Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
3.55K subscribers
39.9K photos
3.15K videos
60 files
13K links
Ushbu kanalda Qibray tuman hokimligi axborot xizmati Sizni tumanda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi islohotlar va yangiliklar hamda ko'plab zarur ma'lumotlar bilan tanishtirib boradi.
Download Telegram
#seminar

Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi

Bugun, Qibray tumanida Toshkent viloyati hokimining 2024 yil 28 martdagi 2-5-15-84-sonli xatiga asosan, korrupsiyaga qarshi kurashish, uning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar hamda kelgusidagi vazifalar to‘g‘risida hokimlik apparat xodimlari uchun huquqiy
seminar bo‘lib o‘tdi.

👉Batafsil

✍️Qibray tumani hokimligi Аxborot xizmati

/telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
#seminar

Mahalla raislari uchun o'quv-seminari o'tkazildi


Tumandagi mahalla raislari uchun o'tkazilgan o'quv-seminarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo'g'in sifatida ishlashini ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to'g'risida”gi 209-sonli Farmoni hamda "O'zbekiston Mahallalari uyushmasi faoliyatini yo'lga qo'yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi 402-sonli qarori ijrosi va uning mazmun-mohiyati tushuntirildi.

O‘quv-seminarida O'zbekiston Respublikasi Mahalla uyushmasi raisi maslahatchisi G.Yulchibayeva va Mahalla uyushmasi Qibray tuman bo'limi boshlig'i D.Mamajonovlar ishtirok etdi.


Qibray tumani hokimligi Аxborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube
#seminar

Qibray tumanida yoshlarga yer maydonlari ajratilmoqda

Davlatimiz rahbarining joriy yil 5-apreldagi qaroriga asosan Qibray tumanida “mahalla yettiligi” taklifi bilan har bir mahalla bo‘yicha ajratiladigan yer konturlari belgilanib, mahallalarda dehqonchilik qilishga istagida bo‘lgan yoshlar ro‘yxati shakllantirildi.

Ayni kunlarda ushbu yoshlarga “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali serunum, suvi serob dalalardan yer maydonlari ajratib berilmoqda. 


Jumladan, bugun Toshkent davlat agrar universitetida ushbu yigit-qizlar uchun soha mutaxassislari ishtirokida mahsulot yetishtirish va uni parvarishlashdagi muhim jihatlar, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida olib borish yuzasidan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Manba: @Sh_Khudaynazarov

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#seminar

Tumanda yoshlarga yer maydonlari ajratilmoqda

Qibray tumanida mahalla yettiligi taklifi bilan har bir mahalla bo‘yicha ajratiladigan yer konturlari belgilanib, mahallalarda dehqonchilik qilish istagida bo'lgan yoshlar ro'yxati shakllantirildi.

✍️Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
#seminar

Direktor o'rinbosarlari uchun o'quv
seminar tashkil etildi

Qibray tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Qibray tuman bo'linmasi hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda umumta'lim maktablarining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari hamda psixologlar uchun "Umumta'lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar" mavzusida o'quv-seminari tashkil etildi.

O'quv-seminarda mas'ullar va mutaxassislari tomonidan "Ma'naviy tarbiyaning metodologik asoslari", "Milliy g'oya va yangi ma'naviy makonning barkamol avlod tarbiyasidagi o'rni", "Ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni joriy etishning kreativ texnologiyalari", "O'zbek jadid ziyolilari" mavzularida o'quv-darslari o'tkazildi.


✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#seminar

"Umumta'lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar" mavzusidagi o'quv-seminari haqida batafsil "Nurafshon TV" telekanali lavhasida.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
#seminar

Ayni damda, Toshkent davlat agrar universitetida «Jamoatchilik va ekologik nazoratini amalga oshirishda, mahalla fuqarolar yigʼinlari raislarining roli va vazifalari masalalariga bag’ishlangan seminar o’z ishini boshladi.

Seminarda Toshkent davlat agrar universitetining mutasaddilari, Qibray tumani hokimi o’rinbosari, mahalla xodimlari, OАV va NNT vakillari ishtirok etmoqda

Manba:ToshDAU Axborot xizmati

/telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
#seminar

Mahalladagi yoshlar yetakchilari qisqa muddatli malaka oshirish
o‘quv-seminarida ishtirok etmoqdalar

Qibray tumani hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi va Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi hamkorligida o'tkazilayotgan seminar davomida yoshlar yetakchilariga mutaxassislar tomonidan nazariy hamda amaliy mashg'ulotlar o'tilishi belgilangan.

👉Batafsil

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
#seminar

Ma’rifatli oila — jamiyat tayanchi mavzusida o'quv seminar o'tkazildi

Qibray tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi va Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo‘linmasi hamkorligida o'tkazilgan tadbirda, oila institutini mustahkamlash, uning jamiyat hayoti va taraqqiyotida tutgan o'rni hamda ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalashda, milliy an’ana va qadriyatlarlarni asrab avaylashda nikohning muqaddasligini yosh avlod ongiga chuqur singdirishga qaratilgan o'quv
seminar o'tkazildi.

Toshkent viloyati hokim o‘rinbosari Z.Mirgaziyeva, viloyat prokuraturasi bo’lim boshlig’i, viloyat IIBB boshlig‘i o‘rinbosari, "Oqila ayollar harakati" viloyat rahbari va boshqa mas'ullar boshchiligida o'tkazilgan o‘quv-seminarda, oilalar mustahkamligini ta’minlash va yoshlarga ibrat bo'lib kelayotgan nuroniy onaxonlar hamda faol yoshlar ishtirok etdi.


✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
#seminar

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Toshkent viloyati filiali tomonidan "Mahalla yettiligi" va tuman tashkilotlari rahbarlari uchun o‘quv-amaliy seminar o'tkazildi

Maqsad — davlat xizmatchilarini ishdan tashqari va ish vaqtida odob-axloq qoidalarga rioya etishi, shuningdek, aholi kayfiyatiga salbiy ta'sir etuvchi omillarni bartaraf etish, muammolarini manzilli va tizimli o‘rganish, bandligini ta'minlash, kambag‘allikni qisqartirish hamda “mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etishga qaratiladi.

👉Batafsil

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM