"QIBRAY HAYOTI"
3.14K subscribers
1.76K photos
528 videos
4 files
864 links
Qibray tumani hayotiga oid xabarlar.

Qiziqarli, foydali va sifatli kontent.

Kanaldan chiqib ketishga shoshilmang kanalimiz sizga albatta manzur bo`ladi 😊
Download Telegram
❗️O‘zbekistonda bu hafta ham jazirama issiq davom etadi

Ob-havo prognozlariga ko‘ra, boshlangan haftaning ish kunlari davomida havo harorati yuqoriligicha qoladi, faqatgina dam olish kunlariga boribgina biroz pasayishi kutilmoqda.

Ushbu davrda harorat maksimumlari iqlimiy me'yorlardan 3-4 daraja yuqori bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Mamlakatning katta qismi, xususan, Toshkentda +43 darajagacha, janubiy viloyatlarda esa +45 darajagacha issiq bo‘ladi.

Issiqlik to‘lqini avvalo sog‘liqni saqlash va energetika tizimlariga yuklamani oshirishi taxmin qilinyapti.

@qibray_hayoti
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oddiylik - insonning eng yaxshi fazilatlaridan biridir.

Konfutsiy✍🏻


#yangiruhiyat #iqtibos #intizom

@qibray_hayoti
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️“Kitoblar bilim beradi, hayot esa sinov. Kim o‘qiydi va o‘rganadi — o‘z yo‘lini topadi.”

#yangiruhiyat #intizom

@qibray_hayoti
Haqiqiy rahbar qanday bo'lishi kerak?

1️⃣ Rahbar masʼuliyati – rahbarlik madaniyatining yuragi

Bu oddiy xodim masʼuliyatidan kengroq va chuqurroq.

Vijdon, iymon, jamoa, jamiyat, Vatan oldidagi burchni anglash bilan bogʻliq.

Salbiy hodisalar koʻpincha aynan rahbarning masʼuliyatsizligidan kelib chiqadi.

2️⃣ Rahbar yuksak tafakkur va ongga ega boʻlishi shart.

3️⃣ Zamonaviy rahbarning asosiy vazifalari.

Masalan: halollik, el-yurtga sadoqat, mutaxassislar fikriga tayanish, xalq manfaatini ustun qoʻyish, fidoyilik, qatʼiyat, zoʻravonlikdan yiroq boʻlish, adolatli, ochiq, shaffof boshqaruv, yagona gʻoya atrofida jipslash

4️⃣ Rahbarlik – faqat lavozim emas, balki sanʼat va iqtidor.

Har kim rahbar boʻla olmaydi – bunga bilim, iqtidor, mahorat, tafakkur kerak.

5️⃣ Insoniy fazilatlar – haqiqiy rahbarning belgisidir
.

Halollik, diyonat, vijdonlilik, mehr-shafqat, talabchanlik, iymon – bular har qanday rahbarda boʻlishi kerak.

6️⃣ Boshqaruv ilmi va psixologiyani egallash zarur.

Rahbar ijtimoiy psixologiya, boshqaruv psixologiyasi, inson tabiati haqida chuqur bilimga ega boʻlishi kerak.

‼️ Shundagina u sogʻlom jamoani shakllantira oladi.


#yangiruhiyat #intizom

🌐
Instagram 🌐Telegram
▶️ Youtube 🌐 Facebook
👨‍💻 ISBN nima?

Haqiqiy kitobxon nafaqat kitobning ichini, balki uning orqa tarafini ham o‘qiydi. Hech bo‘lmasa bir marotaba bo‘lsa ham kitoblarning orqa tarafidagi ISBN yozuvli barkodga ko‘zingiz tushgan. Bu – International Standart Book Number, ya’ni kitobning xalqaro standart tartib raqami. Boshqacha aytganda har bir kitobga beriladigan 13 xonali unikal “pasport”.

ISBN chakana savdo tarmoqlarida tarqatish va nashr bilan ishlashni avtomatlashtirish uchun zarur. Ushbu standart 1966-yilda Buyuk Britaniyada Gordon Fosterning to‘qqiz xonali standart kitob raqamiga asoslangan holda ishlab chiqilgan. 1970-yilda biroz o‘zgarish bilan ISO 2108 xalqaro standarti sifatida qabul qilindi. 2007-yildan boshlab 13 xonali shtrix kodiga mos keladigan xalqaro standart kitob raqamining yangi standarti joriy etilgan.

