Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
3.62K subscribers
39.6K photos
3.1K videos
59 files
12.9K links
Ushbu kanalda Qibray tuman hokimligi axborot xizmati Sizni tumanda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi islohotlar va yangiliklar hamda ko'plab zarur ma'lumotlar bilan tanishtirib boradi.
Download Telegram
#rasmiy
#tayinlov

Xasanov Rustamjon Murodjon o‘g‘li — Qibray tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy masalalari bo'yicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Xasanov Rustamjon — 1992-yil Qibray tumanida tugʻilgan.

Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar R.Xasanov Qibray tumanidagi “Yangiyo‘l” mahallasida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim
yordamchisi lavozimida faoliyat olib borgan.

✍️ Qibray tuman hokimligi Аxborot xizmati

/telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
#rasmiy
#tayinlov

Botirov Ulug'bek Asadullayevich — Qibray tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari bo'yicha birinchi oʻrinbosari —Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish bo'limi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.

🔹Botirov Ulug'bek- 1987-yil Surxondaryo viloyаti Sho'rchi tumanida tugʻilgan.

Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar U
.Botirov Qibray tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

✍️Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube
#rasmiy
#tayinlov

Axmadjonov Bekmurod Ilhom o'g'li — Qibray tuman hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari lavozimiga tayinlandi.

🔹Axmadjonov Bekmurod
1988-yil Qibray tumanida tugʻilgan.

Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar B
.Axmadjonov Toshkent Axborot texnoligiyalari universiteti Inson resurslari (HR) bo'limi mutaxassisi lavozimida faoliyat olib borgan.

✍️Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube
#Rasmiy

Zoyir Mirzayev Boshqirdiston poytaxti Ufa shahriga yetib keldi

Avval xabar berganimizdek, Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligidagi delegatsiya ayni paytda Rossiya federatsiyasida boʻlib turibdi.

Vakillarimiz Tatariston poytaxti Qozon shahrida bir qator manfaatli uchrashuvlar oʻtkazdi, viloyat hokimi va mehnat migrantlari muloqoti oʻtkazildi.

Kecha kunning ikkinchi yarmida delegatsiya Boshqirdiston respublikasi poytaxti Ufa shahriga joʻnab ketdi.

Bugun bu yerda bir qator investitsiyaviy muloqotlar boʻlishi kutilmoqda. Shuningdek, Toshkent viloyati delegatsiyasi savdo va ishlab chiqarish obyektlari faoliyati bilan tanishadi.

Ufa shahrida vakillarimizni Boshqirdiston rahbari Radiy Xabirov tantanali kutib oldi.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy

Erkin Madorbekovich Muhiddinov Toshkent viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi.

Erkin Muhiddinov bunga qadar Ohangaron tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

Qibray tumani Botanika mahallasidagi kommunal va ichki yo'llar yuzasidan "Uz Report" telekanali orqali berilgan tanqidiy videolavha bo'yicha quyidagilarni ma'lum qilamiz


👉Batafsil

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati
#Rasmiy_munosabat

“Oʻzbekiston 24” telekanalida namoyish etilgan Qibray tumani “Yangiyoʻl” MFY da joylashgan “Boʻri ota” (Sotiq Bugʻroxon) ziyoratgohi atrofidagi ichki yoʻllar taʼmirtalab ekanligi haqidagi materialga rasmiy munosabat

Mazkur material muallifi masalaga bir tomonlama yondashib, masʼullar fikrini inoabatga olmagan, “Boʻri ota” ziyoratgohi va unga eltuvchi yoʻl abgor holatda emas.

Xalq tilida “Boʻri ota” deb nomlangan mazkur ziyoratgoh 2022-yilda mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan toʻliq taʼmirlanib, oʻsha yili avgust oyida foydalanishga topshirilgan. Ziyoratgohga tutash asosiy koʻchalarda toʻliq asfaltlashtirish ishlari bajarilgan.

“Yangiyoʻl” MFYdagi Farovon koʻchasi va dala hovlilar joylashgan “Orom-3” koʻchasi bilan tutash 130 metr masofa loyiha rejasiga kiritilmaganligi sababli taʼmirlanmagan.

Maʼlumot oʻrnida, “Tashabbusli byudjet” loyihasining joriy yil birinchi bosqichida gʻolib boʻlgan “Orom-3” koʻchasi toʻliq asfalt qilinadi. Yoʻlning loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgan va ekspertiza xulosasini olish uchun hujjatlar taqdim qilingan. Mazkur xulosa asosida kelasi oydan ish boshlanishi rejalashtirilgan.

Taʼkidlaymizki, videolavha tasvirga olinayotganda, Qibray tumani hokimligi axborot xizmati tomonidan jurnalist Q.Abduxoliqovga yoʻlni taʼmirlash ishlari, kelgusi rejalar haqida aniq maʼlumotlar taqdim etilgan. Biroq, jurnalist masalaga bir yoqlama yondashib, masʼullarning bu boradagi fikrini lavhaga qoʻshmagan va jurnalistik kasb etikasini buzgan, deb hisoblaymiz.

Behzod Kabulov
,
viloyat hokimining matbuot kotibi-axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi


Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy

Zoyir Mirzayevning Xitoy xalq Respublikasiga tashrifiga doir rasmiy axborot

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligidagi viloyatimiz delegatsiyasi ayni paytda Xitoy xalq respublikasida boʻlib turibdi.

Bugun XXRning poytaxti Pekindan Uxan shahriga yetib kelgan vakillarimiz shahar maʼmuriyati tantanali surʼatda kutib oldi.

Uxan shahri Markaziy Xitoyda joylashgan yirik megapolis boʻlib, sanoat hududi hisoblanadi.

Uxanda “Baibuting group co. ltd” kompaniyasi bilan erishilgan hamkorlik kelishuvini imzolash marosimi boʻlib oʻtadi.

Shu yerning oʻzida tadbirkorlar bilan uchrashuv va muloqotlar oʻtkaziladi.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy

Faol tadbirkorlarga davlat mukofotlari topshirildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan bir guruh tadbirkorlar davlat mukofotlari bilan taqdirlangan edi. Ular orasida viloyatimizning yetakchi tadbirkorlari ham bor.

Bugun Qibray tumanida mazkur yuksak davlat mukofotlarini oʻz egalariga topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

Tantanali marosimda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi va nutq soʻzladi.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Haydarobod mahallasida yo'lovchi tashish transport faoliyatini qayta tiklash yuzasidan fuqarolarning murojaatlari bo'yicha quyidagilarni ma'lum qilamiz

Qibray tumani Haydarobod-Do'rmon yo'nalishi bo'yicha markaziy ko'chaning 2,5 kmdan ortiq masofasi ta'mirlanishi munosabati bilan transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanganligi va shu sababdan avvaldan qatnovi yo'lga qo'yilgan Alisherobod-Haydarobod-TTZ yo'nalishida harakatlanuvchi 159-avtobus qatnovi ham vaqtincha to'xtatilgan.

Mazkur ishlar yakunlangandan so'ng, mahalla tomonidan Toshkent shahar Transport bosh boshqarmasi avtotransportlarni muvofiqlashtirish bo'limi va 2-avtobus saroyiga 159-avtobus qatnovini qayta tiklash bo'yicha murojaat xati yo'llangan, murojaatga asosan mazkur avtobus qatnovi joriy yilning 17-avgust kunidan qayta tiklanishi ma'lum qilingan.


✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati