Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
3.62K subscribers
39.6K photos
3.11K videos
60 files
12.9K links
Ushbu kanalda Qibray tuman hokimligi axborot xizmati Sizni tumanda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi islohotlar va yangiliklar hamda ko'plab zarur ma'lumotlar bilan tanishtirib boradi.
Download Telegram
#o‘rganish

Ishlab chiqarish korxonasidagi sharoitlar o‘rganildi

Qibray tumani IIB boshlig‘i I.Rashidov, Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i, tuman hokimi
o‘runbosari va tegishli tashkilot rahbarlari "Ziyokor" mahallasida joylayshgan tekstil mahsulotlari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan "Sogdi Tex" korxonasidagi sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

⚡️Mazkur korxonada havoning sovuq kunlarida qo‘lbola isitish tizimlaridan foydalanish va tabiiy gazga noqonuniy ulanish holatlarini oldini olish hamda is gazi va uning kelib chiqish sabablari to‘g‘risida korxona xodimlari bilan tushuntirish ishlari olib borildi.

✍️ Qibray tuman hokimligi axborot xizmati

/telegram/ /facebook/ Instagram/
#o‘rganish

Tuman sektor rahbarlari o‘quv jarayonlarini boshlash bo‘yicha ko‘rilgan tayyorgarlik holatini o‘rgandilar

Qibray tumani hokimi M.Mirkasimov tuman IIB va FV bo‘limi boshliqlari bilan birgalikda umumta'lim maktablarida qishning sovuq kunlariga va
o‘quv jarayonlariga ko‘rilgan tayyorgarlik holatini ko‘zdan kechirdi.

🔹Tuman rahbarlari maktab hududini qordan tozalash, issiqlik tizimi va ish faoliyatini olib borayotgan pedagog-xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar va topshiriqlar ijrosi
o‘rganilib, pedagoglar bilan suhbatlashdilar.

✍️ Qibray tuman hokimligi axborot xizmati

/telegram/ /facebook/ Instagram/
#o‘rganish

Sektor rahbarlari aholi muammolarini o‘rgandi

♻️Tuman hokimi M.Mirkasimov
  va sektor rahbarlari birgalikda "Olmazor" mahallasida yashovchi aholi bilan uchrashib,ularning kommunal sohadagi muammolarini o‘rgandi.

🔸
O‘rganishlar davomida tuman mutasaddilari aholi xonadonlariga kirib,gaz bosimi va elektr energiyasida yuzaga kelayotgan muammolarini atroflicha o'rgandilar va aholining haqli e'tiroziga sabab bo'layotgan elektr energiyasi bilan bog'liq muammolarni bartaraf etishda barcha zaruru choralar ko'rilishini aytib o'tdilar.

📌Tegishli mas'ullarga, aholining elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolarni hal etish uchun tezkor guruhlar faoliyatini nazoratga olish va qo'shimcha kuchlarni jalb qilish bo‘yicha topshiriq berildi.

✍️ Qibray tuman hokimligi axborot xizmati

/
telegram/ /facebook/ Instagram
#o‘rganish

Chinobodliklar sektor rahbarlari bilan bo‘lgan uchrashuvda kommunal sohadagi muammolarni ko‘tardilar

♻️Sektor rahbarlari aholi bilan uchrashib, kunning keskin sovushi oqibatida kommunal sohada yuzaga kelgan muammolar va tumanda bu yo‘nalishdagi kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha barcha imkoniyatlar ishga solinayotganligini aytib
o‘tdilar.

🔹Shuningdek, gaz bosimining tushushi natijasida aholining elektr energiyasiga bo‘lgan talabi ortishi va transformatorlarning qo‘shimcha quvvat bilan ishlashi natijasida elektr ta'minotida ham nosozliklar vujudga kelayotganligi to‘g‘risida tushuntirib, aholini boxabar qildilar.

📌Tuman rahbarlari, hozirgi sovuq kunlarda elektr energiyasi ta'minotida uchrayotgan muammo va noqulayliklarni bartaraf etish uchun barcha kuch va texnikalar safarbar qilinganligini hamda barcha murojaatlar nazoratga olinganligini alohida ta'kidladilar.

✍️ Qibray tuman hokimligi axborot xizmati

/
telegram/ /facebook/ Instagram
#o‘rganish

Bosh prokuror o‘rinbosari umumta'lim maktablaridagi sharoitlar bilan tanishdi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari Sh.Aminov, Qibray tumani hokimi va sektor rahbarlari bilan birgalikda tumandagi umumta'lim maktablarida qish mavsumi va o‘quv jarayonlariga ko‘rilgan tayyorgarlik holatini ko‘zdan kechirdi.

🔹Prokuror
o‘rinbosari sovuq kunlarda o‘quv xonalar haroratini belgilangan me'yorda saqlash, kamchiliklarni bartaraf etish hamda o‘quvchilar uchun yetarli sharoit yaratish uchun lozim bo‘lgan barcha zarur choralarni ko‘rish bo‘yicha mutasaddilarga vazifa va topshiriqlar berdi.

📌Shuningdek, mutasaddilar tumanda tashkil etilgan arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmakasidagi narx-navolar bilan tanishib, aholining kunlik ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan mahsulotlar narxini sun'iy oshirish kabi holatlarini oldini olishga ko‘rsatma berildi.


✍️ Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

/telegram/ /facebook/ Instagram/
#o‘rganish

Sektor rahbarlari umumta'lim va maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi sharoitlarni ko‘zdan kechirmoqda

Xususan,Qibray tumani hokimi M.Mirkasimov va sektor rahbarlari birgalikda tumandagi 14-umumta'lim maktabida bo‘lib, o‘quv jarayonlari va qish mavsumiga ko‘rilgan tayyorgarlik bilan tanishdi.

🔹Tuman hokimligi tomonidan mazkur maktabga sinov tariqasida gaz va ko‘mir mahsuloti bilan isitish imkoniga ega yangi qozonxona
o‘rnatildi.

Shuningdek, sektor rahbarlari
o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoit va sinf xanalardagi havo harorati hamda isitish tizimini ham ko‘zdan kechirdilar.

✍️ Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

/telegram/ /facebook/ Instagram/
#o‘rganish

Tuman hokimi o‘rinbosari ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishdi

Qibray tumani hokimi
o‘rinbosari B.Yusupxanov tumanda faoliyat olib borayotgan korxonalardagi ish jarayonlari va muammolarini o‘rgandi.

🔹Shuningdek, hokim
o‘rinbosari korxonaning ishlab chiqarish hajmi va kelgusida mahsulotlarni eksportbopligini oshirish hamda korxona faoliyitini kengaytirish orqali qo‘shimcha yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi.

✍️ Qibray tuman hokimligi axborot xizmati

/telegram/ /facebook/ Instagram/
#o‘rganish

Sektor rahbarlari aholi muammolarini o‘rgandi

♻️Tuman hokimi M.Mirkasimov
 va sektor rahbarlari birgalikda "Bo‘ston" mahallasida yashovchi aholining kommunal sohadagi muammolarini o‘rgandi.

🔸
O‘rganishlar davomida tuman mutasaddilari aholi xonadonlariga kirib,gaz bosimi va elektr energiyasida yuzaga kelayotgan muammolarini atroflicha o'rganildi va kommunal sohadagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish yuzasidan tegishli mas'ullarga topshiriq berildi.

✍️ Qibray tuman hokimligi axborot xizmati

/
telegram/ /facebook/ Instagram
#o‘rganish

Tuman hokimi Ozodaning jarrohlik amaliyotini o‘tkazish uchun yordam ko‘rsatilishini aytdi

♻️Tuman hokimi M.Mirkasimov
 
"Bo'ston" mahallasida yashovchi Shokirova Ozodanining holidan xabar oldi.

🔹Tuman hokimi, samolatligida muammolari bo‘lgan Ozodani tibbiy ko‘rikdan
o‘tkazish va suyak kasalligi bilan bog‘liq navbatdagi jarrohlik amaliyoti uchun moddiy yordam ko‘rsatilishini aytib o‘tdi.

✍️ Qibray tuman hokimligi axborot xizmati

/
telegram/ /facebook/ Instagram
#o‘rganish

Hokim o‘rinbosari tumandagi sanoat korxonalarining ish jarayonlari bilan tanishmoqda.

Shuningdek,Qibray tumani hokimi
o‘rinbosari B.Yusupxanov sanoat korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlari bilan yaqindan tanishib, korxona rahbarlarining ishlab chiqarish jarayonlarida yuzaga kelayotgan muammolari va takliflarini ham o‘rganmoqda.

✍️ Qibray tuman hokimligi axborot xizmati

/telegram/ facebook/ Instagram/