayotgan mashg‘ulotlar jarayoni "Nurafshon TV" telekanali lavhasida.

✍️ Qibray tuman hokimligi axborot xizmati

/telegram/ /facebook/ /Instagram/
Kutilayotgan anomal sovuq kunlari energotizimda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi

Joriy yilning 4-yanvar kuni Energetika vaziri boshchiligida tizim korxonalari rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirokida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda kelgusi hafta respublikamiz hududida havo haroratining anomal pasayishi davrida yoqilg‘i-energetika sohasidagi ishlarni to‘g‘ri va tizimli tashkil qilish, iste’molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rish masalalari muhokama qilindi va qator vazifalar belgilab berildi.

Jumladan, birinchi navbatda aholi va ijtimoiy soha obyektlariga elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz hamda ko‘mir mahsulotini barqaror yetkazib berish choralari ko‘rilishi ta’kidlandi. Buning uchun:

1. Avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari faoliyatiga kiritilayotgan cheklovlar davom ettiriladi;

2. Yirik ishlab chiqarish korxonalariga tabiiy gaz yetkazib berish hajmi keskin kamaytiriladi;

3. Energotizimdagi yirik iste’molchilarning kunlik elektr energiyasi iste’moli kamaytiriladi va tejalgan 11-12 mln kVt-soat elektr energiyasi aholi iste’moliga yo‘naltiriladi;

4. Energotizimda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yirik avariyalarni oldini olish, barcha iste’molchilarni bir maromda elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda tasdiqlangan grafiklarga asosan qisqa muddatli cheklovlar kiritiladi;

5. Elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi issiqlik elektr stansiyalari va markazlarning barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida kuniga o‘rtacha 49 mln kub metr tabiiy gaz yetkazib beriladi;

6. Bugungi kunda mazkur stansiyalar uchun 90 ming tonna mazut va 280 ming tonna ko‘mir yoqilg‘isi zaxirasi yaratildi;

7. Iste’molchilarga kunlik ko‘mir yetkazib berish hajmi 5000 tonnadan 8000 tonnaga oshiriladi.

Yig‘ilishda sovuq kunlarda elektr energiyasiga bo‘lgan talab ortishi natijasida elektr tarmoqlari va transformator punktlarida ham yuklamalar keskin oshishi ta’kidlandi.

Bunda, dispetcherlar mahalliy hokimliklar va hududiy elektr tarmoqlari korxonalari tomonidan tasdiqlangan cheklov grafiklariga qat’iy amal qilishlari, ya’ni belgilangan muddatdan ortiq cheklovlar kiritmasligi ta’kidlandi.

Ikki soatdan oshmagan vaqt oralig‘ida hududlar kesimida joriy etilayotgan cheklov grafiklari barcha viloyat hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida e’lon qilib borilishi ta’minlanadi.

Shuningdek, anomal sovuq kunlarida tarmoqlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni bartaraf etish uchun elektr va gaz ta’minoti korxonalarida tunu-kun ishlaydigan 1000 dan ortiq maxsus brigada tashkil etildi. Ushbu brigadalar muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etilishini ta’minlaydilar.

Iste’molchilar elektr energiyasi ta’minoti yuzasidan 1154 qisqa raqami yoki “Telegram”dagi @HET_admin administratorga, tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minoti yuzasidan 1104, 104 telefon raqamlari yoki Facebook ijtimoiy tarmoqdagi guruhga hamda ko‘mir ta’minoti yuzasidan 78-148-30-03, 71-244-38-28 telefon raqamlari va @Uzbekcoaluz_bot “Telegram” botga murojaat qilishlari mumkin.

Shu o‘rinda iste’molchilardan elektr qurilmalari va isitish moslamalariga nihoyatda ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishlarini, ushbu qurilmalardan foydalanilmayotgan vaqtlarda tarmoqdan ajratib qo‘yishlarini, energiya resurslaridan imkon qadar tejamkorlik bilan foydalanishlarini, shuningdek, is gazidan zaharlanishning oldini olish yuzasidan berilayotgan tavsiyalarga qat’iy rioya qilishlarini so‘raymiz.

O‘zbekiston Respublikasi
Energetika vazirligi Matbuot xizmati

▶️
@minenergy_uz
#muvaffaqiyat

Davron yigirma uch ming dollar grantni qo‘lga kiritdi

📚Yurtimizda ko‘plab sohalarda bo‘lgani kabi ta'limga berilayotgan e'tibor sabab nafaqat tuman markazlaridaga maktablarda ta'lim olayotgan o‘quvchilar, balki, chekka hududlardagi maktab o‘quvchilari ham yuqori natijalarga erishmoqda.

Jumladan, Qibray tumanining olis hududi, Turkiston mahallasida joylashgan 43-umumiy o‘rta ta'lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Ahmedov Davron qiziqishi va intilishlari sabab xalqaro (IELTS 7,5)sertifikatni qo'lga kiritish bilan birga Amerikaning Duquesne University, iPhone programmist yo‘nalishiga muddatidan avval grant asosida o‘qishga qabul qilinib, 23 ming dollar grantni ham qo‘lga kiritdi.

Davronning kelgusidagi o‘qishlariga muvaffaqiyat tilaymiz.

✍️ Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

/telegram/ /facebook/ Instagram/
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️
🟢Пенсия таъминоти тизимидаги сўнгги янгиликлар

Пенсия ҳисоблашда инобатга олинадиган ўртача иш ҳақи миқдори оширилди.

Биргина паспорт ёки идентификация ID-картаси орқали Давлат пенсияларини тайинлаш имконияти яратилди

I ва II гуруҳ ногиронлик пенсияси тайинлангандан кейинги ишлаган вақт иш стажига қўшиб ҳисобланади

🟢Ўзбекистон 24 | Ахборот 24 дастури

📞 11-40 🌍pfru.uz

Telegram 📱Facebook 📱Instagram 🌐Youtube
#ta'lim

Maktab rahbarlari va pedagoglar uchun ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan seminarlar o‘tkazilmoqda

Qibray tumani Xalq ta'limi bo‘limi mudiri tashabbusi bilan ta'til kunlarini unumli o‘tkazish va maktab o‘quvchilarining bilim darajasi hamda ularga berilayotgan ta'lim sifatini oshirish maqsadida "Sifatli ta'lim sari" mavzusida o‘quv seminarlar o‘tkazish rejasi ishlab chiqildi.

🌐Seminarning ilk kunida ishtirok etgan fan o‘qituvchilariga, moderatorlar tomonidan STEAM Science,PISA PIRLS,TIMSS ICILS
kabi dunyoning ilg‘or pedagogik texnologiyalari yordamida o‘quvchilarga ta'lim berish, ularda kreativlik,tanqidiylik, kommunikatsiya va mahoratni rivojlantirishda yangicha yondoshuvlar asosida darslarni tashkil etish bo‘yicha ko‘plab ma'lumotlar berildi.

💻Qiziqarli o‘yin, savol-javob tarzida o‘tgan seminarda, pedagoglar kelgusida bevosita dars jarayonlarida foydalanishlari uchun bilim-ko‘nikmalarga ega bo‘lishmoqda.

✍️ Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

/telegram/ /facebook/ Instagram/
#ogohlik

Ko‘ngilsiz hodisalarni oldini olish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda

🚒Qibray tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi, Qibraytumangaz bo‘limi va Yong‘inga qarshi kurashish jamiyati xodimlari bilan birgalikda tumanda joylashgan mahallalari hududidagi aholi yashash xonadonlarida fuqarolar bilan qish mavsumini betalafot o‘tkazish va is gazidan zaharlanish hamda boshqa ko‘ngilsiz hodisalarini oldini olish maqsadida profilaktik suhbatlar, targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazdilar.

⚡️ Tadbir davomida fuqarolarga nosoz, qo‘lbola elektr, gaz jihozlaridan foydalanmaslik bo‘yicha tushuntirishlar berilib, eslatma va bukletlar tarqatildi.

Hurmatli fuqarolar!

📌Sizlardan isitish maqsadida, elektr uskunalari va gaz jihozlaridan foydalanish davrida xavfsizlik va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etishsingizni, suyultirilgan gaz, ko‘mir va shunga o‘xshash mahsulotlardan foydalanishda is gazidan zaharlanishni oldini olish maqsadida, kerakli choralarni ko‘rishingizni so‘rab qolamiz.

Qibray tumani FVB boshlig‘i J.Xaydarov

✍️ Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

/telegram/ /facebook/ Instagram/
#e'tirof

Rayhon opaning 42 yillik mehnatlari vazirlik tomonidan e'tirof etildi

🔹Qibray tumani xalq ta’limi bo’limi tasarrufidagi 23-umumta’lim maktabidaning rus tili va adabiyoti fan o’qituvchisi Tuylakova Rayhon Kadamovnaning xalq ta'limi sohasida barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlarni vatanparvarlik va istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash borasida fidokorona mehnatlarini uchun “Xalq ta'limi fidoyisi” ko’krak nishoni bilan taqdirlandi.

Tuman xalq ta'limi bo‘limi mudiri Ya.Shadiyeva ko‘krak nishonini o‘z egasiga topshirib, unga sohaga qo‘shayotgan ulkan hissasi uchun tizimdagi barcha xodimlar nomidan minnatdorchilik bildirdi.

Qibray tumani hokimligi Tulyakova Rayhon opani yuksak mukofot bilan muborakbod etib, unga kelgusidagi faoliyatida ulkan zafarlar tilaydi.

✍️ Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

/telegram/ /facebook/ Instagram/