U turli axborot resurslarida ma’lum bir nashr haqida ma’lumotni tezda qidirish, kitoblar tartibini yaxshilash va ularning savdosini nazorat qilish imkonini beradi.


Keling, endi ushbu raqamlarni birma-bir ko‘rib chiqamiz. Deylik, qo‘lingizdagi kitob orqasida 13 xonali raqam yozilgan. Masalan, 978-9943-30-123-4. Bu yerda birinchi uchta raqam (978) – xalqaro prefiks. Undan keyingi to‘rt xonali raqam esa mamlakat kodi, 9943 aynan O‘zbekistonga tegishli. 30 – nashriyot kodi, 123 – kitob kodi, 4 – nazorat raqami.

Ba’zi kitoblarda bu boshqacharoq, ya’ni 10 xonali raqam bo‘lishi mumkin, chunki ayrim davlatda prefikssiz yozish mumkin.

🇺🇿
Bu raqamni O‘zbekistonda kim beradi?

Prezident Farmoni bilan nashrlarga universal o‘nlik klassifikatsiya va kutubxona-bibliografik klassifikatsiya indekslari hamda nashrlarga kitobning xalqaro standart tartib raqamini va davriy nashrning xalqaro standart tartib raqami (ISSN)ni berish bo‘yicha Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatish belgilangan.

Sahifalarimizga ulaning va ulashing👇

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👤 Kuchli odamlar muammolarni hal qiladi.
🗣 Zaif odamlar ulardan qochishga harakat qiladi.


#yangiruhiyat #intizom

@qibray_hayoti
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿VATAN UCHUN, MILLAT UCHUN, XALQ UCHUN!

🇺🇿 Vatanimiz Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan Oʼzbekiston mahallari uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʼllab-quvvatlash jamoat fondi, “Maʼrifat” targʼibotchilar jamiyati, Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasi  hamda qator tashkilotlar bilan hamkorlikda

🔍Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida "Umummilliy birdamlik festivali"ga start beriladi!

🔍Festival doirasida, ilm-fan, adabiyot va sanʼat namoyandalari hamda  ziyolilar bilan uchrashuvlar, yetakchi trenerlar ishtirokida seminarlar,  madaniy va maʼrifiy, hayriya loyihalari, sport musobaqalari,  gala-kontsert dasturlari tashkil etiladi. 

🔍UMUMMILLIY BIRDAMLIK FESTIVALIDA SIZ HAM ISHTIROK ETING!

📞71 207 57 00

@qibray_hayoti
🏛 Institutsional tizim nima va u nega muhim?

Istalgan davlatning rivojlanish yo‘lini chuqurroq o‘rgansangiz, u yerda hech qanday “mo‘jiza” bo‘lmaganini anglaysiz. Mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishi oddiy aholi turmush tarziga bevosita ta’sir o‘tkazadi. Lekin u o‘sishi uchun nima qilish kerak?

Kitob uch qismdan iborat bo‘lib, birinchisida umumiy (rasmiy va norasmiy) institutlar haqida gap boradi. Ikkinchi qism esa institutsional o‘zgarishlarga bag‘ishlangan. Yakuniy qismda muallif yuqoridagilarning iqtisodiy nazariya va iqtisodiy tarix uchun ahamiyatini ochib beradi. Qisqaroq qilib aytganda, kitobda institutlarning (qonunlar, kelishuvlar, xulq-atvor qoidalari va boshqalar) ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotdagi roli tahlil etilgan.

Tarjimon: Mirzohid Qarshiyev.

@qibray_hayoti
Bugun, 24-iyul kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 68 yoshga to‘ldi.

Shavkat Mirziyoyevga uzoq umr, sihat-salomatlik, doimo Allohning va xalqning roziligini olish nasib qilishini tilayman.

O‘zbekistonni rivojlantirish yo‘lidagi mehnat va zahmatlarda charchang, O‘zi g‘oyibdan kuch-quvvat bersin.

@qibray_hayoti
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Siyosiy_ma’rifat_soati_26_son

Hurmatli davlat xizmatchilari, navbatdagi o'quv dasturini e'tiboringizga xavola qilamiz!

Haftaning har juma kuni taqdim etilayotgan siyosiy ma'rifat soati davlat xizmatchisining siyosiy bilimlarini oshirish, daxldorlik hissini kuchaytirish, ma'naviyatini yuksaltirishga xizmat qiladi!

O‘quv soatini youtubedagi https://youtu.be/yjeLc0UnPcs sahifamizda tomosha qiling.

@qibray_hayoti
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Odamni jismonan davolash uchun uxlatish,
Ruhan davolash uchun uygʻotish kerak.

Lev Tolstoy✍🏻


#yangiruhiyat #iqtibos #intizom

@qibray_hayoti
#davra_suhbati

Ma’naviyat va Vatanparvarlik bir yo‘lda.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qibray tuman bo‘linmasi hamda Qibray tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi hamkorligida tizim hodimlari o‘rtasida "Ma'naviy yuksalish va vatanparvarlik" kuni doirasida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir davomida bugungi globallashuv jarayonida milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, yurtga sadoqat, kasbga mas’uliyat bilan yondashish, fuqarolik burchini sidqidildan bajarish, ma’naviy yuksalish yo‘lida fidoyilik, jamiyatdagi barqarorlikni saqlash hamda xizmatga bo‘lgan mas’uliyatni oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilayotgani alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, davra suhbati davomida xodimlarga yurtimizning buyuk siymolari hayoti, faoliyati va ibratli fazilatlarini targ‘ib etishga qaratilgan “Buyuklar haqida 100 ta dalil” kitobi taqdimoti tashkil etildi.


@qibray_hayoti
🔥31
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💡 Agar siz xonadagi eng aqllisi bo'lsangiz, demak siz noto'g'ri xonadasiz.

#yangiruhiyat #intizom

@qibray_hayoti
🔩 Intizomli bo‘lishning 3 maxfiy qoidasi.
(Bu qoidalarni ko‘pchilik bilmaydi, lekin intizomli insonlar shular orqali ajralib turadi!)

1️⃣ Oldin o‘zingga "yo‘q" deya olish.
Haqiqiy intizom — tashqi nazoratda emas, ichki qarorda. O‘zing istagan ishtiyoqni vaqtincha tiyib tura olsang, sen kuchlisan. Intizomli insonlar o‘z nafsiga eng birinchi rad javobini bera oladi.

2️⃣ Vaqtingni emas, diqqatni boshqar.
Oddiy rejalashtirish emas, aynan diqqatni bir nuqtaga jamlay olish — bu zamonaviy intizomning kalitidir. Harakat emas, eʼtibor intizomni uyg‘otadi. Har soatga emas, har lahzaga javobgar bo‘l.

3️⃣ Sukunatni qadrlashni o‘rgan.
Intizom — shovqinli muhitda emas, ichki sukunatda kuch topadi. Kuniga 10 daqiqa hech kimsiz, mobil telefonsiz o‘zing bilan yolg‘iz qolish — bu hozirgi davrda eng kuchli intizomiy mashqdir.

@qibray_hayoti
Bibliomaniya “kasalligi” haqida eshitganmisiz?

Bu na gripp, na depressiya. Bu – yangi kitobni ko‘rganda odamning birdaniga hushini yo‘qotib, uni sotib olmaguncha yuragi tinchimasligi. Soddaroq aytganda, “kitobparastlik”.

Javon to‘la kitob, ko‘pi o‘qilmagan, lekin do‘konga kirganingizda yangi kitob ko‘rdingiz va hali beri unga navbat kelmasligini bilsangiz-da sotib oldingiz. Sizda ham shunday holat bo‘lganmi? Demak, siz ham bibliomansiz.


Bu “kasallikka” chalinganlar buni “yopish uchun” sabab o‘ylab topishni ham juda yaxshi ko‘radi. Masalan, sizga ham tanish bo‘lishi mumkin bo‘lgan sabablar: “qachondir o‘qiyman”, “keyingi navbatda aynan shuni o‘qiyman”, “ja bo‘lmasa bolalarim o‘qiydi”, “kerakli yukning og‘iri yo‘q” va hokazo.

Xo‘sh, sizda ham bu kasallik bormi?

❤️ha, kitob ustiga kitob olaman.

🔥yo‘q, men birini tugatgandan keyingina boshqasini sotib olaman.

@qibray_hayoti